ro’mollarning tirqishlaridan
yilt etkizib qarar ayollar58.
Ushbu parchada shoir o’zbek millati ayollari mentalitetiga xos bo’lgan ibo-hayo, andisha, kiyinish madaniyatini ham ro’mol leksemasi orqali ifodalasa, tirqishlaridan leksemasida esa ayollar yuzlarini berkitib yurganliklarini biror narsaga qarash uchun esa ro’mol tirqishidangina qaraganliklari bu o’zbek ayolining hayoliligidan dalolatdir.
Insonlardagi goʻzallik bu-yuzdir, yuzdagi goʻzallik esa – koʻzdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – soʻzdir. Jaloliddin Rumiy.
Bu ayol…
Koʻzimga qushday koʻrindi,
musicha, kaptarday — surganda hayol.
Qaydanam soʻzladim tasavvurimni,
qushga oʻxshayverar hadeb bu ayol!
Shoir she’rlarida oʻziga xos nafosat goʻzallik mavjud, she’rlarda ifodalangan leksik birliklar inson konseptiga endi oʻzgacha ma’no yuklaydi. Shavkat Rahmon ayol leksemasi orqali “inson” konseptini qushga qiyoslab ayolning qushdek begʻubor va chiroyli deya tasvirlaydi. Shoirning she’rida inson konseptiga goʻzallik timsoli sifatida yondashilganini guvohi boʻlamiz. Bahorga oʻxshatsam…
bahor yarashmas—
bu ayol bahordan ming bora goʻzal.
Poyiga tashlashga —qalbni tarashlab,
yoniq soʻzlar kerak,
Samimiy soʻzlar.59
“Inson” konsepti ayol leksemasi vositasida she’rda goʻzallik timsoli sifatida aks ettiradi shoir.
Shoir she’riyatida insoga xos boʻlgan vijdon tushunchasi ha m oʻz aksini topgan boʻlib biz “Agar…” she’ri misolida inson konseptiga insonga xos boʻlgan yana bir ijobiy hislat doʻstga boʻlgan sadoqat, vijdoniylik deb qarash mumkin.
Agar…
Tuhmatdan yiqilsa
birorta doʻstim,
men-chi xilvatlarda berkinib yotsam.
Bu ham yetmaganday ancha vaqt oʻtib,
poklikdan soʻylasam,
xotira sotsam.
Insonlar oʻrtasida doʻstlik yoki dushmanlik kabi munosabatlar mavjud boʻlib, shoir she’rida “inson” konsepti doʻstim leksemasi vositasida qoʻllangan.
Yoʻq, boʻlmas,
yashardim boshimni egib
kezardim umrbod yurtma-yurt oshib.
Odamzot koʻziga qarolmasdim tik,
Koʻksimga osilgan boʻlardi boshim.
Yoʻq, yoʻq, yoʻq…
Albatta birga boʻlardim
tamugʻ malaylari ishga tushgan choq.
Doʻstimla yonma-yon turib oʻlardim,
ehtimol oʻlardim undan oldinroq.60
Vijdon axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, oʻz xatti harakatlari uchun axloqiy masʼuliyatni anglash. Vijdon shaxsning axloqiy jihatdan oʻz-oʻzini nazorat qila olish, oʻzida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda oʻzidan uni ado etishni talab qilish va oʻz xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. Insonning oliy tuygʻularidan biri boʻlgan vijdoni uni doʻstiga xiyonat qilishga va yana el yurt orasida bosh koʻtarib yurishiga yoʻl qoʻymaydi. Shoir oʻz misralarida Yoʻq, yoʻq, yoʻq… deya bu holatni isnod deya bosh koʻtaradi. Uning insoniylik ruhiga bu xilof ekanligini unda sadoqat doʻst uchun jonini fido qilishga tayyorlik kabi oliy tuygʻular mujassamligini “Doʻstimla yonma-yon turib oʻlardim, ehtimol oʻlardim undan oldinroq” deya she’riy misralarida baralla aytadi.
Shоir insоngа tаbiаtning bir boʻlаgi sifаtidа qаrаydi, shuning uchun hаm tаbiаt vа uning bоrligʻidа kеchаyotgаn hоdisоtlаr insоn “mеn”igа bеvоsitа tа’sirdа koʻrinаdi. Qоlаvеrsа, tаbiаtning moʻjizasini, Tаngri tаоlо аtо etgаn buyuk qudrаtini soʻz vоsitаsidа shе’riy аsаrlаridа oʻzigа хоs tаrzdа ifоdа etgаnligi shоirning tаbiаt pоeziyasining yuksаkligini yaqqоl nаmоyon qilаdi. Shavkat Rаhmоn bir shе’ridа:
Hаyr, Bаhоr!
Аlvidо, Bаhоr!
Rаhmаt оshiq gullаring uchun,
shохlаrimgа zumrаd gʻoʻrаlаr,
qаdаb qoʻygаn qoʻllаring uchun.
Hаyr, Bаhоr!
Аlvidо Bаhоr!
Ushаlmаsdаn qоldi аrmоnim.
Birоq kutgil, dеdi-yu bаhоr
lаblаrimgа bоsdi bаrmоgʻin. – dеydi. Chinаkаm shоirdаn yanа bundаn оrtiq nimа kutish mumkin? Oʻtа оgʻir shаrоitdа ijоd qilgаn shоirning “Bаhоr”gа аytilgаn vidоsi – millаt оzоdligi uchun qаrаtilgаn qаlb nidоlаri emаsmi? Shоir tаbiаtning eng ulugʻ nе’mаti – yashillik vа goʻzаllik hаqidаgi yuksаk idеаllаrining fаylаsufоnа tаshbеhlаri emаsmi?61
Shavkat Rаhmоnning tаbiаt vа uning хоs elеmеntlаrigа аlоhidа e’tibоrli ekаnligi vа ulаrdаn hаm kаttа fаlsаfа izlаshini oʻzi tаrtib bеrgаn “Sаylаnmа”(1997 yil)ning tuzilishidаn hаm аnglаsh mumkin. Shоir tаbiаtning toʻrt fаslini umrining boʻlаklаrigа qiyoslаb, toʻrt fаslgа хоs nоmlаngаn boʻlimlаrgа аynаn bаhоr, yoz, kuz, qish mаvzusidаgi shе’rlаrini sаrаlаb, jоylаshtirаdi.62 Tilshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlar natijasida oʻzbek adabiyoti na’munalari lingvistik jihatdan tahlil qilinib kelinmoqda. Shu qatorda Shavkat Rahmon ijodi ham oʻrganilmoqda.
“San’atning haqiqiy mazmuniinson hayoti va jonli borliq hisoblanadi”63 shoir har bir she’rida ijtimoiy hayot voqeligiga jiddiy va isyonkorona qaraydi. Shavkat Rahmon oʻz she’rlarida insonga xos fazilatlarni ochib berar ekan ularni haqiqat, oʻzlikni anglash, savob, gunoh , ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi mushohadalar koʻproq qiynaydi. Quyidagi misralarda buning guvohi boʻlamiz.
It bazmi qizigan oysiz shomlardan
qizgʻonib obqochdim daryo dilimni
Bu chirkin ogʻizlar…
singan kallalar….
igʻvodan boʻxtondan osilgan tillar…
hirslar lashkarlari bosgan pallada
shoxlarni boʻgʻizlab tashlagan dillar.64
Shoir hayot haqsizliklariga befarq emasligi, aql-zakovati estetik qarashlari lirik qahramonda oʻz ifodasini topgan. Uning gʻoyalari it bazmi qizigan oysiz shomlar kabi metaforik obrazda mujassam boʻladi. Shoir she’rida isyonkor ziyoli shaxs orqali insonning ichki kechinmasini chizib bergan. Otlar bazmi koʻchma ma’noda ishlatilib, jamiyatdagi bemehr, oqibatsiz, tuxmatkash kishilarga nisbatan ishlatilgan.
She’riyatda metaforalarning oʻrni beqiyos. Metaforik obraz orqali ijodkorning adabiy-estetik dunyoqarashi chuqur aks ettirilish uchun imkon yaratiladi. Buni biz shoirning “Oʻzgalar dardi” she’ri orqali koʻrishimiz mumkin:
Qushchalar,
sayroqi qushchalar
qafasda boʻgʻilib sayrashar
betoqat potirlab simlarga
oʻralgan olamga qarashar…
Qushchalar,
ozodruh qushchalar
olamdan koʻzlarin uzmaydi,
chirqirab oʻzlarin holimas,
oʻzgalar holiga boʻzlaydi.65
Shoirning ushbu she’rida inson hayoti kechinmalari uning ruhiyati, qush misolida ochib berilgan deyish mumkin. Insonga xos jihatlar metafora va oʻxshatishlar orqali oʻz aksini topgan.
Shoir she’riyatida koʻplab misollar keltirish mumkinki ularda xalq dardi, xalq ruhiyati, orzu istaklari, insonga xos boʻlgan jihatlar turli leksik vositalar orqali bayon etilgan. Yana bir misol orqali she’rda yolgʻizlik insonga xos emasligi, inson oʻz yaqinlari oilasi bagʻrida oʻzini baxtiyor his etishi tasvirlangan. Chol leksemasi orqali inson konsepti aks etgan. Qovjirab, suvsiz qolgan oʻzan kabi leksemalar she’rning konseptual mazmunini boyitishga xizmat qilgan.
YOLGʻIZLIK
Uch ajoyib oʻgʻli boʻlardi
qachonlardir bechora cholning –
biri shuhrat ortidan ketdi,
biri haqning, biri hayolning.
Qanday erta ketishdi ular!
ketdi qoʻrsi, shoʻxi, dilbari,
chol bir umr kutdi qovjirab
suvsiz qolgan oʻzan singari.
Xulosa oʻrnida aytadigan boʻlsak, shoir she’riyati uning oʻtkir qalam sohibi ekanligi uning she’rlarida ifodalangan chuqur ma’nolarda oʻz aksini topgan. Shavkat Rahmon ijodida insonning oʻziga xos jihatlari turli leksik vositalar yordamida ochib berilgan. Inson boshqa jonizotlardan qanchalik ustun boʻlmasin undagi kamchiliklar borligi ham shoir e’tiboridan chetda qolmaydi. Oʻz she’rlarida insoniy tuygʻularga ham alohida e’tibor qaratgan shoir insonning ichki dunyosi undagi vijdon amri, sadoqat, mehr-muhabbat kabi mavzular ustida ham oʻz qarashlarini she’riyatida aks ettiradi.
Tilda muayyan xalqqa xos ijtimoiy-madaniy, siyosiy-iqtisodiy, etnik-ensiklopedik qarashlar, milliy an’analar udumlar, odob-axloq, muloqot meyorlari, kabi millatning madaniy qadryatlarini aks ettiruvchi milliy-madaniy xususiyatlarni o’zida aks etgan birliklarkonseptlar lingvokulturologiya, lingvokognitologiya kabi fanlarning asosiy oʻrganish obyekti sifatida fanda qimmatli ahamiyatga ega.
Kognitiv tilshunoslikda konseptning til vositalari orqali ifodalanishi masalasini oʻrganish muhim ahamiyatga ega. Konsept ruhit-mental, milliy-madaniy tuzilma sifatida tilning barcha sathlarida bevosita yoki bilvosita voqelanadi. Jumladan, til egasi nutqida kuzatilgan oʻziga xos nutq tovushi assotsiativ tarzda “inson” konsepti bilan bogʻlanadi. Shavkat Rahmon ijodida “inson” konsepti leksik-frazeologik, grammatik belgilar hamda stilistik vositalar orqali voqelanadi. Leksik birliklarning ma’no koʻchishi hodisasida ham ushbu konseptning voqelanishini kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |