Universiteti jurnalistika fakulteti


Og'zaki bo'lmagan belgilar



Download 162,48 Kb.
bet22/25
Sana08.12.2022
Hajmi162,48 Kb.
#881311
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Baxranova M. DISSERTATSIYA TAYYOR

Og'zaki bo'lmagan belgilar
Erkaklar yashirin kontekstga ayniqsa sezgir emas. Ular hech qanday imo-ishoralarni, yuz ifodalarini ochishga harakat qilmaydi. Erkaklar nutq mavzusiga e'tibor berishadi

Og'zaki bo'lmagan belgilar
Ayolning yashirin subtekstga yuqori sezgirligining sababi og'zaki bo'lmagan signallarni (deb ataladigan) sezish va tushunish qobiliyatidir: nutq paytida amalga oshiriladigan imo-ishoralar, tana harakatlari. Ular ongsiz ravishda ishlab chiqariladi va ma'ruzachining holatini beradi

Hissiylik
Erkaklar ayollarga qaraganda kamroq hissiy nutqqa ega. Ko'pincha ular his-tuyg'ularini yashirishadi. Bundan tashqari, erkak har qanday hissiy nutqni istehzo va shubha bilan, biroz ehtiyotkorlik bilan qabul qiladi. Erkakning nutqi beparvoroq va erkinroq.



Hissiylik
Ayolning nutqi odatda erkakning nutqiga qaraganda ko'proq hissiyotli bo'lib, bu hissiy rangdagi lug'at, so'zlar, metaforalar, taqqoslashlar, epitetlardan ko'proq foydalanishda namoyon bo'ladi. Ayollar ko'proq his-tuyg'ularni, psixofiziologik holatlarni tasvirlaydigan so'zlardan foydalanadilar.

Nutqda qisqartirish
Erkaklar nutqi ayollarnikiga qaraganda qisqaroq, chunki erkak o'z hukmlarida qat'iyroq. Erkaklar ham ayollarga qaraganda kechirim so'rashni qiyinroq deb bilishadi.



Nutqda qisqartirish
Ayollarning nutqi erkaklarnikiga qaraganda kuchliroq. Ayol nutqida juda ko'p noaniqlik mavjud, u bir vaqtning o'zida ko'rinmas ravishda "ha", "yo'q" va "ehtimol" ni o'z ichiga oladi. Va bu taqdim etish uchun ko'proq vaqt talab etiladi. Ayollar 3 baravar ko'proq savol berishadi va "to'g'rimi?", "Ha?", "Yo'q?", "Rostmi?" Va ular erkaklarga qaraganda tez-tez kechirim so'rashadi.


Erkakning nutqida to'yingan ohanglarning asosiy ranglarining nomlari ko'proq uchraydi - qizil, qora, to'q ko'k, ayol esa to'yinmaganlarni afzal ko'radi - pushti, to'q qizil, sariq va ko'k.


Erkaklar nutqida ko'pincha mavhum otlardan foydalanadilar. Erkak nutqida har bir gapdagi otlarning nisbiy soni ancha yuqori. Erkaklar ko'proq fe'l ishlatishlari qayd etildi. Bu jamiyatda erkakning faolroq pozitsiyani egallashi bilan izohlanadi. Erkak nutqida ayol nutqiga qaraganda so‘roq, buyruq va inkor gaplar ko‘proq bo‘ladi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, ayol bir xil mazmundagi fikrlarni ifodalash uchun erkakka qaraganda ko'proq so'z sarflaydi150. Bunday xususiyatlar badiiy adabiyotda ham o’z aksini topadi. Shoir va yozuvchilar erkak va ayol obrazini yaratayotganda ayollarga va erkaklarga xos bo’lgan xususiyatlarga katta e’tibor berishadi. Ular nutqi, xarakter-xususiyatlari, tashqi ko’rinishi har bir tomoni yoritiladi.
Biz ushbu xususiyatlarni Shavkat Rahmon she’rlarida ko’rib chiqamiz. She’riyatda ayol va erkak konseptlari tahlili yuzasidan shoir erkak konseptiga oid qanday so’zlardan foydalangani va qanday tasvirlaganini ko’rib chiqamiz.
Uch ajoyib o’g’li qiqirlab,
tizzasida o’ynab
kulardi.
Birdan ular ulg’ayib ketdi,
So’ng yo’qotib qo’ydi ularni151.
Ushbu she’rda shoir o’g’il leksemasidan foydalangan va uni tasvirlashda ajoyib, qiqirlamoq, o’ynamoq, kulmoq so’zlari orqali ularning beg’uborligini tasvirlagan, yosh bolalik vaqtini ochib bergan. Keyingi misrada esa ulg’ayib ketdi, yo’qotib qo’ydi birikmalari zamirida cholni farzandlari katta bo’lgan uni tashlab ketishgani semasi ifodalangan. Shavkat Rahmon she’riyatining o’ziga xos tomv onlaridan biri shoir so’zlari keskir qilichday, ayab o’tirmaydi. Jamiyatdagi kamchiliklarni ochiq oydin gapira olgan, shu sabab she’riyatida inson konsepti asosiy o’rinda turadi. Inson qadri, inson taqdiri she’rlarning bosh g’oyasi hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda insonlarning kamchiliklarini, noto’g’ri ishlarini, bir-birlariga bo’lgan munosabatini, adolatsizliklarini shoir qattiq qoralaydi.
Qahraton suvini simirgan
soddadil, jo’ralar qaydasiz?
Mardlikning poyiga sig’ingan
daryodil jo’mardlar, qaydasiz?152
Erkak konsepti bu yerda jo’ralar lesemasi orqali ifodalangan bo’lib, soddadil, jo’mard so’zlari orqali tasvirlangan ya’ni insonga xos bo’lgan xususiyatlar soddadillik, mardlik, oliyjanoblik kabi tasvirlar berilgan.
Yig’lasa bo’lar-ku azalar ochib,
Bevaqt xazon bo’lgan mard erlariga,
Yig’lasa bo’lar-ku azalar ochib,
Boshlarini urib sho’r yerlariga153.
“Xorazim qishloqlari” she’ridan olingan ushbu parchada mard erlar leksemasi qo’llangan bo’lib bunda shoir urushda vafot etgan o’glonlar, erkaklarni nazarda tutgan. Shoir she’r boshlanishida epigraf keltirgan epigrafdan she’r mazmunini to’liq anglash mumkin: “Xorazimda deyarli har bir tuman markazida urushda qurbon bo’lgan yuzlab askarlarning nomi bitilgan tosh lavhalarni ko’rdim”.
Har gal bahodirlar yiqilar ekan
kurakka sanchilgan nomard tig’idan,
qayta tirilganda bo’lardi nogoh
har bir bolakayning qorachig’ida154.
Bahodirlar leksemasida urushda qurbon bo’lgan er yigitlar ifodalangan. Bolakay leksemasi ham o’g’il bolaga nisbatan qo’llangan. Biz yuqorida bola leksemasiga alohida to’xtalgan edik.
Na’ra tortaymikin
to’qson to’qqiz ming
pahlavon bobomning ovozin yig’ib,
dahmalar qopqog’in taqqillataymi,
faryod qilaymikin osmonni yirtib?!155
Bobom leksemasi ha erkak konsepti ifodasi yoshga va qarindosh urug’chilik semasida qo’llangan. Avlodlar nomidan yozilgan ushbu she’rda ajdodlarga hurmat va ajdodlar bilan faxrlanish semasi aks etgan. Erkak konseptining pahlavonlik xususiyati yoritilgan. Shoirning vatanparvarlik, xalqparvarlik hislatlari o’z she’rlarida aks etgan.

UMUMIY XULOSALAR


Konsept bu inson ongidagi bilim bo’lib u madaniyat va milliylik bilan uzviy bog’liq bo’lgan tushuncha tubida yashiringan chuqur ma’nodir. Degan xulosaga keldik.
Erkak va ayol konseptlari gendr jihatdan or’ganish davomida ularni Shavkat Rahmon she’riyatida qo’llangan erkak va ayol mikro konsepti bo’yicha yoshga doir, qarindosh urug’chilikka doir va harakter xususiyatiga kora tasniflarga ajratib chiqdik.



Download 162,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish