37-DARS
1-mashq.Ergash so‘z va bosh so’zning birikish usullarini aniqlang.
O’quvchilarning to’rttasi, Bolalarning har biri, Asalday shirin, Qoshiq bilan yedim, Ipakday mayin, Farg’ona ko’chalari, Gazeta o’qish, Mehr va oqibat, Hayot go’zal, Talabalarning to’rttasi, Qalam bilan yozdim,Andijon bog’lari, Tonggi xabarlar, Direktor kabineti, Piyoz kavlash, Dars tugadi, Shahar hamda qishloqlar, Xo’roz qichqirishi, Buvim bilan bobom, Baxt haqida kuylamoq, Boshqaruvni yo’qotmoq, Havo issiq, Avtobus bekati, Yorug’ xona, Jiyda qoqdim, Qaradi-yu, indamadi, Zimdan kuzatdim, Tarvuz uzmoq, To’satdan paydo bo’ldi, Xolis niyat, Hamma uchun foydali.
2-mashq.Bosh so’zning nima bilan ifodalanganligini aniqlang.
Ahmadning daftari, talabalarning har biri, mashinada terish, ipakday mayin, usta-xonada ishlab, hikoyani o’qigan, o’qday tez, qahramonlarning to’rttasi, yolg’on gapirmoq, tortinib gapirish, ota-onalarning hammasi, tog’dan baland, yaxshi niyat, qopda oz, ukamda bisyor, itning vov-vovi, uyda bor, futbolchilarning ikkitasi, sekin yurmoq, havo salqin, anorday qizil, ukamning dodi, ertalab kelish, musht bilan urdim, kitobni varaqlab, a’lochi o’quvchi, kitob hamda daftar.
3-mashq.Ergash so’z qaysi gap bo’lagi bo’lib kelishiga ko’ra so’z birikmasining turini aniqlang.
Telpakni otmoq, tramvay izi, sovuq shamol, yayov yurmoq, hikoya o’qidim, g’o’za bargi, shaftoli yeyish, dalada ishlash, sayr haqida suhbat, gul hidi, sekin gapirmoq, zavq bilan o’qimoq, choy ichmoq, yangi ro’mol, terilgan paxta, oyim bilan bordim, qushning qanoti, sekin gapirmoq.
VAZIFA
4-mashq.So’z birikmasi turlarini aniqlang.
Namuna:hikoyani o’qidim – boshqaruvli, fe’lli birikma, fe’l bilan, to’ldiruvchili birikma.
Ko’m-ko’k suvlar, yoqimli shabada, vazifani bajargan, sinfda a’lochi, mehmonga bormoq, ojizlarning barchasi, topshiriqni bajardim, o’ylab gapirish, tonggi gazeta, opamning oh-vohi, daftarning ikkitasi, dugonasinikiga borgan, uyda kam, o’qdan tez, qahramonlarning ikkitasi, multfilmni ko’rib, unda ancha, sizning uy, bizning o’rtoq, velosipedga ergashib, ishdan kelgan, katta maktab, bog’da mo’l,ko’m-ko’k yaproqlar, musiqani eshitib, uydan kelmoq, bog’da ishladim, mendan uzoqda, uyni supurdim, bog’chaga bordim.
5-mashq.
1. Baxt yalqovga begona. 2. Betashvish bosh qayda, mehnatsiz osh qayda? 3. Boy boyga boqar, suv soyga oqar. 4. Bugun yo‘lda chiroyli qizni ko‘rib qoldim. 5. Unutilish bilan nodir asarlar o‘lmaydi. 6. Yozuvchining yolg‘oni va laganbardorligi tuturuqsiz kitobning umrini uzaytira olmaydi. 7. Kishilarga ulardan avvalroq salom berishga shoshil, bu ulug‘ kishilarning fazilatlaridan. 8. Bu gapni men aytyapman-u, lekin fikrim boshqada. 9. Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, uni hatto hasadchilar ham maqtashga majbur bo‘ladilar. 10. Uquvsiz insonga qattiqqo‘llik bilan bilim yo hunar o‘rgatib bo‘lmaydi. 11. Odamlarni bir-biridan ajratadigan so‘zni aytishdan saqlaning. 12. Derazaning ochiq tabaqasidan kirayotgan mayin shamol darpardani xomiishgina silkitardi. 13. Tilda xalqning bor-yo‘g‘i, uning vatani butkul gavdalanadi. 14. Bema’ni fikrlar har kimda ham bo‘ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi. 15. Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning eng muhim vositasidir. 16. U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap va qaysargina bir bola edi. 17. G‘ulomjon tabiatan quvnoq, sho‘x yigit edi. 18. Shoir do‘stlikni ulug‘lab ko‘plab she’rlar bitgan. 19. Qollarining keskin harakati bilan xalqqa tinchlanishni buyurdi. 20. Bahor har kimga har xil ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |