Universiteti jurnalistika fakulteti



Download 162,48 Kb.
bet16/25
Sana08.12.2022
Hajmi162,48 Kb.
#881311
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Baxranova M. DISSERTATSIYA TAYYOR

sochim oqarganda angladim, Vatan!116
Sochim oqarganda” frazeologik birlikda qarigan vaqtimda, keksaygan chog’imda semalari o’z aksini topgan.
Yosh o’zbek shoirlariga” she’ridan parcha:
So’zlarni qayraylik,
do’stlar, jo’ralar,
g’aflat to’shagida yotmay, shoshaylik:
yashamoq, kurashmoq, o’lmoq sirlarin
bolakaylar uchun ochaylik117
Kun keldi,
boshini egadigan kun,
hattoki o’zgalar gunohi uchun
yuzini bosgancha yerning yuziga,
silkinib-silkinib yig’laydigan kun118.
Bosh egmoq frazeologizmi qo’llangan bo’lib, “bo’ysunmoq”, “itoat qilmoq”, “tiz cho’kmoq” ma’nolarida keladi.

III BOB. SHAVKAT RAHMON IJODIDA “INSON” KONSEPTINING GENDER XUSUSIYATLARI


3.1 Shoir she’rlarida “Ayol” mikrokonsepti tahlili
Har bir shaxs jamiyat a’zosi hisoblanib, uning jamiyatda tutgan o’rni, ijtimoiy maqomi uning nutqiy faoliyatini belgilashi mumkin. Ayollar va ekaklar ovozlaridagi farqlar, nutqiy ohang va boshqalarda yaqqol seziladi. Gender tilshunosligida ayol va erkaklar og’zaki nutqining xususiyatlari ularning ovozlari intonatsiyasini tadqiq etishda namoyon bo’ladi.
Genderning kommunikatsiyada namoyon bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishi holatlarini E.D.Nazarova o’rganib komunikatsiyada gender ko’rsatkichlarini quyidagi guruhlarga ajratadi:
fonetikovozning balandligi, tembri, ohangi, pauza, mantiqiy ajratib ko’rsatish;
morfologik so’zlarning maskulin va feminin rod ma’nolarida qo’llash;
leksikayol va erkaklarni nomlovchi yoki tarkibida ayol va erkak komponentimavjud so’zlarni qo’llash;
ekspressiv-stilistikayol va erkaklar nutqiga xos bo’lgan so’z va konstruksiyalarni qo’llash: qo’pol so’zlar asosan erkaklarga, yuqori stilistik bo’yoqli so’zlar ayollarga xos;
 tematikayollik va erkaklik mavzusi bilan bog’liq so’zlarni qo’llash119.
Ijtimoiy munosabatlarning asosi sifatida itoatkorlik, ustunlik nutqiy faoliyatga va intonatsiyaga o’z ta’sirini o’tkazadi. Bunda ayollarning nutqiy etiketi sifatida bog’langanlik, itoatkorlik, qaramlik kabi rollar qabul qilingan bo’lib, bu rollar oilaviy ta’lim-tarbiya, milliy an’analar va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar orqali rivojlanib boradi. Nutqning yuzaga kelishida his-hayajon kuchli ahamiyatga ega bo’lib u asosan ayollar nutqiga xosdir.
Erkaklar nutqida esa leksik birliklar asosiy o’rinni egallaydi. Ayollarda nafas chiqarish, nutq ohangi erkaklarga nisbatan kuchli bo’ladi.
Ayol va erkaklarning nutqiy ohanglari ularning ijtimoiy maqomi va ijtimoiy roliga bevosita bog’liq. Shaxsning ijtimoiy maqomi deganda uning genderi nazarda tutiladi.
I.Shevchenko ayollarning maqomi ularning egallagan lavozimi, ta’lim darajasiga bog’liqligini ta’kidlab, shunday deb yozadi: “O’qimishli ayollar nutqi intonatsion butunlikka ega bo’ladi, ular intonatsianing ilg’or, zamonaviy shakillarini qo’llashga intiladilar. Yuqori ma’lumotga ega bo’lgan ayollar past ma’lumotli ayollarga nisbatan pauzlar orasida nutqning katta parchasini talaffuz etishadi. Biroq ularning har ikkisini nutqi yuqori ma’lumotli erkaklarnikidan o’tib ketadi. Bunday holat ayollarning o’ylashga kam vaqt ajratishlarini belgilaydi120.
Demak, shaxsning jamiyatda tutgan ijtimoiy maqomi uning nutqiy faoliyatini belgilashi mumkin. Masalan, “ishbilarmon, erkin anglo-sakson ayol obrazi regional aksentda so’zlashuvchi ayollardan ancha farq qiladi. Regional tip talaffuzi past ijtimoiy va intellectual daraja bilan tenglashtirilsa-da, ular ochiq ko’ngillik, samimiylik va ko’p farzandlilik bilan farqlanadi”121.
Ayol va erkaklarning ovozlaridagi farqlari ularning ijtimoiy maqomi, ijtimoiy roli, nutqiy salohiyati ularning gendrini belgilaydi.
O’zbek tilshunosligida H. Samig’ova ingliz va o’zbek tillarida erkalash funksional-semantik maydonining gender xususiyatlarini tadqiq etadi. Unga ko’ra “ikki tilde so’zlashuvchi ayollar nutqidagi erkalash erkaklarnikiga qaraganda kuchli va his-hayajonga to’laroq bo’ladi, tabiatning nozik jins egalari erkalashda jumlalarni uzunroq tuzadilar, erkalash shakl yasovchi qo’shimchalari, fikrni kuchaytiruvchi uslubiy vositalardan keng foydalanadilar”122.
Tilshunoslikda ayollar va erkaklar suhbat jarayonlari ham o’rganib chiqilgan. Masalan, Deborah Tannen suhbatning ayol va erkakning turmush qurgandan keyin tutgan o’rnini quyidagicha izohlaydi:
1) ayollar va erlar suhbat jarayonida erlarning boshqa mavzuga o’tib ketishi ularning xotinlarining gapini tinglamayotganini bildiradi;
2) ayollar suhbat jarayonida tinglovchi vazifasini bajarayotganda “uhuh”, “hmm” va “yeah” kabi tinglovchi tovushlarini talaffuz etishi ularning, “men sizni tinglayapman”ni nazarda tutadi. Erkaklarning sukunatli diqqatini ayollar e’tiborsizlik deb qabul qilishadi.
3) ayollarning suhbat qurish yo’llari erkaklar uchun yoqimsiz bo’lganidek, ayollarga ham erkaklarning suhbati yoqmaydi. Suhbatni diqqat e’tibor bilan tinglashni (ya’ni sukunatli diqqatni) kutadigan erkaklar ayollarning ovozli reaksiyasini ko’rib, ular suhbat qurish jarayonini yuragiga yaqin olishlari yoki sabrsizlik deb tushunishadi.
4) ayollar bir-biri bilan samimiy, juda yaqin holatda suhbatlashishganda, ularning mavzulari bir-birinikiga mos keladi, bir-birlarining gaplarini yakunlashga harakat qilishadi yoki sheriklarini nima demoqchi ekanliklarini oldindan tahmin qilishadi va bir-birlarini fikrlarini ketma-ket, navbatma-navbat bo’lib to’ldirishadi. Bu kabi holat ham erkaklar tomonidan ayollarning sabrsizligi sifatida qaraladi123.
Insonning turli xil xususiyatlari, qobilyatlari, xulq-atvorida namoyon bo’ladigan sifatlarini til vositalari orqali leksik-semantik guruhlarda tavsiflashga tilshunoslikda katta e’tibor berilmoqda. “Inson” konseptining olamning lisoniy manzarasida milliy va umummadaniy xususiyatlarni ochib berishda izlanishlarning olib borilishi, “inson” konsepti tahlilisiz madaniyatni ta’riflash mumkin emasligini tasdiqlaydi.
Ushbu bobda biz odam, erkak, xotin va ayol tushunchalarini leksikografik izoh orqali yoritamiz.
“Hozirgi o’zbek tili faol so’zlarining izohli lug’ati”da odam leksemasi quyidagi ma’nolarda izhlangan:
1. Inson, kishi, oliy zot: Odam farzandi.
2. Jamiyatning har bir a’zosi, shaxs: Odamlarni chaqirib kelmoq.
3. Jamoa xo’jaligi yoki oilaning har bir a’zosi: “Qaramog’ida beshta odami bor.”124
Yuqorida keltirilgan misollardan shuni ta’kidlash mumkinki, odam leksemasi ham erkak, ham ayolni angatadi.
Shoir Shavkat Rahmonning “Kenglik sog’inchi” she’rida odam leksemasi ostida ikki jins ayol va erkakni anglash mumkin:
Hoy, odam, kim eding,

Download 162,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish