Universiteti jurnalistika fakulteti


Shavkat Rahmon ijodida “Inson” konsepti aks etgan paremiologik va frazeologik birliklar



Download 162,48 Kb.
bet12/25
Sana08.12.2022
Hajmi162,48 Kb.
#881311
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
Baxranova M. DISSERTATSIYA TAYYOR

2.2 Shavkat Rahmon ijodida “Inson” konsepti aks etgan paremiologik va frazeologik birliklar
Paremiologiya har bir til bazasining muhim ajralmas bir qismi sifatida lingvistik va milliy-madaniy meros sanaladi. Mazkur bo’lim bugungi kunda xalq og’zaki ijodi janrlari orasida keng tarqalgan maqol-matal namunalarini o’z ichiga qamrab oladi. Bu jihatdan o’zbek tili juda katta paremiologik fondga ega til fondga ega til sifatida o’zining uzoq yillik tarixga ega. “Devon-u lug’atit turk”dan boshlab Navoiy, Bobur keyinchalik Ogahiy, Feruz umuman, juda uzoq asr va asrlarga borib taqaluvchi mazkur janr namunalari o’zbek tilining ham yashashi va rivojlanishi uchun mustahkam ko’prik vazifasini o’tagan desak adashmagan bo’lamiz. Xalq maqollaridan asrlar davomida ijodkorlar foydalanib kelishmoqda. Shu jumladan Shavkat Rahmon asarlari ham shular sirasiga kiradi.
Paremiya grekcha so’z bo’lib, hikmat, naql, hikmatomuz obrazli ibora ma’nolarini anglatadi. Xalq paremik ijodiyoti namunalarini to’plash va yozib olish hamda kitobat qilish bilan esa paremiografiya shug’ullanadi. O’zbek xalq maqollari ko’pincha maqol, masal, naql, matal, hikmathikmatli so’z, tanbeh, mashoyixlar so’zi, donolar yoki donishmandlar so’zi, oqinlar so’zi, otalar so’zi ma’nolari bilan el orasida mashhurdir. Ko’pincha ilmiy tamoilda maqol atamasiistemoldadir. Maqollar o’z tabiatiga ko’ra halqaro janr hisoblanadi. Til birliklari orasida eng ko’p tarqalgan madaniyat tashuvchi birlik bu maqollar hisoblanadi.
Inson konsepti xalqimiz kundalik soʻzlashuvida, hayotida qoʻllaydigan
koʻpdan-koʻp hikmatli soʻzlar, ayniqsa, maqollar orqali ham voqelanadi. Ular soʻz
boyligimiz, jumladan, madaniyatimizning nihoyatda ulkan va rang-barang
ekanligidan, qolaversa, oʻzbek xalqining katta hayotiy tajribasidan dalolat beradi.
Maqollarda ma’lum ma’noda millatning milliyligi, urf-odatlari, asriy tajribalar
natijasida chiqargan xulosalari, demakki, madaniyati oʻz aksini topadi. Quyidagi
oʻzbek xalq maqollarida insonning naqadar bebaho, naqadar ulugʻ zot ekanligi
taʻkidlanadi:
Inson — gavhari Qobul; Odam-olamning oltin toji; Odam- oltindan aziz;
Odam bolasi- elning lolasi; Odamga e’tibor — olamga e’tibor.
Shuningdek, dunyoda odamdan ham azizroq xilqat yoʻqligi, odamni
eʻzozlash, qadr-qimmatiga yetish, odamlarga hamkor, hamdard, hamnafas, hamroh,
madadkor, vafodor va sadoqatli boʻlish lozimligi uqtiriladi:
Odam odamga kerak / muhtoj; Odam odamga kunda kerak boʻlmaydi,
kunida kerak boʻladi; Odam zahrini / dardini / taftini odam olar; Odam — odam
bilan, Yer — suv bilan; Odam odamga gʻanimat, Jon — gavdaga97
Shuningdek, ushbu maqollarda odamlar bir-birlariga yaxshi kunda ham,
yomon kunda ham kerak boʻladilar, hech kim oʻz holicha chinakam hayot kechira
olmaydi, bir-birlarining har tomonlama beradigan yordamlariga, maslahatlariga,
diydor koʻrishib, dilkash, koʻmakdosh boʻlib yashashlariga muhtoj ekanliklari
aytiladi.
Xalqimiz asrlar davomida yaratgan maqollarida inson juda koʻp ishlarga qodir
ekanligi va albatta bunga mehnat orqali erishilishi ta’kidlangan. Shu boisdan kishilar
mehnatni qadrlaydilar, ulugʻlaydilar, yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida
tarbiyalaydilar. Har bir ish qunt qilib, sabr-chidam, sabot-matonat, gʻayrat-shijoat
bilan, erinmay, yalqovlikka berilmay bajarilsa barcha mushkulotlar ham unumli,
samarali natija bilan yakunlanishi uqtirilgan. Shuning uchun ham inson zoti
qilolmaydigan ishning oʻzi yoʻqligi aytiladi.
Daraxt yaprogʻi bilan koʻrkam, odam — mehnati bilan.
Odamning husni — mehnatda. Ot oyogʻidan topar, odam — qoʻlidan.
Qush qanoti bilan tirik, odam — mehnati bilan. Kishi bersa — koʻrimli,
mehnat bersa — toʻyimli. Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.
Mehnat orqali insonning ma’naviy-axloqiy fazilatlari, aqliy va jismoniy
faoliyati shakllanadi, mehnat sohasidagi faolligi insonning ijtimoiy-siyosiy,
madaniy-ma’naviy, axloqiy rivojlanishiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi.
Odam — gavhar, qoʻli — gul. Odamning qoʻli — gul, manglay teri – dur,
Inson qilolmaydigan ish yoʻq maqollarida insonning tadbirkor, omilkor, mohir,
uddaburonligiga ishora bor.
Barcha millat maqollarida umumbashariy qadriyatlarning tarannum etilishi
sabab oʻzga tillarda ham quyidagi mavzularga doir maqollar mavjudligiga guvoh
boʻlishimiz mumkin: vatan va vatanparvarlik, jamoatchilik, mehnatsevarlik,
halollik, toʻgʻrilik, yaxshilik va yomonlik (xudbinlik, tekinxoʻrlik, egrilik,
insofsizlik, dushmanlik, qoʻrqoqlik, nodonlik, ilmsizlik, odobsizlik, baxillik,
manmanlik, noshudlik, yolgʻonchilik, sabrsizlik, bevafolik, ochkoʻzlik,
nomussizlik, isrofgarchilik va h.k.). Umuman olganda, odam semasi bilan
bogʻlangan har qanday leksik birliklar (shaxs otlari, insonga nisbat beruvchi
otlashgan sifatlar, koʻchma ma’nodagi leksemalar, maqol, frazema va b.) til egalari
xotirasida “odam”, “inson” kontseptini voqelantira oladi.
Maqollarda yoritilgan mavzular, jumladan, ularda aks etgan yaxshi fazilat-u,
yomon illatlarning barchasi, shubhasiz, insonga xos boʻlgan xususiyat
hisoblanganligi sababli, ularda insonning hayotga, tabiatga, oila va jamiyatga
munosabati, ijtimoiy-siyosiy, maʻnaviy-maʻrifiy, axloqiy-estetik va falsafiy
qarashlari, qisqasi, insonning Oʻzi va Oʻzligi toʻla namoyon boʻladi deb ayta olamiz.
Quyida keltirilgan maqollarda ham insonning mohiyati, ichki dunyosi, odob-axloqi,
orzu-intilishlari, ma’naviyati kabilar oʻz ifodasini topgan:

Inson — aqli bilan,
Dono — naqli bilan.
Inson aqli — olmos.
Inson — odobi bilan,
Osmon — oftobi bilan.
Inson boʻlsang vafo qil,
Vafosizlik — xato, bil.
Inson sevgi bilan tirik.
Inson beorzu boʻlmas.
Inson qalbi quyoshdan yorugʻ.
Yomon odam til bilan kuydirar.
Insonning joni — toshdan qattiq,
Koʻngli — guldan nozik.
Inson umri — daryo suvi.
Baliq suv bilan tirik,
Odam — el bilan.
Bulbul chamanni sevar,
Odam — Vatanni.
Asl odam hech oʻlmas.
Beqoʻnimga qoʻnim yoʻq,
Yomon odamga — oʻlim .
Yomon odam yoʻldoshini qaritar.
Yomon odam tuqqanini yomonlar.
Yomon odam toʻymas,
Yomonligini qoʻymas.
Yaxshi odam oʻynab-kulib
kechirar,
Yomon odam qon-u zardob ichirar.
Odam boʻlmoq asta-asta,
Hayvon boʻlmoq bir pasda.
Odam — odamning koʻzgusi.
Tuzgan ham odam,
Buzgan ham odam.
Ovqatni tuz mazali qilar,
Odamni — soʻz.
Odam gap bilan,
Hayvon oʻt bilan.
Odam soʻzi bilan sinalar,
Osh — tuzi bilan.
Odam — soʻzlashguncha,
Yilqi — kishnashguncha.
Odam soʻzlashar,
Hayvon yalashar.
Taom lazzati oʻzida,
Odam lazzati — soʻzida.
Odam safarda bilinar,
Botir — xatarda.
Odamning tizgini — aql.
Odamning yuziga boqma,
soʻziga boq.
Kishi bilan kishi teng emas.
Odamning husniga baho berma,
Aqliga baho ber.
Fikrsiz odamdan tosh yaxshi.
Suv bilan ekin oʻsar,
Tarbiya bilan — odam.
Bogʻ koʻrki — bodom,
Dunyo koʻrki — odam.
Odamning yuzi quyoshni uyaltirar.
Toʻgʻri soʻzlagan odam
tugʻishganingdan afzal.
Mehrli odam — sevimli.
Odamning yuzi — olmosdan
oʻtkir.
Odamning yuzi quyoshni ilitar.
Mol-dunyo topilar, odam
topilmas.
Odam bordir, odamlarning
naqshidur,
Odam bordir, hayvon undan
yaxshidur.
Yaxshi odam yot boʻlmas98.

Yuqoridagilar oʻzbek xalq maqollari ekanligini inobatga olsak, maqollarning
semantik strukturasiga oʻzbek millati vakillarining dunyoqarashi, madaniyati, bir
soʻz bilan aytganda, mentalitetimiz ham ta’sir koʻrsatgan deb ayta olamiz. Etalon
sifatida tanlangan soʻzlar: aql, sevgi, vafo, orzu, koʻngil, tarbiya, taqdir, or, mehr,
toʻgʻrilik, yorugʻlik, iliqlik kabilarda oʻzbeklarga xos milliylik ruhi sezilib turadi
va ular lingvomadaniy birlik vazifasini bajaradi.
Demak, oʻzbek tilidagi maqollar “inson” konseptini voqelantirib til egalari
xotirasida ushbu konsept bilan bogʻlana olish xususiyatiga ham ega boʻladi.
Shavkat Rahmon asarlarida ham maqollardan foydalanish orqali o’zbek xalqi madaniyati urf-odatlari aks etishini ko’rish mumkin. Quyida Shavkat Rahmonning “Tutzor xotiralari” she’ridan parchani oldik:

Download 162,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish