Oila huquqi



Download 55,5 Kb.
Sana19.06.2021
Hajmi55,5 Kb.
#70429
Bog'liq
Oila huquqi kazus


Oila huquqi

Kazus


48. 10 yil birga yashaganlaridan so`ng er-xotin Meredovalar nikohdan sud tartibida ajrashdilar. Ularning to`rt nafar voyaga yetmagan bolalari bo`lib, ulardan ikkitasi erda va ikkitasi xotinda qolgan.

Er bilan qolgan farzandlari Madina va Muxtorlar o`zlarining bobo va buvilarini sog`inganliklarini va ular bilan ko`rishish ishtiyoqida ekanligini otasiga aytganida, otasi bunga e`tiroz bildirib, ular bundan keyin hech qachon bobo va buvilari bilan uchrashmasliklarini aytdi. Shundan so`ng sobiq er-xotinlar o`rtasida bolaning ota-onasi va boshqa qarindoshlari bilan ko`rishib turishi xususida nizo kelib chiqdi.



Vazi yatga huquqiy baho bering.

Biz yuqoridagi kazusning yechimini topishimiz uchun dastlab bir qancha muam moli vaziyatlarni aniqlab olishimiz lozim.

Birinchidan, Ota-onaning nikohdan ajrashishi bolaning yaqin qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ta`sir qiladimi.

Ikkinchidan, Madina va Muxtorning otasi farzandlarini onasi bilan ko`rishishish huquqiga ularning otasi e`troz bildirishga haqlimi.

Uchinchidan, Agar ota-ona (ulardan biri) qarindoshlarning bola bilan ko`rishishiga imkoniyat bermasalar qonunchiligimizda qanday choralar mavjud.

Barchamizga ma`lumki, oila muqaddas dargoh hisoblanadi va jamiyatning negizini tashkil etadi. Qolaversa, oilaviy munosabatlarda ota-ona va bolalarning alohida huquq va majburiyatlari mavjud bo`lib, mazkur huquq va majburiyatlar Oila kodeksi bilan tartibga solinadi.

Bizga berilgan kazus ham bevosita ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning huquq va majburiyatlari bilan bog`liq bo`lib, Oila kodeksi doirasida hal etiladigan nizo hisoblanadi.

Dastlab, birinchi muammoni yoritib oladigan bo`lsak, Oila kodeksining


66-moddasi 1-qismiga ko`ra, bola ota-onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari,
opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajralishi, nikohning haqiqiy emas deb topilishi yoki ota-onaning
boshqa-boshqa yashashi bolaning huquqlariga ta`sir qilmaydi. Demak, ushbu normadan ko`rinib turibdiki, ota-onaning nikohdan ajrashishi bolaning yaqin qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ta`sir qilmaydi. Mazkur normaga asoslanadigan bo`lsak, Madina va Muxtorning ota-onalarining nikohdan ajrashishi ularning bobo va buvisi bilan ko`rishish huquqiga ta`sir qilmaydi.

Shu o`rinda ikkinchi muaammoni tahlil qiladigan bo`lsak, mazkur muammoni hal etish uchun Oila kodeksining 66-moddasi 2-qismiga mirojaat qilishimiz lozim.

Ushbu moddadaning mazkur qismida ota va ona alohida yashagan holda bola ularning har biri bilan ko`rishish huquqiga egaligi, hatto ota-ona turli davlatlarda yashagani taqdirda ham bola ular bilan ko`rishish huquqiga egaligi belgilab o`tilgan. Ushbu normaga asoslanadigan bo`lsak, Madina va Muxtorning otasi farzandlarining onasi bilan ko`rishish huquqiga e`troz bildirishga haqli emas.

Endi esa so`nggi muammoga yuzlanadigan bo`lsak, mazkur muammoni hal etish uchun Oila kodeksining 77-moddasini ko`rib o`tshimiz maqsadga muvofiqdir. Mazkur moddada ta`kidlanishicha, bobo, buvi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlar bola bilan ko`rishib turish huquqiga ega.

Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko`rishishiga imkoniyat bermasalar, vasiylik va homiylik organi ota-onani (ulardan birini) bunday imkoniyat berishga majbur qilishi mumkin.

Agar ota-ona (ulardan biri) vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolaning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bola bilan ko`rishib turishga to`sqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida da`vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

Sudning hal qiluv qarori bajarilmagan taqdirda aybdor ota (ona)ga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar qo`llaniladi.

Biz mazkur normaga asoslanadigan bo`lsak, Madina va Muxtorning bobosi, buvisi, aka-uka, opa-singil va boshqa yaqin qarindoshlari ular bilan ko`rishib turish huquqiga ega. Agar ularning otasi qarindoshlarining Madina va Muxtor bilan ko`rishishiga imkoniyat bermasa, vasiylik va homiylik organi ularning otasini bunday imkoniyat berishga majbur qilishga haqli.

Agar ularning otasi vasiylik va homiylik organining qarorini bajarmasa, bolalarning yaqin qarindoshlari yoki vasiylik va homiylik organi bolalar bilan ko`rishib turishga to`sqinlik qiluvchi hollarni bartaraf qilish haqida da`vo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud bolaning manfaatlarini va bolaning fikrini hisobga olgan holda nizoni hal qiladi.

Yuqoridagilardan xulosa qiladigan bo`lsak, voyaga yetmagan farzandlar Madina va Muxtor O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 66-moddasiga muvofiq, otasi, onasi, bobosi, buvisi, aka-ukalari, opa-singillari va boshqa qarindoshlari bilan ko`rishish huquqiga ega. Ota-onasining nikohdan ajrashishi esa farzandlarning mazkur huquqlariga ta`sir qilmaydi. Oila kodeksining


77-moddasiga muvofiq, Ota-ona (ulardan biri) yaqin qarindoshlarning bola bilan ko`rishishiga imkoniyat yaratib berishga majburdir.
45. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan mahrum qiladi. Shunday bo`lsada, ota-onalik huquqidan mahrum qilish ota-onani o`z bolasiga ta`minot berish majburiyatidan ozod qilmaydi. Muhokama qiling.

Hozirgi kunda jamiyatimiz rivojlanib borgan sari davlatimizda bolalarning ham huquqlari rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda. Shu o`rinda bizga berilgan savolni muhokama qiladigan bo`lsak, Oila kodeksining 81-moddasida ota-onalik huquqidan mahrum qilish oqibatlari berib o`tilgan bo`lib, unda ta`kidlanishicha, ota-onalik huquqidan mahrum qilingan ota-ona qaysi bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo`lsa, shu bolaga nisbatan bo`lgan qarindoshlik faktiga asoslangan barcha huquqlardan, shu jumladan undan ta`minot olish, shuningdek bolali fuqarolar uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va nafaqalar olish huquqlaridan mahrum bo`ladi.

Bundan tashqari, ushbu moddaning 2-qismida ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani o`z bolasiga ta`minot berishidan ozod qilmasligi ham alohida ta`kidlab o`tilgan. Biz bilamizki, bolaning ta`minoti bu bolaning iste`moli uchun oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turli xil o`yinchoqlar, jismoniy tarbiya mashg`ulotlari bilan shug`ullanish chog`ida kerak bo`ladigan buyumlar, o`quv qurollari xarid qilish va boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Ushbu normaga asoslanadigan bo`lsak, ota-ona, bolaga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilinsa ham ularga ta`minot berish huquqidan ozod qilinmaydi.

Ota-onasi (ulardan biri) o`ziga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bola, agar u farzandlikka olingan bo`lmasa, mazkur moddaning 4-qismiga muvofiq, o`zida bir qancha huquqlarni saqlab qoladi va ular quyidagilardan iborat:



  • turar joyga bo`lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqi

  • ota (ona)si va boshqa qon-qarindoshlari bilan tug`ishganlik faktiga asoslangan barcha mulkiy huquqlarini, jumladan meros olish huquqini saqlab qoladi.

Bundan tashqari, ushbu moddaning 5-qismiga ko`ra, bolani ota yoki onasiga berishning imkoniyati bo`lmagan yoki ota-onaning har ikkalasi ham ota-onalik huquqidan mahrum qilingan taqdirda, bola vasiylik va homiylik organining qaramog`iga olib berilishi belgilab o`tilgan.

Ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganda bolani farzandlikka olishga ota-ona (ulardan biri) ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi to`g`risidagi sudning hal qiluv qarori chiqarilgan kundan keyin kamida olti oy o`tgach yo`l qo`yiladi.

88. Tug`ilish qayd etilganidan keyin otalik belgilanishi munosabati bilan o`zgartishlar kiritiladi. Muhokama qiling.

Biz bu savolni muhokama qilishdan avval, tug`lishni qayd etish tartibi va muddatlarini muhokama qilib olishimiz maqsadga muvofiqdir. Tug`ilishni qayd etish tartibi va muddati oila kodeksining 205-moddasida belgilangan bo`lib, unga ko`ra, bolalarning tug`ilishini qayd etish majburiy bo`lib, bolalar tug`ilgan joydagi yoki ota-onadan birining doimiy yashash joyidagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida bir oy muddat ichida amalga oshirilishi lozim.

Shu o`rinda tug`ilishni qayd etish uchun taqdim qilinadigan hujjatlarga aniqlik kiritib o`tadigan bo`lsak, Oila kodeksining 206-moddasiga binoan, bolaning tug`ilishi uning tug`ilganligi haqidagi tibbiy ma`lumotnoma, ota-onaning

oilaviy holati va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi.

O`zaro nikohda bo`lgan ota va onadan birining arizasiga ko`ra tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftarida ular bolaning ota-onasi deb yoziladi.

Agar ota-ona o`zaro nikohda bo`lmasalar, bolaning onasi to`g`risidagi yozuv onaning arizasiga ko`ra, otasi to`g`risidagi yozuv esa, bolaning otasi va onasining birgalikdagi arizasi bo`yicha yoxud sudning hal qiluv qaroriga asosan yoziladi. Ona vafot etgan yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoxud onalik huquqidan mahrum etilganda, shuningdek onaning qaerda ekanligini aniqlash mumkin bo`lmaganda ota to`g`risidagi yozuv otaning arizasiga ko`ra vasiylik va homiylik organining roziligi bilan yoziladi.

Nikohda bo`lmagan onadan bola tug`ilganda ota-onaning birgalikdagi arizasi va otalikni belgilash to`g`risida sudning hal qiluv qarori bo`lmasa, tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftarida otaning familiyasi onaning familiyasi bo`yicha, otaga tegishli ism, otasining ismi va millati — ona ko`rsatmasi bo`yicha yoziladi.

Agar ota-onaning ikkalasi ham noma`lum bo`lsa, ota va ona haqidagi yozuvlar vasiylik va homiylik organi ko`rsatmasiga asosan yoziladi.

Nikohda bo`lgan va sun`iy homila hosil qilish yoki embrionni ko`chirishga yozma rozilik bergan shaxslarda shu usullarni qo`llashi natijasida bola tug`ilsa, tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftariga ular shu bolaning ota-onasi deb yoziladi.

O`zaro nikohda bo`lgan va boshqa ayolga homilani rivojlantirish maqsadida embrionni ko`chirishga yozma rozilik bergan shaxslar bolani tuqqan ayolning (qondosh onaning) roziligi bilangina bolaning ota-onasi deb yozilishi mumkin.

Bundan tashqari, tug`ilishni qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash ham muhim hisoblanadi. Ushbu kodeksning 208-moddasiga ko`ra, Agar ota-ona bolaning tug`ilishini qayd etish bilan bir vaqtda otalikni belgilash haqida birgalikda ariza bersalar, ota haqidagi ma`lumotlar berilgan ariza asosida yoziladi, bolaga familiya ota-onaning kelishuviga binoan beriladi.

Endi esa tug`ilish qayd etilganidan keyin otalik belgilanishi munosabati bilan o`zgartishlar kiritish masalasiga to`xtaladigan bo`lsak, ushbu masala Oila kodeksining 209-moddasiga berib o`tilgan. Unga ko`ra, ota-onaning arizasi, sudning hal qiluv qarori, otaning arizasiga asosan (ona vafot etganda, uning turar joyini aniqlashning imkoniyati bo`lmaganda, muomalaga layoqatsiz deb topilganda, onalik huquqidan mahrum qilinganda) tug`ilish dalolatnomasi yozilgan



joyda tug`ilish to`g`risidagi yozuvlar daftariga ota to`g`risidagi ma`lumotlarni kiritish yo`li bilan otalik belgilanadi.
Download 55,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish