OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI
70230101 - LINGVISTIKA (OʻZBEK TILI) MUTAXASSISLIGI
1-kurs magistranti
Baxranova Muhayyo Raxmat qizining
Magistr
akademik darajasini olish uchun
Shavkat Rahmon ijodida “Inson” konsepti
mavzusidagi
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI
Ilmiy rahbar: PhD. Yandashova T.
Toshkent – 2022
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………3-8
I BOB. KONSEPT VA U BILAN BOGʻLIQ TADQIQOTLAR………………9-30
1.1. Jahon tilshunosligida konseptning oʻrganilishi…………………………9- 15
2.1. Oʻzbek tilshunosligida konseptning oʻrganilishi………………………15-29
Bob boʻyicha xulosalar………………………………………………………….30
II BOB. SHAVKAT RAHMON IJODIDA “INSON” KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI……………………………….
2.1 Shavkat Rahmon ijodida “Inson” konsepti bilan bog’liq metafora va oʻxshatishlar……………………………………………………………..…………
2.2 Shavkat Rahmon ijodida “Inson” konsepti aks etgan paremiologik va frazeologik birliklar…………………………………………………………………
Bob boʻyicha xulosalar…………………………………………………………….
III BOB. SHAVKAT RAHMON IJODIDA “INSON” KONSEPTINING GENDER XUSUSIYATLARI……………………………………………………………….
3.1 Shoir she’rlarida “Ayol” mikrokonsepti tahlili……………………………….
3.2 Shoir she’rlarida “Erkak” mikrokonsepti tahlili………………………………
UMUMIY XULOSALAR …………..……………………………………………
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……….…………………………….31-34
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida milliy ongimizni anglash, xalq ma’naviyatini yuksaltirish, oʻzbek tilining qoʻllanish doirasini kengaytirishga alohida e’tibor berildi. Xususan, “Davlat tilining hayotimizdagi oʻrni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yoʻlida ilgari tasavvur ham qilib boʻlmaydigan ulkan ishlar amalga oshirildi”. Natijada tilning xalq tarixi, madaniyati va ma’naviyatining oʻziga xos ifodasi, yuksak estetik qimmat hamda hadsiz ifoda imkoniyatlariga ega xazina ekanligi yanada oydinlashdi. Prizedentimiz Sh.Mirziyoyev muhtasham “Kongress – xoll” saroyida 21 oktyabr kuni oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda ona tilimiz xususida oʻz nutqida quydagi fikirlarni bayon etdi: “Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri boʻlgan oʻzbek tili xalqimiz uchun milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma’naviy boylik, buyuk qadriyatdir. Kimda – kim oʻzbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi boʻlsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, oʻlmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qoʻshiqlariga quloq tutsin”. Prezident ona tilimizning davlat va jamiyat hayotidagi ta’siri va mavqeini yanada oshirish, “Davlat tili haqida”gi qonunni bugungi kun talablaridan kelib chiqib takomillashtirish zarurligini ta’kidlab, har birimiz davlat tiliga boʻlgan e’tiborni mustaqillikka boʻlgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak, deya ta’kidladi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Davlat tilimizga boʻlgan hurmat va sadoqatni prizedentimiz har bir asarlarida alohida urgʻu bilan e’tibor qaratib kelmoqdalar xususan, “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonni imzolangani bunga yorqin misol boʻla oladi.
Hozirgi paytda Oʻzbekistonda olib borilayotgan ilm – fan rivojlanishi ֞ yoʼlidagi harakatlar, ayniqsa, tilga, til ilmiga boʼlgan munosabatning yangi bosqichga koʼtarilishi qabul qilinayotgan qator qonun, qaror va farmonlarda oʼz aksini topayotgani bor gap. Inchunun, “Oʻzbekiston ilm – fan, intellektual salohiyat sohasida dunyo miqyosida raqobatbardosh boʼlishi shart”ligi1 har bir fan sohasi, xususan, tilshunoslikning ham yangi taraqqiyot davri uchun turtki boʼlishi, shubhasiz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF 4947 – son “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar strategiyasi toʼgʼrisida”, 2019 yil 21 oktyabrdagi PF – 5850 – son “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora – tadbirlari toʼgʼrisida”, 2020 yil 20 oktyabrdagi PF – 6084 – son “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora – tadbirlari toʼgʼrisida”, 2020 yil 29 oktyabrdagi PF 6097 – son “Ilm – fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi farmonlari; 2019 yil 4 oktyabrdagi PQ – 4479 – son “Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinganligining oʼttiz yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 dekabrdagi 984 – son “Davlat tilini rivojlantirish departamenti toʼgʼrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy – huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.
Milliy istiqlol tufayli oʻz taraqqiyot yoʻliga tushib olgan ona tilining tabiatiga mos mezonlarni ishlab chiqish, unut boʻlgan boyliklarini qayta tiklash, sofligini ta’minlash, kelajak istiqbollarini belgilash kabi ustivor jihatlarga “Davlat tili haqidagi”, “Ta’lim toʻgʻrisidagi” qonunlarda, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda boshqa koʻpgina hujjatlarda alohida e’tibor qaratildi.
Oʻzbek tilshunosligi soʻnggi yillar davomida ma’lum darajada oʻsib, taraqqiyot ta’sirida paydo boʻlayotgan masalalarni hal etishga diqqatini qaratdi. Jahon tilshunosligidagi singari oʻzbek tilshunosligida ham endilikda e’tibor til strukturasi muammosidan tilning inson faoliyatining turli sohalaridagi vazifasiga koʻcha boshladi. Tilning sistem xarakteri, til birliklarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari, oʻzaro munosabatini atroflicha tahlil etish kun tartibidan barqaror joy oldi.
Mustaqillik davri oʻzbek tilshunosligida antroposentrik paradigmaning shakillanishi psixolingvistika, pragmalingvistika, kognitiv tilshunoslik kabi yoʻnalishlar qatorida lingvokulturologiya masalalarini oʻrganish, sohaning predmeti va vazifalari, metodlari va tushunchaviy – terminologik apparatini oʻzlashtirish, til birliklarida madaniy jihatlarning aks etish tomonlarini aniqlash, til va madaniyat munosabati nuqtai nazaridan tadqiq qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oʻzbek tilshunosligida keyingi yillardagina til va madaniyat munosabati, til tizimidagi milliy oʻziga xos elementlar tadqiqiga bagʻishlangan ishlar shakllanmoqda, lingvokulturologik tadqiqotlar, lugʻatlar yaratilmoqda. Soʻnggi oʻn yilliklarda til shaxsining “madaniy oʻzini oʻzi anglashi” ni oʻrganishga bagʻishlangan tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega boʻldi. Hozirgi zamon lingvokulturologiyasi tadqiqot ob’ekti sifatida til va madaniyat munosabatlarini oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki ijtimoiy hodisa sifatida talqin etar ekan, madaniy ma’lumotlarni tushuntirishga, leksik birliklar tarkibidagi madaniy bilimlarni verbalizatsiya mexanizmlariga katta e’tibor beradi. Tadqiqot ishining zamonaviy tilshunoslik yo’nalishlari bo’lgan kognitiv tilshunoslik va lingvomadananiyatshunoslik fanlari bilan bog’liqligi hamda inson konseptini ushbu fanlar nuqtayi nazaridan yoritib berish uning zaruriyatini belgilaydi. O‘zbek tilshunosligida ham bugungi kunda til tizimini zamonaviy tadqiq usullari, xususan, antroposentrik aspektda tadqiq etishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Albatta, tilshunosligimizda bu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni yanada kengaytirish, tilda inson omili muammosini turli aspektlar hamkorligida o‘rganishni rivojlantirish lozim. Mazkur holat tadqiqot mavzusining dolzarbligi asoslaydi.
Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Inson konsepti bilan bogʻliq tadqiqotlardan rus tilshunosigidagi quyidagi ishlarni misol keltirishimiz mumkin: Волобуев Алексей Викторович Концепт человека в антропологии ислама2, Пашина Алена Владимировна Концепт человек в сказах И. М. Ермакова3, Магалова Сайда Цахасвна Концепт «человек» в зеркале лакских фразеологических единиц4. Oʻzbek tilshunosligida lingvokulturologiya masalalariga bagʻishlangan ilk tadqiqotlar Sh.Safarov, N.Mahmudov, D.Xudoyberganova, Sh.Usmanova kabi olimlar tomonidan olib borilgan. Hozirgi vaqtda konsept mavzusiga doir koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda bulardan U. Yigitaliyev5, U.Karimov6, T.Yandasheva7, M.Rahmatova8, T. Mardiyev9 va yana koʻplab maqolalarni va magistrlik ishlarini bir qancha dissertatsiyalarni misol keltirishimiz mumkin. O’zbek tilshunosligida konseptga oid bir qator ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramasdan aynan “inson” konseptiga oid ishlar yetarli emas bu esa o’z navbatida o’rganilayotgan mavzining tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Shavkat Rahmon qalamiga mansub ushbu asarlar tanlab olindi. Saylanma10, Yurak qirralari11, Uygʻoq togʻlar,12 Hulvo 13. Tadqiqot predmeti esa ushbu asrlarda “Inson” konseptiga oid she’rlar tanlab olinib, lingvokulturologik tahlili amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |