Universiteti jurnalistika fakulteti


Mehmon otangdan ham ulug’



Download 162,48 Kb.
bet14/25
Sana08.12.2022
Hajmi162,48 Kb.
#881311
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Baxranova M. DISSERTATSIYA TAYYOR

Mehmon otangdan ham ulug’, deydilar.
Bir kunlik mehmonga bor-yo’g’in qo’yib,
O’zlari ancha vaqt turshak yeydilar101.
Mehmon otangdan ham ulug’” paremasi o’zbek xalqi mehmondo’stligi ma’nosini o’zida aks ettirib, o’zbek lingvomadaniyati bilan bog’liq paremiologik birlik hisoblanadi. Inson konseptining mehmondo’stlik semasi namoyon bo’lgan.
Frazeologik birliklar barcha tillarning lingvistik imkoniyatlarini ko‘rsatib beruvchi vositalardan biridir. Frazeolgiya har bir tilning muhim qatlami hisoblanib, uning o‘ziga xos hususiyatlarini yaqqol ko‘zga tashlanishida muhim rol o‘ynaydi. Frazeologizmlarning tilda qanchalik ko‘p bo‘lishi til imkoniyatlarining shunchalik kengligini ko‘rsatadi. Frazeologizmlar (maqol, matal va idiomalar) xalqning o‘tmishi, tarixi, an’analari, urf-odati, va madaniyatini o‘zida yaqqol aks ettiradi. Shu bilan birga, frazeologizmlarda xalqning yorqin milliy xususiyatlari mujassam bo‘ladi, ular chuqur va boy ma’noga egaligi bilan bir qatorda, nutqqa alohida ko‘rk va ta’sirchanlik bag‘ishlaydi.
Frazeologizmlar xalq boyligi bo’lganlgi sababli ham uning manbalari u yoki bu xalq yashayotgan joyning tabiati, iqtisodiy tuzumi, tarixi, madaniyati, hayot tarzi, og’zaki ijodiyoti, badiiy adabiyoti, san’ati, fani urf-odati kabilar bilan chambarchas bog’lanadi. Umuman lingvokulturologiyada frazeologizmlar:
Muayyan til tabiatiga xosmilliy realiyalarni aniqlash(bosh-oyoq sarpo, do’ppisini osmonga otdi, ko’rpasiga qarab oyoq uzatmoq, xamir uchidan patir, to’nini teskari kiyib olmoq va hokazo);
Fikrni obrazli ifodalash (do’ppisi yarimta, ko’ngli tog’day ko’tarildi, ko’zini yog’ bosgan, yog’ tushsa yalaguday...);
So’zlovchi shaxs dunyoqarashini ko’rsatish (qo’yday yuvosh, itday qaysar, quyonyurak, bag’ritosh, yuzi shuvut...);
Muayyan mentaletit-millatga xos hududiy, madaniy, ijtimoiy, diniy o’ziga xos voqea-hodisalarga, shaxslarga ishora( Alimsoqdan qolgan, qiyomat qarz, oqposhshoning laychasi, afandiga ulfatbashara, daqqiyunusdan qolgan, alifni kaltak deyolmaslik...);
Jonli muloqot muhitini shakillantirish kabi maqsadlarga xizmat qiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda frazeologizmlarni biz chinakkam etnomadaniy birliklar deb atashimiz mumkin. Bunday etnomadaniy birliklarni o’rganish va shu asosda muayyan xalq madaniyati mentalitetidan xabardor bo’lish kabi masalalar lingvokulturologiyada frazeologizmlarni o’rganishdan kelib chiquvchi bosh maqsadlarimizdan biridir.
Frazeologiya tilning lug‘at tarkibidagi frazemalar haqida ma’lumot beradi.
Frazema koʻchma ma’noli turg‘un birikmadir. Frazeologiya til hodisasi sifatida lisonva nutqqa daxldordir. Birdan ortiq mustaqil leksema koʻrinishining birikuvidan
tashkil topgan, obrazli, ma’noviy tabiatga ega boʻlgan lisoniy birlik frazeologizm
deyiladi: tepa sochi tikka boʻldi, sirkasi suv koʻtarmaydi, oʻtakasi yorildi, doʻppisi
yarimta, ikki gapning birida, boshga koʻtarmoq va boshqa.
Frazeologik birliklar til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi.
Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos boʻlgan
umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon boʻladi.
Frazeologizm, asosan, belgi va harakat ifodalaydi. Demak, ular grammatik
jihatdan belgi yoki harakat bildiruvchi soʻz turkumiga mansub.
Fe’l turkumiga mansub frazeologizmlar: me’dasiga tegmoq, yaxshi koʻrmoq,
holdan toymoq, sabr kosasi toʻlmoq, tepa sochi tikka boʻlmoq, og‘ziga talqon
solmoq, podadan oldin chang chiqarmoq.
Sifat turkumiga mansub frazeologizm: koʻngli boʻsh, rangi sovuq, yuragi toza.
Ravish turkumiga mansub frazeologizm: ipidan-ignasigacha, ikki dunyoda
ham, miridan-sirigacha.
Soʻz – gaplarga mansub frazeologizm: turgan gap, shunga qaramay, katta gap.
Frazeologizmning koʻpincha, ifoda semalarida obrazlilik, boʻyoqdorlik boʻrtib
turadi102
Shoir o’z she’rlarida inson ichki dunyosini xarakteri jamiyatdagi o’rni va xolatini ochib berishda frazeologizmlardan ham foydalangan.
Bola
-chaqalarning rizqini qiyib,
G’orday dasturxonga ayni qish chog’i
Bor narsa qo’yasiz o’limdan boshqa.
Ko’chirib kelasiz jannatning bog’in103.
Frazeologik birliklar shakillanishining vositalaridan biri birikmalarning semantik transformatsiyasidir. Shuning uchun ham tilda frazeologik birliklar semantik hodisa sifatida qaraladi. So’z birikmasi yaxlitligicha ma’no jihatdan bir tushunchadan ikkinchi tushunchaga o’tishi, erkin bog’lanmaning ma’nosi frazeologik birlikka transformatsiya qilinishi mumkin.
Tarkibidagi mustaqil so’zlar o’z leksik ma’nosini va sintaktik aloqasini saqlagan va har bir so’zlovchi tomonidan nutq jarayonida muayyan bir tilning sentaktik qoliplar asosida yangidan yaratilgan birliklar erkin birikma deyilsa, tarkibidagi so’zalrning bog’lanishi yaxlitlangan va nutqqa so’lovchi tomonidan tayyor holda olib kiriluvchi birikmalar turg’un birikmalar deyiladi. Turg’un birikmalar so’zlovchi nutqiga qadar tilda tayyor holda oldindan birikkan, yaxlitlangan holda tayyorlik, barqarorlik belgisiga ega bo’ladi. Turg’un birikmalarning tarkibiy qisimlari doimiy va barqaror bo’ladi. Turg’un birikmalarning “tayyorlik”, “turg’unlik”, “barqarorlik” xususiyati ularning birlashtiruvchi integral belgisi bo’ladi.
Frazeologiyaga oid ilmiy tadqiqotlarda turg’un birikmalar, idiomalar, maqol va matallar, qanotli so’zlar, aforizimlar, shtamplar ham frazeologik birlik atamasi ostida o’rganilmoqda. Turg’un birikmalarning frezaeologik birliklardan farqlanuvchi integral va differensial belgilarini aniqlashtirish frazeologik birliklarning semantik-pragmatik xususiyatlarini tavsif va talqin qilish uchun muhimdir104.
Professor Sh.Rahmatullayev ikki yoki undan ortiq leksik negizdan tarkib topgan, tuzilishi jihatdan birikmaga, gapga teng, mazmunan so’zga muqobil, yaxlitligicha ustama ma’ni anglatadigan lug’aviy birliklarni105 frazeologik obyekt deb e’tirof etadi. Masalan, Shavkat Rahmonning “Bo’rilar” she’ridan quyidagi parchani oladigan bo’lsak:
El yiqildi turkiy o’lkada,
Er qolmadikeldi ajali,
Kim qoniga botdi yo’lakda,
Kim g’ijildi nomoz mahali106.
Qoniga botdi” birikmasi “vafot etmoq”, “olamdan o’tish” kabi ma’nolarda qo’llangan.
A. Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lug’ati”da frazeologik birliklarga “tuzilishi jihatidan so’z birkmasi, gapga teng, semantik jihatdan bir butun umumlashgan ma’no anglatadigan, nutq prossesida yaratilmay, balki nutqqa tayyor holda kiritiladigan lug’aviy birlik, turg’un birikmalarning obrazli ko’chma ma’noga ega turi”107 deb ta’riflangan. Biz ham ushbu fikrlarga qo’shilgan holda o’z ishimizda frazeologizmlarning Shavkat Rahmon ijodidagi namunalari bilan tanishdik.
Bo’rilar” she’ridan:
Tokim yovuz tumshug’in suqsa,
Ajdodlarning aziz go’riga,
Jim turmasin qo’y mijozli xalq,
Bas kelolmay bitta bo’riga108.
Tumshug’ini suqmoq birikmasida hamma narsaga aralshish ma’nosidagi frazeologizmni shoir individual shaklda o’zbek xalqi tarixiga, buyuk siymolar xotirasiga, o’tmish hayotiga xalqning ma’naviyatiga aralashish ya’ni millatning dushman tomonidan tarixini yo’q qilinishi, uning yosh avlodga yetkazilishiga aralashuvi ma’nosida qo’llagan. Ushbu she’rda “qo’y mijozli” o’xshatishi ham keltirilgan bo’lib bunda o’zbek xalqining hamma narsaga ko’nadigan indamay ketadigan bo’sunuvchan degan ma’nolarni ko’rishimiz mumkin. Keyingi qatorda bo’ri leksemasi esa dushmanning yovuzligiga ishora qilinyabdi. Bilamizki bo’ri qo’ylarni ovlagan.
Frazeologik birliklar obrazli va ko’chma ma’no ifodalaydigan til birliklari hisoblanadi. Frazeologik birliklar kamida ikkita mustaqil so’zlardan tashkil topgan bo’ladi. Frazeologizmlarni ma’nosiga ko’ra quyidagicha tasnifladik:
1. Dunyo unsurlar orqali ifodalangan frazeologizmlar:
“Tutzor xotiralari” she’ridan:
Bobolar hoklarin to’ng’iz bosipti,
qum kabi to’zg’igan qadim hududlar,
zolimga basma
-bas o’smoq lozimdir
odamlar tuproqqa aylangan yurtda109.

Download 162,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish