Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qovurg‘alararo venalar oldinda ko‘krak ichi venalariga, orqada esa, o‘ng
tomondagilari toq venaga, chap tomondagilari – yarim toq venaga quyiladi.
Limfa tomirlari qon tomirlar bilan birga boradi va oldinda parasternal limfa
tugunlariga, orqada umurtqa atrofi (orqa qovurg‘alararo) limfa tugunlariga quyiladi.
Qovurg‘alararo nervlar ko‘krak orqa-miya nervlarining oldingi shoxlari
bo‘lib, arteriya va venadan pastda yotadi. Bu nervlarining pastki 6 tasi qorinning
old-yon devoriga o‘tib, epigastral va mezogastral sohalarni innervatsiyalaydi.
Qovurg‘alararo nervlarning umurtqa pog‘onasiga yaqin qismlarini plevradan faqat-
gina yupqa ko‘krak ichi fassiyasi va paraplevral kletchatka ajratib turganligi sabab-
li, plevra kasalliklarida (plevritda) patologik jarayonning nervlarga o‘tishi oqibati-
da qorin devorida og‘riq hamda muskullarning taranglashuvi kuzatiladi (xuddi peri-
tonitdagi kabi).
Ko‘krakning ko‘ndalang musku-
li (m.transversus thoracis) bir nechta
tutam ko‘rinishida to‘sh ichki yuzasi-
ning pastki qismi va xanjarsimon
o‘siqdan boshlanib, II-VI qovurg‘a
tog‘aylariga yopishadi (117-rasm).
Ko‘krak devorining ichki yuza-
sini ko‘krak ichi fassiyasi (fascia en-
dothoracica) qoplaydi. Undan ko‘ks
oralig‘iga sagittal tekislik bo‘ylab
yo‘nalgan varaqlar ketadi. Bu fassiya
bilan ko‘krak devori orasida ko‘krak-
ning devoriy (pariyetal) kletchatkasi
joylashgan.
Pariyetal kletchatkaning pariy-
etal plevrani qoplovchi qismini para-
plevral kletchatka, to‘sh suyagi orqa-
sidagi qismini to‘sh orti (Rudnev) kletchatkasi, umurtqa pog‘onasi atrofidagi qismi-
ni umurtqa oldi kletchatkasi deb yuritiladi. Ular bir-biridan fastsial to‘siqlar vosi-
tasida chegaralangan. To‘sh orti va umurtqa oldi kletchatkalari ko‘ks oralig‘i
kletchatkalarining bir qismi hisoblanadi.
Pariyetal kletchatka umurtqa pog‘onasi atrofida qalin bo‘lib, oldinga tomon
yupqalashib boradi. Oldinda, to‘sh suyagining ikki chetida kletchatka bo‘ylab
117-rasm. To‘sh sohasining
ko‘krak bo‘shlig‘i tomonidan
ko‘rinishi.
1 - ko‘krak ichi arteriyasi va
venasi; 2 - ko‘krak ko‘ndalang
muskulining tutamlari; 3 -
limfa tuguni.


175
ko‘krak ichi arteriyasi (a.thoracica interna)  joylashgan (118- va 119-rasmlar).
Ko‘krak ichi arteriyasi I qovurg‘a to‘g‘risida o‘mrov osti arteriyasidan boshla-
nadi. II qovurg‘a sathida ko‘krak devorining ichki yuzasiga yaqin keladi, so‘ngra
to‘sh suyagining chekkasi bo‘ylab yoki undan 0,5-2 sm masofada pastga qarab
yo‘naladi. III qovurg‘a tog‘ayigacha arteriya ichki qovurg‘alararo muskul (va II-III
qovurg‘alarning ichki yuzalari) bilan ko‘krak ichi fassiyasi orasida, III qovurg‘adan
pastda esa ichki qovurg‘alararo muskul bilan ko‘krakning ko‘ndalang muskuli
orasidan o‘tadi. O‘ng va chap arteriyalar orasida bir nechta anastomozlar bor.
VI-VII qovurg‘a sathida ko‘krak ichi arteriyasidan perikard-diafragma ar-
teriyasi (a.pericardiacophrenica) boshlanadi. Mazkur arteriya boshlangan joydan
pastroqda ko‘krak ichi arteriyalarini bog‘lab qo‘yish operatsiyasi yurakning
ishemik kasalligida qo‘llanadi.
118-rasm. 
Vasa
thoracica
interna
topografiyasi. Gavda oldingi
devorining bir qismi kesib tashlangan.
1–
m

sternocleidomastoideus
; 2–
fascia
endothoracica
; 3–
m

trapezius
; 4–
m

coracobrachialis
; 5–
m

deltoideus
; 6–
m

biceps
brachii
; 7–
caput
longum
m

tricipitis
; 8–
m

teres
major
; 9–
mm

intercostales
interni
; 10–
mm
.
intercostales
externi
; 11–
m

latissimus
dorsi
; 12–
m

pectoralis
minor
; 13–
m

serratus
anterior
; 14, 23–
m

rectus
abdominis
; 15–qorin to‘g‘ri muskuli
g‘ilofining orqa devori; 16, 20–
vasa
epigastrica
superior
; 17–
aponeurosus
m

transversi
abdominis
; 18–
a

lumbalis
; 19–
m

obliquus
internus
abdominis
;
21–
m

obliquus
externus
abdominis
; 22–
aa

et
nn

intercostales
VIII
et
IX
;
24–
m

transversus
thoracis
; 25–
a

et
vv

thoracicae
internae
(
mammariae
internae
); 26–
nodi
lymphatici
sternales
; 27–
a
.
et
v
.
thoracica
interna
; 28–
m

pectoralis
major
; 29–
v

brachiocephalica
(
v

anonyma

BNA

dextra
.


176
Bundan tashqari, arteriyadan ko‘krak devori va sut beziga – rr.perforantes,
perikard, oldingi ko‘ks oralig‘i va ayrisimon bezga orqa shoxlar boradi.
Ko‘krak ichi arteriyasini shu nomdagi 1-2 ta vena kuzatib boradi; ularning
atrofida esa parasternal limfa tugunlari joylashgan. Chap tomondagilardan limfa
chap o‘mrov poyasiga yoki ko‘krak limfa yo‘lining ravog‘iga, o‘ngdagilaridan
esa o‘ng o‘mrov osti limfa poyasiga, kamroq hollarda oldingi ko‘ks oralig‘i limfa
tugunlariga quyiladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish