Universiteti jurnalistika fakulteti



Download 162,48 Kb.
bet3/25
Sana08.12.2022
Hajmi162,48 Kb.
#881311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Baxranova M. DISSERTATSIYA TAYYOR

Ishning joriylanishi. Mavzu yuzasidan “Xorazim Ma’mun Akademiyasi axborotnomasi” jurnalining 6-sonida “Shavkat Rahmon ijodida “inson” konseptining ifodalanishi” nomli maqola, “Ijodkor o’qituvchi” jurnalida “Shavkat Rahmon ijodida metafora va o’xshatishlar” nomli maqolalar chop ettirildi.
Ishning tuzilishi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I BOB. KONSEPT VA U BILAN BOG’LIQ TADQIQOTLAR
1.1. Jahon tilshunosligida konseptning oʻrganilishi
Soʻnggi yillarda inson tafakkuri va milliy madaniyat borasida koʻplab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Oxirgi oʻn yillik ichida filologiya fanida konsept eng keng tarqalgan termenlardan hisoblanadi. Konsept nafaqat tilshunoslik elementi hisoblanadi, balki u adabiyotshunoslik, mantiq, falsafa va madaniyatshunoslik kabi fan soxalarida ham oʻz aksini topgan. Ushbu termin keng tarqalganiga qaramay, konsept termini hozirgi paytgacha aniq bir ta’rifga ega emas vas hu bilan birga fanning turli sohalarida turlicha ta’riflanadi.
Rus tilshunosligida konsept tushunchasi XX asrning birinchi choragida faylasuf S.Askoldov tomonidan ilmiy muomalaga kiritiladi. Konsept kognitiv lingvistika va lingvokulturologiyaning markaziy tushunchasi hisoblanadi. Konsept termini bir vaqtning oʻzida xam zamonaviy xam tarixiy sanaladi. XX asrning 90 – yillarida fanda keng qoʻllanila boshlangan bu tushuncha lotincha “conseptus” soʻzidan olingan boʻlib “tushuncha” degan ma’noni anglatadi. Bu atamaga ilk bor 1982 – yil S.Askoldov oʻzining “Konsept va soʻz” maqolasida toʻxtalgan edi.14 S.Askoldovning fikricha konseptlar vositasida turli millar vakillari muloqotga kirishadi, shunga koʻra konseptlarni yaratish va qabul qilish ikki tomonlama kommunikativ jarayon hisoblanadi.
Yana bir rus tilshunosi V.Z. Demyankov “Badiiy va ilmiy tilda konsept va tushuncha” ilmiy ishida “konsept” terminining lotin, fransuz, italyan, ispan, nemis, ingliz var us tillarida qoʻllanishini koʻrib chiqib quydagi xulosalarga kelgan: a) dastlab “konsept” termini lotin tilida conseptus “ibtidoiy, boshlangʻich, holat” ma’nolarida qoʻllangan. Italyan va ispan tillaridakonsept (concetto, concepto) badiiy adabiyot tekstlarida azaldan uchrab kelgan va koʻpgina idiomalarda uchraydi; b) nemis tilida esa konsept (konzept, konsept) termini “xomqolip”, ya’ni rus tilidagi “konspekt” ma’nosida qoʻllangan. Ingliz tilida esa konsept (concept) falsafa termin sifatida ishlatiladi. Rus tilida konsept 1920 – yillardan boshlab 1970 – yillargacha “tushuncha” terminining sinonimi sifatida qoʻllangan. Yuqoridagilarni oʻrganib chiqib olim V.Z.Demyankov konsept terminining ma’nosini talqin qilishda uning lotin tilidagi ma’nosini asos qilib olib, konsept termini “boshlangʻich ma’no” degan
gʻoyaga ega degan fikrga keldi.15
Shu bilan bir qatorda, “tushuncha” va “konsept” soʻzlari ma’no jihatdan bir – biriga juda yaqin. Ammo zamonaviy ijtimoiy fanlarda bu soʻzlar turli ma’nolarda qoʻllaniladi. V.Z.Demyankovning ta’kidlashicha, “tushuncha” va “konsept” soʻzlari oʻrtasidagi farq quyidagicha aks etgan: tushuncha tafakkurning mantiqiy shakillaridan biri hisoblanib, insonlar uning yordamida voqelikni anglaydilar. 16 Ba’zi olimlarning fikricha, konsept inson oʻrganayotgan obyektning butun borliqdagi koʻrinishlaridir. Konsept deganda, madaniy ahamiyatga ega aqliy faoliyat va falsafiy bilish asosi bilan bogʻliq hodisa tushuniladi. E.S.Kubryakova, Y.G.Pankrats va V.Z.Demyankovlarning “Краткий словарь когнитивных терминов” lugʻatida berilgan ta’rifiga binoan ideal mavhum birliklar, ma’nolar sifatida ta’riflanadi. Bu birliklar inson faoliyatining natijalari hamda bilish jarayonlarini anglatadi. Konsept shaxs tomonidan borliqning u yoki bu qismini anglab, tasavvur qilish orqali toʻplangan axborotdan iborat. Konseptlar kuzatilyotgan hodisalarni jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan yagona, aniq kategoriya va sinflarga jamlaydi.17 Yana bir tilshunos V.A.Lukinning ta’rifi boʻyicha konsept lotincha “conseptus”ning mazmunni yigʻib oluvchi yoki oʻziga koʻplab shakillarni qamrab oluvchi va ularning boshlanishini “kurtak” deb talqin etilgan. “Urugʻdoshlik”(negiz) etimologik paradigmasi konseptning ana shu belgisini yaxshiroq namoyon qiladi, agar biz uning lotincha natonimi bilan oʻzaro munosabatini aniqlasak, quyidagicha: konseptiv(kurtak yoki negiz hosil boʻlishiga olib keluvchi)kontraseptiv(kurtak hosil boʻlishidan saqlovchi) kabi shakl yuzaga keladi.18 Uslubiy jihatdan Yu.S. Stepanov kontseptning tuzilishi haqidagi fikricha, kontsep uch asosiy shaklga ajratadi: “1) asosiy, haqiqiy belgi; 2) qoʻshimcha yoki bir nechta qoʻshimcha, passiv endi ahamiyatli boʻlmagan, ammo tarixiy belgilar; 3) ichki shakl. Birinchi komponent – kontseptsiyaning asosiy, haqiqiy belgisi. Muayyan tilda, ma'lum bir madaniyatda soʻzlashuvchi millat, xalqlarning barchasiga “ma’lum”, ifodalangan ogʻzaki ma'noda, bu ma'lum bir etnik jamoa vakillari uchun aloqa vositasi hisoblanadi. Aksincha, ikkinchi komponent qoʻshimcha hisoblanadi, tushunchaning passiv belgisi – uning mavjudligidan uzoqda boʻlgan dolzarbligini ochib beradi bu etnik guruh, u ma'lum bir ijtimoiy guruh vakillari uchun, ma'lum bir kishi uchun mavjud boʻladi. Va, nihoyat, uchinchi komponent etimologik xususiyat yoki ichki shakl har qanday madaniyatning lingvistik va tushuncha tashuvchilari uchun eng kam ahamiyatga ega, chunki soʻzning hayot tarixi bilan asosan maxsus fanlar, mutaxassislar shugʻullanadi.19 Olimlar konseptga turlicha ta’rif berishadi. N.Tixonovaning qarashlarida: “Konsept grammatik kategoriya boʻlib, u oʻzining formal koʻrsatkichlariga va shu kategoriya ichidagi differensial belgilariga egadir”.20 M.V.Nikitinning fikricha esa: “Konsept sxolastik strukturaga ega boʻlgan diskret koʻpfaktorli mental birlikdir”.21 S. X. Lyapin esa konseptga ta’rif berar ekan, konsept atamasida kasb etgan belgi yanada tushunarliroq boʻladi, uning fikricha, konsept madaniyat genotipiga kiradigan va madaniyatning oʻzak qatlamini aniqlovchi oʻziga xos madaniyat genotipidir.bunda konsept xuddi ong idrokning kurtak holdagiboshlangʻich shaklidir. Xulosa asos tushuntirishlarning toʻldirilgan, yigʻilgan algoritmi sifatida aks etib, ular dunyoning yashirin boʻlmagan holatini yaratadigan va qoʻllab – quvvatlaydigan, madaniy shartlangan soʻz – fikrlar asosida haqiqatni ochishga xizmat qiladi. Zamonaviy tilshunoslik fanida mavjud boʻlgan konseptni aniqlash muammosi, konsept va til birliklari oʻrtasidagi munosabatlar muammosiga bevosita bogʻliqdir. Konsept mohiyatini tushunishga boʻlgan har qanday urinish “tushuncha”, va “ma’no”ni oʻz ichiga olgan bir qator atamalarning mavjudligini amalga oshirishga olib keladi. Konsept atamasi tilshunoslik tadqiqotlarida XX asrning birinchi yarmidan paydo boʻla boshladi. Bu atama ingliz tiliga oid soʻz boʻlib, ( conssept ), rus tilida ponyatie (tushuncha) atamasi bilan tarjima qilinadi. Keyinchalik bu atama tushuncha atamasi bilan aralashtirib yuborila boshlangach, uning tom ma’nodagi mazmunini aniq shakllantirishga qaratilgan ishlar tadqiq qilina boshlandi. “Konsept” tushunchasi kognitiv fan va lingvokulturologiyaning asosidir. Ammo, “konsept” atamasi chet elda ham, mahalliy tilshunoslikda ham keng qoʻllanilishiga qaramay, hozirda uning yagona izohi yoʻq. Kontsept va tushuncha borasida koʼplab amaliy ishlar amalga oshirilgan boʼlib, ushbu ikki lisoniy kategoriyalarni farqlovchi xususiyatlar aniqlangan. S. Yu. Stepanovning konsept va tushunchani oʻzining quyidagi fikrlari orqali farqlab bergan: Jumladan, tushuncha – predmet va hodisalar toʼgʼrisidagi umumiy va xususiy belgilarini aks ettiradigan fikr, deb qaralsa kontsept – nafaqat mavhumiy boʼlgan, balki aniq – assotsiativ va emotsional – baholovchi belgilarni qamrab olgan gʼoya sanaladi.22 Kontseptlar, odatda, inson turmush tarzi bilan bogʼliq maʼlum tushunchalarni maxsus qoliplarga solish, lisoniy va madaniy mavjudligini belgilashga qaratiladi. Аlbatta, kontsept tushunchasi borasida fikr va munozaralar koʼpchilikni tashkil qilib uning taʼrifi borasida aniq toʼxtamni topish qiyin. D. S. Lixachevning keltirishicha kontsept – bu indvidual anglash jarayoni va maʼlum kontekstda soʼz maʼnosini almashtirish hisoblanadi23 . Maʼlumki har bir kontsept turli lingvomadaniyatda oʼziga xos shakllanishga ega sanaladi. Kontseptlar, oʼz navbatida, soʼz maʼnolariga nisbatan keng talqin etiladigan, murakkab tipologik qurilmaga ega birlikdir. V.I.Karasik kontseptlarning tipologik yondashuvdagi tahlillarini bir qancha yondashuvda koʼrib chiqadi: birinchisida kontseptlarning tilga asoslanishi, yaʼni predmetga oid, belgiga oid, hodisa – jarayonga oid xususiyatlarga eʼtibor qaratilsa, ikkinchi yondashuv kognitiv psixologik boʼlib, maʼno fragmentlari stsenariy, freym, geshtal kabi qiyofalarga tegishli sanaladi. Keyingi yondashuv etik – estetik kategoriyalarning mahsuli sifatida deriktiv xususiyatga ega boʼlgan madaniy qadriyatlarni baholovchi kontsept hisoblanadi 24, hamda sevgi, goʼzallik, baxt, halollik va shu kabi yuqori qadriyatlar sanalgan telenom kontseptlar25 ajratib koʼrsatiladi. Maʼlum kontseptlarning tipologik tahlili faqatgina semantik farqlarini koʼrsatish uchungina xizmat qilmaydi, balki ―ong, anglash, munosabat, faoliyat tushunchalarini integratsion yondashuv orqali modellashtirish 26 uchun ham xizmat qiladi. Kubryakovaning taʼkidlashicha, kontsept – inson psixikasida aks etadigan, butun olam qiyofasini ifodalaydigan lisoniy ong boʼlib, mental leksikonning xotiradagi operativ mazmuniy birligi sanaladi 27. Аyni paytda, kontseptning koʼpqatlamli ekanlign ham tan olingan 28. Shunday ekan, ―inson kontsepti ham insoniyat ongida joylashgan, butun olam qiyofasida aks etadigan lisoniy mental tushunchadir. N.I.Jinkin ta’biri bilan aytganda: “Inson alohida gaplar vositasida emas, matn vositasida soʻzlaydi”.29 Shu sababli ham muayyan shaxs uslubi u yaratgan matnlar asosida tadqiq etilsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Shu boisdan matn yaratilishi masalasini shaxs uslubi nuqtai nazaridan oʻrganish matnning lingvistik jihatlariga teranroq nazar bilan qarashga olib keladi. Muayyan shaxs nutqining lingvokognitiv xususiyatlarini oʻrganish oʻzida koʻp hollarda implitsitlikni namoyon etuvchi badiiy nutq yaratilishi mexanizmiga oid koʻpgina qorongʻi va sirli “hududlarni” yoritish imkonini ham beradi30 Kognitiv tilshunoslik kognitiv faoliyat tushunchasi bilan uzviy bogʻliqdir. Kognitiv faoliyat insonning biror narsa yoki voqelikni idrok etishini amalga oshiruvchi tafakkur jarayonidir31.Kognitsiya tushunchasi ham kognitiv tilshunoslikda markaziy oʻrinda turuvchi tushuncha boʻlib, u ilmiy adabiyotlarda axborotni idrok etish, kodlashtirish va yaratish kabi jarayonlar tizimi sifatida izohlanadi. Kognitiv tilshunoslikda eng faol qoʻllanuvchi va turli ta’riflarga ega boʻlgan termin konsept hisoblanadi. Uning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, shuningdek, adabiyotshunoslik fanlaridagi izohi oʻzaro farqlanadi. Mazkur termin tilshunoslikda oʻtgan asrning 80 – yillarigacha tushuncha soʻziga sinonim sifatida ishlatilgan boʻlsa, uning hozirgi vaqtdagi izohi tushuncha terminiga nisbatan kengroq ma’no kasb etganini koʻrish mumkin. Jumladan konsept bu – tushuncha ekanligi, bu tushuncha ortida esa ijtimoiy yoki sub’ektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, oʻz tarixiy ildizlariga ega boʻlgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini qayd etadi. Rus tilshunosi L.V.Adonina konsept terminiga bagʻishlangan maqolasida bu terminning taniqli tilshunoslar tomonidan qayd etilgan 12ta ta’rifini keltiradi. Shuningdek, uning ma’lumotiga koʻra, konsept termini oʻn nuqtayi nazardan tasnif qilingan. Masalan, konsept standartlashishiga koʻra universal, etnik, guruhga oid va shaxsiy konseptlarga; qoʻllanishiga koʻra ilmiy, badiiy, maishiy konseptlarga; ifodalanishiga koʻra leksik – frazeologik, grammatik, sintaktik va matniy konseptlarga boʻlinadi va h.k. Konsept, darhaqiqat, mental tuzilma. Lekin u koʻp qirrali va koʻp qatlamli tuzilmadir. Shuningdek, konsept bir vaqtning oʻzida psixologik, kognitiv – semantikva lingvokulturologik jihatlarni namoyon etadi. Zero, konseptningkognitiv, psixolingvistik va lingvokulturologik tadqiqotlar obyekti sifatida tavsiflanayotgani ham shundan dalolat beradi. Shuningdek, biz konseptning sub’ektiv, ijtimoiy, lingvomadaniy, badiiy konseptlar sifatida tiplarga ajratilganligini yagona mohiyatga turli jihatlardan yondashuv sifatida baholaymiz32. Kognitiv tilshunoslikda lisoniy konseptuallashtirish muhimahamiyatga ega. Lisoniy konseptuallashtirish obyektiv voqelik yoki uning biror qismini til vositasida ifodalashdir. U “...inson ongida toʻplangan ma’nolarning verballashtirilgan shakli va dunyo haqidagi bilimlarining muayyan til vositasida tizimlashtirilishi boʻlib, qisman universal, qisman milliy xarakterga ega boʻladi”33. Shuningdek, u bir vaqtning oʼzida psixologik, kognitivsemantik va lingvokulturologik jihatlarni namoyon etadi. Zero, kontseptning kognitiv va lingvokulturologik tadqiqotlar obʼekti sifatida tavsiflanayotgani ham shundan dalolat beradi. Shu sababli kontseptning tadqiqotchilar tomonidan subʼektiv, ijtimoiy, lingvomadaniy, badiiy kontseptlar sifatida tiplarga ajratilganligini34 yagona mohiyatga turli jihatlardan yondashuv sifatida baholash mumkin. Zotan, til tizimi yuqoridagi sifatlarni oʼzida jamuljam etgan nihoyatda serqirra hodisalardan biri hisoblanadi. N.Yu.Shvedova kontsept tushunchasi ortida ijtimoiy yoki subʼektiv tarzda anglanuvchi, inson hayotining muhim moddiy, aqliy, ruhiy tomonini aks ettiruvchi, oʼz tarixiy ildizlariga ega boʼlgan, xalqning umumiy tajribasini aks ettiradigan mazmun turishini qayd etadi35. Ushbu konseptga berilgan ta’riflardan koʻrinib turibdiki tilshunoslar tomonidan yondashuvlardan kelib chiqib, bizningcha, konseptni ma’lum bir qat’iy qolipga solingan birlik deb boʻlmaydi.

Download 162,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish