3-1 TUR 21-Guruh talabasi Chipo’latov Behruz
Kurs ishining asl mohiyati…..
I BOB. O`ZBEKISTONDA DINIY TURIZMNING IMKONIYATLARI
1.1. Diniy turizmning mohiyati
1.2. Ziyorat turizmi tushunchasi va uni rivojlantirish yo`llar
1.3. Buxoro viloyatidagi yetti buyuk avliyo pirlarni ziyoratgohlariga ekskursiya
xizmatini tashkil etish
II BOB. O`zbekistondagi diniy turizmga aloqador ziyotatgohlar
2.1. Aziz va muqaddas ziyoratgohlar
2.2. Musulmonlarning ziyorat markazlari
2.3. O’zbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish yo’lla
Diniy turizm mohiyati…. Ma’lumki, turistik resurslarning turlari ko’p bo’lib, sayohatdan maqsad asosan tanishuv, dam olish va sog’lomlashtirish, sog’liqni tiklash va sport hamda diniy ziyorat va boshqa maqsadlarni ko’zda tutadi. Turizmning qadimiy va aktiv turlaridan biri bu diniy turizm hisoblanadi. Mazkur tarmoqning geografiyasi nazar tashlaydigan bo’lsak, jahonning turli mamlakat, mintaqalarida diniy turistik resurslar turlicha ta’minlangan. Ayni paytda esa hamma joyda ham diniy turistik obyektlar mavjud emas. Binobarin, jahon miqiyosidagi, ya’ni dunyo dinlari hisoblangan xristianlik, islom va buddizm hamda mahalliy dinlarga yer shari aholisi e’tiqod qiladi. Diniy ziyorat maqsadida sayohatlar qadimdan rivojlangan, xatto hozirgi kundagi eng aktiv “turmigrsiya” hisoblanadi.
Bugungi kunda Yetti pirning muqaddas qadamjolarini yanada obod qilishga qaratilgan ishlar avjida. Ularning maqbaralari qayta ta’mirlanib, atrofi ko‘kalamzorlashtirilyapti, viloyatning iqlim sharoitiga mos manzarali daraxtlar, noyob gullar o‘stirilmoqda. Sayyohlar uchun mazkur hududlarda mehmonxonalar,
choyxonalar, savdo majmualari, avtoturargohlar barpo etilyapti. Ziyoratgohlarni o‘zaro bog‘laydigan yo‘llar rekonstruksiya qilinib, zamonaviy infratuzilma shakllantirilayotir. Muhtasham madaniy obyektlar qurilib, transport-logistika, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari yaxshilanmoqda
Yarim asrdan so‘ng ushalgan orzu Bugungi kunda Buxorodagi tabarruk
majmualarga yurtdoshlarimizdan tashqari, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Eron hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan
ziyoratchilar kelmoqda. Ular O‘rta asrlarda “Qubbat ul-islom” — “Islom dinining gumbazi” deb ta’riflangan bu muborak maskanda bugun ham diniy ta’lim muassasalari qizg‘in faoliyat yuritayotgani, musulmon axloqi va madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor berilayotganidan mamnun.
O'zbekistonning diniy turizm salohiyati
O‘zbekistonda turizm sohasidagi mavjud imkoniyatlarini, shu jumladan, ziyorat turizmi salohiyatini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish bilan bog‘liq islohatlar davom etmoqda.
O'zbekistonda Islom dunyosining eng qimmatbaho Qur'oni karim namunalaridan biri - Xalifa Usmon Qur'on kitobi saqlanuvchi Hazrati Imom majmuasi, Al-Buxoriy maqbarasi, Naqshbandiyya tariqati izdoshlari qabrlari va shu kabi ko‘plab boshqa diniy markazlar mavjud. Xususan, musulmon sayyohlarda Buxorodagi qadamjolar orasida yetti pir ziyoratgohlariga qiziqish katta.
O‘zbekiston qadimdan boy ma’naviy-tarixiy merosi, rivojlanib borayotgan
turizm salohiyati bilan xorijdagi mamlakatlarda tobora katta qiziqish uyg‘otmoqda.
O'zbekistonda Islom dunyosining eng qimmatbaho Qur'oni karim namunalaridan biri - Xalifa Usmon Qur'on kitobi saqlanuvchi Hazrati Imom majmuasi, Al-Buxoriy maqbarasi, Naqshbandiyya tariqati izdoshlari qabrlari va shu kabi ko‘plab boshqa diniy markazlar mavjud. Xususan, musulmon sayyohlarda Buxorodagi qadamjolar orasida yetti pir ziyoratgohlariga qiziqish katta
“Ziyorat turizmi” deganda turli din namoyandalarining ziyorat qilish
maqsadida amalga oshirilgan sayohatlaridir.
Ziyorat – dindorlarning e’tiqod qiladigan diniga taalluqli bo’lgan muqaddas
joylarga orib ibodat va sajda qilishga intilishlaridir.
Ziyoratni amalga oshirishga olib keladigan quyidagi sabablarni ajratish
mumkin:
- ruhiy va jismoniy illatlardan xoli bo’lish istagi;
- yaqinlar va qarindoshlar haqqiga ibodat qilish;
- xudoning marhamatiga erishmoq;
- tangriga xush keladigan amalni qilish;
- gunohlardan forig’ bo’lish;
- tangri tomonidan uzatilgan ne’matlarga shukronalar aytish;
- o’z diniga sodiqligini nomoyon qilish; - din yo’lida riyozat chekishlik
(fidokorlik); - hayot mazmunini anglash.
O‘zbekistonda xalqaro turizmni rivojlantirishda
ziyorat turizmining ham katta imkoniyatlari mavjud bo‘lib, bu borada
yurtboshimiz tomonidan Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “kichik haj” dasturini rivojiantirish va jadallashtirish zarur ekanligi ta’kidlab o‘tildi va bu borada ishlar jadal amalga oshirilmoqda
Naqshband va boshqa tasavvuf ahli namoyandalari Abduxoliq G’ijduvoniy,
Xo’ja, Orif Revgariy, Xo’ja Mahmud Anjir Fag’naviy, Xo’ja Ali Romitaniy, Xo’ja ,Muhammad Boboi Samosiy, Sayyid Mir Kulol
“Yetti Pir” ziyoratgohi:
Do'stlaringiz bilan baham: |