So‘z birikmasining so‘z, ibora, sintagma va gapdan farqi



Download 35 Kb.
Sana09.07.2022
Hajmi35 Kb.
#759647
Bog'liq
Ohang va ubing nutqdagi ahamiyati

So‘z birikmasining so‘z, ibora, sintagma va gapdan farqi



So‘z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalashga xizmat qiladi: Kitobdeganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni tushunamiz.
So‘z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan so‘zga o‘xshab ketadi, ammo so‘z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa narsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o‘quvchi – a’lochi o‘quvchi, yozish – tez yozish. Qo‘shma so‘z va so‘z birikmasi o‘zaro quyidagicha farqlanadi: qo‘shma so‘z bir so‘roqqa javob bo‘ladi, so‘z birikmasi tarkibidagi har bir so‘z alohida-alohida so‘roqlarga javob bo‘ladi, so‘z birikmasidagi har bir so‘z o‘z urg‘usiga ega bo‘lsa-da, qo‘shma so‘z esa yaxlit bitta urg‘uga ega bo‘ladi: sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo‘shma so‘z; jo‘shib kuylamoq (qanday kuylamoq? jo‘shib nima qilmoq?). So‘z birikmalari qo‘shma so‘zlarning birinchi bosqichidir: ko‘zning oynasi – ko‘zoynak, sarv qomatli – sarvqomat, dunyoga qarash – dunyoqarash va h.
Ibora (turg‘un birikma) ma’no jihatidan bir so‘zga teng, ajralmas holatga kelib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so‘zlarni hokim yoki tobe birliklarga ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo‘l (so‘z birikmasi) – oq yo‘l (ibora, ya’ni omon-eson borib kelishni tilash). So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarni almashtirish mumkin, iboradagi so‘zlarni esa almashtirish mumkin emas: maktabga bormoq – teatrga bormoq (so‘z birikmalari); ko‘zi to‘rt bo‘lib kutmoq (ko‘zi besh bo‘lib kutmoq deb almashtirib bo‘lmaydi). Ba’zan gap tarkibida so‘z birikmasi va iboralar shakliy jihatdan teng kelib qolishi mumkin, bunda so‘z birikmasi o‘z ma’nosida, ibora esa ko‘chma ma’noda keladi: oyoq tiramoq: U devorga oyog‘ini tirab (so‘z birikmasi)arqonni tortdi – Mening gapimga ko‘nmay, oyog‘ini tirab (ibora) turib oldi.
Sintagma fonetik hodisa bo‘lib, unda ikki so‘z o‘zaro birikkanda mazmun yetakchi hisoblanmaydi, bitta mustaqil yoki bitta yordamchi so‘z ham sintagmani tashkil etishi mumkin yoxud bir so‘zning o‘zi ham sintagmani tashkil etishi mumkin. So‘z birikmasi esa eng kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi: – Bu kitoblar kim uchun olindi? – Men uchun emas, ukam uchun (ikkinchi gapda ikkita sintagma mavjud bo‘lib, ular bitta mustaqil, bitta yordamchi so‘zlardan tashkil topgan: men uchun, ukam uchun).
Gap fikr, tasdiq yoki inkor hukmni bildirib, tugallangan ohang bilan aytiladi: Ko‘cha katta. So‘z birikmasi esa atash ohangi bilan aytiladi: katta ko‘cha. Gap bitta so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin va u kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllangan bo‘ladi, so‘z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi: Nahor (gap). Atrof yam-yashil libosga (so‘z birikishi) burkangan. Shu xususiyatlari bilan ular o‘zaro farqlanadi.


Talaffuz va ohang

Talaffuzda ohang muhim o‘rin tutadi. Ohang vositasida so‘z birikmalari va gap, uning bo‘laklari farq qilinadi: Yangiyo‘l (ot, atoqli ot) — yangi yo‘l (so‘z birikmasi). Gap bo‘laklari talaffuz qilinganda, ular orasida to‘xtam (pauza) qilinadi. Ikkita to‘xtam orasidagi nutqiy bo‘lak sintagma deb yuritiladi. To‘xtamning ko‘chishi gap mazmuniga ta’sir qiladi: 1. Mashinadan /ikki bolali ayol tushdi. 2. Mashinadan ikki /bolali ayol tushdi. 1-gapda ayol bitta, bola ikkita, 2-gapda esa ayol ikkita. Sintagmalar orasiga yozuvda ba’zan vergul qo‘yiladi, ba’zan qo‘yilmasligi ham mumkin.



Fonetik tahlil namunasi

So‘zda necha tovush va necha harf bor?
Unli va undosh tovushlar aniqlanib, ular tavsiflanadi.
Tovush o‘zgarishlari aniqlanadi.

So‘z bo‘g’inlarga ajratilib, bo‘g’in turlari aniqlanadi.
So‘zning urg‘usi aniqlanadi.
So‘z qaysi yozuv qoidasi bo‘yicha yozilgan?

Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish