1. 2. Oʻzbek tilshunosligida konseptning oʻrganilishi.
Bugungi kunda oʻzbek tilshunosligida lingvokulturologik va kognitiv tilshunoslik yangi yoʻnalishlar qatorida rivojlanib bormoqda. Konsept kognitiv lingvistika va lingvokulturologiyaning markaziy tushunchasi hisoblanadi. Bu atama oʻzbek tilshunosligi uchun ham begona emas. Lekin rus tilshunosligi kabi koʻp oʻrganilgani yoʻq. Lingvokulturologiya sohasidagi ishlar bugungi kunda rivojlanib bormoqda. Kontsept termini borasidagi fikrlar oʼzbek tilshunoslari N.Mahmudov, Sh.Safarov hamda А.E.Mamatov tomonidan batafsil izohlangan boʻlib, Prof. N.Mahmudov oʻz maqolalaridan birida konsept termini eng koʻp definitsiyaga ega boʻlgan termin ekanligini ta’kidlab, shunday yozadi: “Lingvokulturologik tadqiqotlarda aynan konseptning ifodalanish muammolariga juda katta e’tibor qaratilmoqda, internetmateriallari bilan tanishganda, masalan, Rossiyadagi tilshunosliklarda bu yoʻnalish nihoyatda keng tarqalganini koʻrish mumkin, bu boradagiishlarni sanab, sanogʻiga etish ham mushkul. Hatto soʻnggi yillardayoqlangan nomzodlik dissertatsiyalarining juda katta qismi aynan u yoki bu tilda konseptning lingvokulturologik tadqiqiga bagʻishlangan”36 D.U.Ashurova konseptni mantiqiy, milliy xususiyatga ega boʻlgan bir hodisa sifatida talqin qilib, shu konseptning negizini aynan shu oʻrganilayotgan predmet yoki hodisa haqidagi bilim tashkil qilsa, ifodalanishini esa til vositalarining (leksik, frazeologik, paremiologik va h.k.) mutanosibligi tashkil qilishini aytadi. Konsept deb hamma tushunchalarni ham atash notoʻgʻri, balki dunyo va milliy madaniyat sohalarida muhim ahamiyatga ega boʻlgan element – largina konsept deb atalishi mumkin.37 Masalan, oddiy “choʻmich” soʻzini olsak, u hech qanday konsept maqomiga ega emas, chunki uning funksiyalari chegaralangan. M.I.Rasulova, G.Sh.Otaxanovalar strukturasiga koʻra konseptning etimologik qatlamga, shuningdek, yadro va periferiyalarga ham egaligi va konseptni belgilashda yagona qarash hali ishlab chiqilmaganligini ta’kid – lashadi.38
Boshqa bir tilshunoslar esa konseptni maydonlarga boʻlib oʻrganish metodlarini taklif etishadi.Ularning nazariyasi boʻyicha konsept yadroviy zona va periferik zonalarga boʻlinadi. Yadroviy va periferik zonalarning mutanosibligi konsept strukturasini belgilab beradi.39
N.M.Yusupovning fikricha, konseptni lingvomadaniyatshunoslik yoʻnalishining asosiy atamasi sifatida ta’riflashda quyidagi ma’lumotlarni keltirib oʻtish joiz. Bu etnomadaniy xususiyatga ega boʻlgan jamoa biliming asosiy birligi milliy mental tuzimidir. Konsept soʻzsiz uchlikda hosil boʻlgan. Ular “madaniylik, mentallik, til”dan iborat. Konseptni oʻrganish tilning oʻziga xos xususiystini ochib berishga xizmat qiladi. Tilni lingvomadaniyatshunoslik jihatdan oʻrganishda oʻsha xalqning mentalitetini ifodalaydigan milliy – madaniy asos konseptlarga koʻproq e’tiborni qaratish kerak. Umuman konsept muammosi va uning vazifalari bilan birgalikda milliy tilning konsept tizimi oʻrganilmoqda. Konsept boʻyicha qilinayotgan ishlarda ekstralingvistik faktorlarning hisobga olinishi, ularning til bilan oʻzaro aloqadorligi bir tomondan madaniyat bilan aloqadorligi ikkinchi tomondan konseptning birlashtiruvchi holatlari hisoblanadi.40
M.Galieva esa konseptning xususiyatlarini, uning kognitiv – konseptual belgilarini talqin qilish davomida konseptning aniq bir elementi birinchi oʻringa chiqishini ta’kidlaydi.41
Yana bir tilshunos D. Agzamova konseptga oid qarashlarni oʻrganib, konsept mohiyatiga koʻramadaniy, lingvomadaniy, kognitiv, imotsional, ilmiy konseptlarga boʻlish mumkin deydi oʻzining nomzodlik dissirtatsiyasida.42
Kognitiv tilshunoslikda konsept lugʻaviy asosga ega tushunchadan farqli oʻlaroq individual ma’noga ega voqelik deb talqin qilinadi. Konseptlar majmui ma’lum bir millatning konseptoferasi va tilini tashkil etadi.
Konseptni lingvomadaniy nuqtai nazardan olib qarasak, konsept madaniyatning ba’zaviy birligi hisoblanib, uning tarkibini konseptni madaniyat birligi deb hisoblashga asos boʻla oladigan belgilar, ya’ni etimologiyasi, konsept tarixi zamonaviy assotsialari, munosabat(baholash) va boshqalar tashkil qiladi.43
Tilshunoslikda konsept mohiyatiga koʻra madaniy, lingvomadaniy, psixolingvistik, kognitiv, emotsional, ilmiy xususiyatlarga egaligi e’tirof etiladi. Shu oʻrinda alohida ta’kidlash kerakki, konseptning mavjudlik doirasi, ya’ni til va fikrlashga madaniyat sohasi ham qoʻshiladi. Lingvomadaniy konsept endi kognitiv tilshunoslik emas, balki lingvomadaniyatshunoslik birliklari bilan namoyon boʻladi. Konseptni lingvomadaniy nuqtai nazardan olib qarasak, konsept madaniyatning bazaviy birligi hisoblanib, uning tarkibini konseptni madaniyat birligi deb hisoblashga asos boʻla oladigan belgilar, ya’ni etimologiyasi, konsept tarixi, zamonaviy assotsiatsiyalari, munosabat (baholash)44 va boshqalar tashkil etadi. Konsepttushuncha va tasavvurni mantiqiy va psixologik kategoriya sifatida mazmundan farq qiladigan tomonini ifoda etishning belgili usuliga befarqlikdir deb qayd etiladi45, degan fikrni keltiradi Voyshvello. Konsept aamasi va tushuncha atamasi oʻrtasidagi farqni Oʻ. Q. Yusupov quyidagicha izohlaydi: oʻtushunchabu biror obyekt haqidagi bilim va ma’lumotlar yigʻindisining ongda aks etishi boʻlsa, konsept esa, mental tuzilma boʻlishi bilan birga, mana shu obyektga nisbatan barcha bilimlar yigʻindisining milliy – madaniy xususiyatlarini aks ettirgan holda til birliklari(leksik, frazeologik, paremiologik va boshqalar) orqali ifodalanishidir.46 Olimning fikricha, konsept – obyektga boʻlgan shaxsiy munosabat. Demak, xulosa shuki konsept lingvokulturologiyada eng katta ahamiyatga ega ham lingvistik, ham madaniy birlik hisoblanadi.
Prof. SH. Usmonova konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining oʻziga xos jihatlarini ifoda qilishini e’tirof etib, uy konseptining oʻzbek kishilarida assotsiyalanishini quyidagicha keltiradi:a) yashash joyi – bino – koʻp qavatli uy – hovli – xonadon – oila; b)katta, kichik, chiroyli, shinam, yorugʻ, yangi, eski; d) mehribonlik uyi, dam olish uyi, madaniyat uyi.47 Shundan kelib chiqib aytadigan boʼlsak, lingvokulturologik kontsept etnomadaniy xususiyatga ega boʼlgan va borliq haqidagi funksional ahamiyatga ega informatsiyani uzatadigan madaniyatning asosiy birligidir. Kontsept madaniy universaliyalarni ifodalaydi va u tafakkurda mavjud boʼladi, oʼzida kognitiv – ratsional hamda emotsional – psixik mazmunni biriktiradi. Lingvokulturologik kontsept barcha til egalari uchun dunyoqarash modeli vazifasini oʼtaydi va kontsept milliy xarakterning shakllanishiga taʼsir koʼrsatuvchi madaniy omil sanaladi. D.U.Аshurovaning qayd etishicha, “kontsept deb hamma tushunchalarni ham atash notoʼgʼri, balki dunyo va milliy madaniyat sohalarida muhim rol oʼynaydigan tushunchalargina kontsept deb atalishi mumkin48”. Oʼ.Yusupovning qiyosi ham kontseptni anglashda ahamiyatli deb oʼylaymiz: “Kontsept bilan tushunchani aysbergga oʼxshatish mumkin. Аgar kontsept aysberg boʼlsa, uning suvdan chiqib turgan qismi tushunchadir”.49Lingvokulturologik kontsept mental tabiat va oliy tafakkurning tildagi ifodasi sanaladi. Karasikning fikricha, lingvokulturologik kontsept uch aspektdan iborat:
1. Tushunchaviy tomoni – bu kontseptning til tomoni boʼlib, unda tasvirlash, tushuntirish va boshqa kontseptlar bilan qiyoslash mumkin.
2. Obrazli tomoni – bunda kontsept 5 ta asosiy sezgi aʼzolarimiz orqali his qiladigan narsalarimiz, maʼlum voqea – hodisalar, xotira va insonlarning amaliy faoliyati bilan bogʼliq boʼladi.
3. Qimmatli tomoni – inson va jamiyat munosabatlarini ifodalaydi. Yana bir tilshunos olim N.E.Krasavskiy esa kontseptni quyidagicha tasniflaydi:
1. Struktur – semantik kontsept ( leksik, frazeologik);
2. Diskursiv kontsept ( ilmiy, badiiy va kundalik, yaʼni oddiy);
3. Ijtimoiy kontsept (universal, etnik, individual va guruhli). Bundan tashqari rus tilshunosi L.V.Аdonina kontsept terminiga bagʼishlangan maqolasida bu terminning taniqli tilshunoslar tomonidan qayd etilgan 12 ta taʼrifini keltiradi. Shuningdek, uning maʼlumotlariga koʼra, kontsept termini oʼn nuqtai nazardan tasnif qilingan. Masalan, kontsept standartlashishiga koʼra universal, etnik, guruhga oid va shaxsiy kontseptlarga; qoʼllanilishiga koʼra ilmiy, badiiy, maishiy kontseptlarga; ifodalanishiga koʼra leksik – frazeologik, grammatik, sintaktik va matniy kontseptlarga boʼlinadi va hk. Fikrimizcha, kontsept koʼp qirrali va koʼp qatlamli mental tuzilmadir. Shuningdek, u bir vaqtning oʼzida psixologik, kognitiv semantik va lingvokulturologik jihatlarni namoyon etadi. Zero, kontseptning kognitiv va lingvokulturologik tadqiqotlar obʼekti sifatida tavsiflanayotganligi ham shundan dalolat beradi. Shu sababli kontseptning tadqiqotchilar tomonidan subʼektiv, ijtimoiy, lingvomadaniy, badiiy kontseptlar sifatida tiplarga ajratilganligini yagona mohiyatga turli jihatdan yondashuv sifatida baholash mumkin. Zotan, til tizimi yuqoridagi sifatlarni oʼzida jamuljam etgan nihoyatda serqirra hodisalardan biri hisoblanadi50. Oʻzbek tilshunosligida M.M.Rahmatovaning “Ingliz, oʻzbek va tojik milliy madaniyatida “goʻzallik” konseptining lisoniy xususiyatlari” nomli PhD dissertatsiyasi51 oʻzbek tilidagi “goʻzallik” konseptiga iod ilk tadqiqot boʻldi. Konsept borasidagi qarashlardan yana biri sifatida T. Yandashovaning “Oʻzbek va ingliz tillarida “goʻzallik” konseptining ifodalanishi va lingvopoetikasi”52 nomli PhD dissertatsiyasini olishimiz mumkin. Ilmiy ishda konseptga komponentlari tahlil qilib oʻtilgan. Lingvomadaniy kontsept koʼp qirrali, chunki uning tuzilishida turli nuqtai nazarlar mavjud. Shu sababdan ham kontsept murakkab mental kompleks sanaladi. Kontsept oʼzida milliy mentalitetdan tortib, individual xususiyatlarni qamrab oladi. Shunga koʼra kontsept bir necha komponentli boʼlishi mumkin. Kontsept komponentlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 1. Umuminsoniy yoki universal. 2. Milliy –madaniy. Kishilarning madaniy hayotini tasvirlaydi. 3. Ijtimoiy, yaʼni insonlarning ijtimoiy qatlamga oid xususiyatlarini tasvirlaydi. 4. Guruh, yaʼni maʼlum bir kichik guruhni tasvirlaydi. 5. Individual – shaxsiy. Аna shu xususiyatlar oʼzaro birlashib, kontseptni tashkil qiladi. Kontseptlar esa oʼz tasvirlash obʼektidan kelib chiqqan holda maʼlum bir maʼnoviy guruhlarga birlashadi. Barcha kontseptlarni quyidagicha mavzuviy guruhlarga boʼlish mumkin: 1. Dunyo – vaqt, sana, tong, tun, vatan kabilar. 2. Tabiat – gullar, oʼsimliklar, daraxtlar, suv, olov, tuproq kabilar. 3. Inson xususiyatlari – aqllilik, ahmoqlik, qarilik, bilimdonlik, goʼzallik, yoshlik kabilar. 4. Maʼnaviy kontseptlar – vijdon, haqiqat, adolat kabilar. 5. Ijtimoiy tushuncha va munosabatlar – ozodlik, doʼstlik va urush kabilar. 6. Emotsional kontseptlar – baxt, xursandchilik, quvonch, qaygʼu. 7. Ilmiy bilimlar kontseptosferasi – falsafa, filologiya, matematika, biologiya, fizika kabilar. 8. Sanʼat kontseptosferasi – arxitektura, xattotlik, raqs, musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik kabilar53. Konseptni obrazlar vositasida ochib bergan R.Ibragimova kontsept misolida koʼrsatib beradi. Bunda kontsept – oʼrgimchak, kontseptual belgilar – uning toʼrlari, belgilar – oʼljasi, qalin toʼrlar – yuqori darajali kontsept, qalin boʼlmagan toʼr – makrokontsept, nozik toʼrchalar – mikrokontseptlarni uyasi atrofiga toʼplaydi va oʼzida saqlab qoladi. Oʼrgimchak maʼlum bir hudud (oʼlja) tomon harakatlanadi54. Konsept terminiga oʻzbek tilshunosligida ham turli xil ta’riflar keltirilgan yana bir misol tariqasida U. Yigitaliyevning “Oʻzbek tilida “odam” va “jins” konseptlari bilan bogʻliq assotsiativ-verbal birliklar” mavzusidagi PhD ishida konseptga quyidagicha ta’rif beradi: “konsept insonning olamni idrok etishida faol harakatlanuvchi, uning ongida mental ravishda namoyon boʻladigan, til egalarining dunyoqarashi, milliy-etnik xususiyatlarini aks ettiruvchi birlikdir”55. Ushbu dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Oʻzbek tilida “odam” konseptini voqelantiruvchi assotsiativ birliklar deb nomlangan boʻlib, unda “odam” konseptini voqelantiruvchi leksik-frazeologik, grammatik vositalar tahlil qilingan, “odam” konseptining nutqda voqelanishi masalalari tahlil qilingan. Oʼzbek tilida ota, ona, qiz, oʼgʼil, aka, opa, uka kabi qarindoshlikni bildiruvchi shaxs otlari, ilmiy faoliyat va ilmiy unvon egalarini bildiruvchi aspirant, doktorant, dotsent, professor leksemalari; kishilarning yashash joyini anglatuvchi uy, qasr, koshona leksemalari; insonga nisbat beriluvchi esli, dono, aqlli, ahmoq, qoʼrqmas, jasur, kamtar, sofdil, magʼrur, uyatchan, tortinchoq, ishbilarmon, mohir, ziyrak, bilimdon,chidamli, xotamtoy, sahovatli leksemalari inson (odam) semasiga ega boʼlib, til egalari xotirasida bevosita “odam” kontseptini tiklay oladi. Mazkur xususiyat inson hatti-harakatlari, turli holatlarini anglatuvchi tinglamoq, gapirmoq, urishmoq, hidlamoq, mizgʼimoq, tanovul qilmoq, betob boʼlmoq, farzand koʼrmoq, kiyinmoq, yechinmoq, achchiqlanmoq, ranjimoq, keksaymoq leksemalari; men, sen, u, biz, siz, ular, hamma, barcha,allakim, hech kim, kimdir kabi ishora birliklariga ham xos. Demak, odam semasi bilan bogʼlangan har qanday leksik birlik assotsiativ tarzdatil egalari xotirasida “odam” kontseptini voqelantira oladi. “Odam” kontsepti leksik birlikning koʼchma maʼnolari orqali ham voqelanadi. Masalan, soʼzlashuv nutqida insonga nisbatan qoʼllanuvchi kalta soch, jinsi, sariq koʼylak metonimik qoʼllanishlari assotsiativ tarzda “odam” kontsepti bilan bogʼlanadi: Orqada turgan kalta soch navbat kutmay oldinga oʼtib ketdi. Quyidagi misolda “odam” kontseptining sinekdoxa orqali ifodalanishi kuzatiladi: Sevishganlar qoʼli bilan bir-biriga chirmashdi (Shuhrat). Bu gapdagi chirmashmoq feʼli “yopishmoq” hosila maʼnosida kelib, bevosita “odam” kontseptini xotirada tiklaydi56. Umuman olganda esa kontsept lingvokulturologik birlik sifatida maʼlum bir millat tarixi va madaniyatidan xabar beruvchi oʼziga xos vosita boʼlib, u oʼzi ifodalayotgan tushunchani millat va elat aʼzolarining xos xususiyatlaridan va lisoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib tasvirlaydi. Umuman, kontseptning lingvomadaniy va kognitiv taʼriflari chambarchas bogʼliqdir, chunki bilish tafakkur, til va madaniyat orqali amalga oshiriladi. Uning leksik maʼno va tushunchadan asosiy farqi shundaki, u oʼzida faqatgina maʼno komponentlarini emas, inson hayotiy tajribasida orttirilgan bilimlari, ongdagi axborot yigʼindisi, u yoki bu predmet-hodisa haqidagi entsiklopedik bilimlari majmuidan iborat. T.Yandashova kontsept haqida quyidagi xulosalarni bergan: Kontsept antropotsentrik paradigma asosida rivojlanayotgan qator fanlarning, xususan, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, lingvokulturologiya, etnolingvistika, estetika, adabiyotshunoslik kabi fanlarning asosiy birligi sifatida yuzaga chiqdi; Kontsept tushunchadan kengroq maʼno mundarijasiga ega. Kontsept lingvokulturologik birlik sifatida maʼlum bir millat vakillarining dunyoqarashini va tarixiy xususiyatlarini oʼzida jamlaydi; Kontsept oʼziga xos qatlamlardan tashkil topadi. Bir nechta tushunchalar birlashib, kontseptosferani shakllantiradi. Kontsept tushuncha – lugʼaviy maʼno ketma-ketligi kontseptni tushunishda yordam beradi57 deya ta’riflaydi T. Yandashova oʻz ilmiy ishida biz ham shu fikrlarga qoʻshilgan holda Shavkat Rahmon asarlarida “inson” konsepti qoʻllanilishini oʻrgandik.
Shoir Shavkat Rahmon oʻziga xos oʻtkir shoirona nigoh egasidir. U dunyoni nozik va original poetik obrazlar orqali idrok etadi. Uning lirik qahramoni ham fikrlovchi shaxs. U zamon haqida, istiqbol haqida, inson tabiatining ziddiyatlari haqida oʻylaydi. Insonni mukammal boʻlmagan deb hisoblaydi insonda hali kamchiliklar koʻpligini oʻz she’rlarida lirik qahramonlar vositasida ifodalaydi. Lirik qahramon xarakteri orqali biz shoirning dunyoga munosabati bilan tanishamiz, uning beorom oʻylari va iztirobli dardlariga sherik boʻlamiz. Shoir insonni sevadi, lekin uni ideallashtirmaydi.. Shoir iztirobli hayajon bilan, teran bir yurak dardi bilan insonning insonday boʻlishini istaydi, yaxshilik, ezgulik, olijanoblik, mehr-muhabbat, shafqat va muruvvat gʻalaba qozonishini qoʻmsaydi. Shoir bu tuygʻularini ixcham, lekin mazmundor va ta’sirchan poetik obrazlarda mujassamlashtiradi. Masalan, uning “Farishtali” she’rini oladigan boʻlsak unda shoir inson konseptini mehr- muhabbat va insonning yaxshi-yu yomon kunida bir-biriga boʻlgan sadoqati yillar davomida bir-biriga suyanchiq hamdard boʻlish kabi ijobiy tuygʻular orqali ochib bergan. Cholu kampir shoshmay salkam bir asrni ham yashab qoʻyishdi Kunjaraga, zogʻora, patir, tomoshaga rosa toʻyishdi. “Inson” konsepti yoshga doir misollarda aks etgan boʻlib shoir cholu kampir soʻzlari orqali ularning umrini sal kam bir asrni yashab qoʻyishdi deya ifodalaydi. Shavkat Rahmon insonni faqatgina ijobiy tomonlarini emas uning salbiy tomonlarini ham oʻz she’rlarida tasvirlashga tanqid qilishga , insondagi kamchiliklarni uning nuqsonlarini obrazlar vositasida ochib berishga harakat qiladi. Xalqimizda azaldan xoinlik qattiq qoralanib kelingan. “Bir xoin xususida” she’rida insonlar orasida hamma ham ijobiy xislatlarga ega boʻlavermasligini insondagi kamchiliklar qatorida xoinlik ham borligini xoinlar kechilmasligini ularning bu dunyoda borligidan koʻra boʻlmasliklari yaxshiligini aytadi shoir oʻz misralarida. Shu oʻrinda “inson” konseptini salbiy jihatlari namoyon boʻladi.
Jonim jigarimsan
Sen-da odamsan,
Loaqal koʻzingda bir yosh koʻrsaydim,
Loaqal qovushib qolgan qoʻlingda
Yovlarga atalgan bir tosh koʻrsaydim
Deya iztirob bilan yozadi shoir. Ushbu sh’erida “inson” konsepti jigarimsan, odamsan, yovlar leksemalari orqali ifodalangan boʻlib jigarimsan deya insonning oʻz yaqin kishilarga nisbatan ushbu leksema qoʻllangan, sen-da odamsan soʻzi orqali unga nisbatan boʻlgan nafratlanish, yovlar ham “inson” konseptining bir koʻrinishi boʻla oladi.
Inson konsepti haqida soʻz yuritilar ekan, shubhasiz, inson bilan bogʻliq har
qanday holat, vaziyat, xususan, uning fazilatlari, faoliyati, xulq-atvori, muomalasi,
faollashuvi, ruhiy tushkunligi-yu shijoati, intiluvchanligi, ijobiy xislatlari-yu salbiy
illatlari, e’tiqodi, dunyoqarashi, qiziqishining namoyon boʻlishi va kechishi,
rivojlanishi psixologik qonuniyatlar asosida amalga oshuvchi barcha jarayonlar
inobatga olinishi mumkin. “O’shkent lahzasi” she’rida quyidagi parchani oladigan bo’lsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |