tuproq yorgan g’o’zaga qarab:
“avlodlarning haqqi-hurmati
o’sgin,
o’sgin,
Pakana daraxt”82
Shoir o’xshatishlardan juda keng foydalangan quyidagi she’rida ikki xil sema mavjud bo’lib birinchisi, xalq paxta dalasida o’tgan umriga achinsa shoir, ikkinchisi g’o’zaga o’xshatyabdiki xalqni mustamlakada qolib ketma o’sgin ungin ya’niki erkinlikka chiqishga undamoqda. tuproq yorgan g’o’zaga qiynalgan xalq natijada Pakana daraxt bo’lib qolgan, ezilgan xalq sifatida aks etgan.
“Yosh o’zbek shoirlariga” she’ridan parcha:
So’zlarni qayraylik,
do’stlar, jo’ralar,
g’aflat to’shagida yotmay, shoshaylik:
yashamoq, kurashmoq, o’lmoq sirlarin
bolakaylar uchun ochaylik83
“So’zlarni qayraylik” ta’sirli so’zlar aytaylik, so’zlarimiz orqali insonlarga ta’sir etaylik degan ma’nolarda qo’llangan bo’lib, “g’aflat to’shagida yotmay” ya’ni uxlamanglar uyg’oninglar deya xalqqa da’vat etyabdi shoir.
Shavkat Rahmon she’riyatida tun, oy, nur, osmon, tong, bulut timsollari orqali inson ruhiyatining turli xil manzaralarini ko’rsatib beradi. Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat shoir “Tungi manzara” she’rida o’z aksini topgan:
O’rmonlar jim yig’lamas shamol,
soy sayramas, baqalar jimdir,
ingroqlarga to’lib ketgan tun
g’amgin qo’shiq aytadi kimdir84.
Inson irodasi, tafakkuri, matonati, sabr-bardoshi, kuchi bilan ajralib turadi. Yuqoridagi parchada tabiatdagi kayfiyat, qish fasli tasviri, ruhiy manzara insondagi ruhiy holatni tasviri desak yanglishmaymiz. O’rmonlar jim yig’lamas shamol, soy sayramas, baqalar jimdir. Inson kayfiyati ichki hissiyoti ifodasi sifatida tasvirlangan. Shoir o’z ichki tuyg’ularini xalq dardi bilan bog’laydi va she’rlarida xalqning axvoli, dardi uning ozodlikka intilishi shoir uchun birinchi o’ringa chiqqan. Ingroqlarga to’lib ketgan tun ushbu misrada ham metafora qo’llangan bo’lib, inson imotsional tuyg’ularini ochishga xizmat qilmoqda.
Tilshunoslik ilmida mantiqiy kategoriya bo’lmish o’xshatishning lisoniy voqelangan shaklilingvistik o’xshatishlarga Arastu davridan boshlab katta e’tibor qaratilgan, deyish mumkin. U ‘ko’chma so’z(metafora) narsaga xos bo’lmagan, jinsdan turga, yoki turdan jinsga, yoxud turdan turga ko’chirilgan yoinki o’xshatilgan so’zdir”, deya ta’rif bergan ekan, undan so’ng metafora qisqargan o’xshatish, nom ko’chishining alohida bir ko’rinishi yoki nom ko’chishining har qanday usuli sifatida ta’riflanib kelindi. Aytish mumkinki, metafora, o’xshatish hamda iboralarni birlashtirib turgan narsaularning barchasi inson ongiga xos bo’lgan qiyoslash-o’xshatishnamaliyotiga asoslanadi. Shu bois o’xshatishlar mantiq, adabiyotshunoslik, tilshunoslik kabi fanlar uchun tadqiqot obyekti bo’la oladi85.
O.S. Axmanovaning “Tilshunoslik terminlar lug’ati”da lisoniy o’xshatishga quyidagicha ta’rif bergan: “O’xshatish (ing. simile, fr. comparasion, nem.gleichnis, isp. simil.) bir predmetni boshqasiga ular o’rtasidagi umumiy bo’lgan xususiyat asosida qiyoslash”86
O’xshatishlarning xuddi metaforalar kabi, turg’un va erkin yoki individual (badiiy) turlari farqlanadi. N. Mahmudov turg’un o’xshatishlar mohiyatini shunday tushuntiradi: “…ularda o’xshatish etalonida ifodalangan obraz barqarorlashgan bo’ladi, bunday o’xshatishlar, garchi muayyan shaxs yoki ijodkor tomonidan qo’llangan bo’lsa-da, vaqt o’tishi bilan til jamoasida urfga kirib, doimiy ifodachilar sifatida turg’unlashgan, umumxalq tiliniliksekonidan joy olib ulgurgan bo’ladi. Bunday o’xshatishlar xudditildagi tayyor birliklar kabi nutqqa olib kiriladi”87
O’zbek tilida o’xshatish qurilmalarining konstruktiv tarkibi borasidagi fikrlarda bir xillik yo’q. Ayrim ishlarda o’xshatishning uch uzivi e’tiborga olinadi: 1) o’xshatish obyekti, referenti; 2) o’xshatish obrazi, etaloni; 3) o’xshatish belgisi yoki asosi. M. Mukarramov o’xshatishlarni o’xshatiluvchi obyekt, o’xshatilayotgan predmet, o’xshatma belgi deb ataydi o’zining “O’zbek tilida o’xshatish” nomli monografiyasida88. O’xshatishlarning to’rtinchi uzvi ham mavjud bu o’xshatishning shakily ko’rsatkichidir. N. Mahmudov, D. Xudoyberganova, M. Yoqubbekovlar to’rt unsurdan tashkil topishini ta’kidlaydilar. M. Yoqubbekova M. Mukarramovning “O’zbek tilida o’xshatish” nomli monografiyasida o’xshatishning ifodalovchi vositalar haqidagi fikrlarida o’xshatishni ifodalovchi vositalar to’rtinchi komponent sifatida uning tarkibida alohida o’rin tutishini ko’rsatishini ta’kidlaydi89. Biz ham o’xshatish shakillanishida shakily ko’rsatkich muhim deb hisoblaymiz.
“Inqilob yo’llarida” shae’ridan parcha oladigan bo’lsak:
Kunlar qonli yaraday ochiq,
tunlaroydin xarobazorlar,
jasadlarga to’la tonglarni
zirqiratar faryodi borlar90.
Qonli yaraday ochiq shaklida -day shakli o’xshatishni yuzaga kelishiga xizmat qilyabdi. Agar qonli yara ochiq shaklida kelsa o’xshatish mazmuni yo’qoladi.
F. Usmanov o’zining “O’zbek tilida o’xshatishlarning lingvomadaniy tadqiqi” nomli doktorlik dissertatsiyasida o’xshatishlarni o’rganib, o’zbek tilida turg’un o’xshatishlar natijasida 600dan ortiq o’xshatish konstruksiyalari o’rganilgan bo’lib, 400dan ortiq o’xshatish konstruksiyasi inson va u bilan bog’liq, 200dan ortiq o’xshatish konstruksiyasi esa tabiat va u bilan bog’liq hodisalarni ifodalash uchun xizmat qilishini keltirib o’tgan.91 O’xshatishlarning asosiy qismini insonga oidligi uning turli guruhlarda ifodalanishini ko’rsatadi. Ya’niki insonni obrazli ifodalashda unga tashqi ko’rinishi, harakteri, nutqiy faoliyati, jismoniy xususiyatlari va boshqa tomonlari aks etishi mumkin. Tashqi ko’rinish jihatdan o’zbek badiiy adabiyotida yuz chiroyi va qomat alohida o’ringa ega. Insonlarning jamiyat a’zolari bilan munosabatida, kommunikativ kirishuvida dastlabki taassurot tashqi ko’rinish asosida asosida hosil bo’ladi.
Biz Shavkat Rahmon asarlarida inson konseptiga oid o’xshatishlarga ham diqqatimizni qaratdik. Inson konsepti bilan bog’liq turli guruhlarga iod o’xshatishlarni farqlab chiqdik. “Davra” she’rida:
Do'stlaringiz bilan baham: |