Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Pariyetal plevra bir bo‘limining boshqa bo‘limiga o‘tish joyining ko‘krak devoridagi aks-tasvir chizig‘i plevra chegarasi



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

180
Pariyetal plevra bir bo‘limining boshqa bo‘limiga o‘tish joyining ko‘krak
devoridagi aks-tasvir chizig‘i plevra chegarasi deb nomlangan. Har bir plevra-
ning oldingi, pastki va orqa chegaralari tafovut etiladi. O‘ng va chap plevra che-
garalarining joylashuvi bir-biridan (ayniqsa, oldinda) farq qiladi.
Oldingi chegaralar (qovurg‘a plevrasining ko‘ks oralig‘i plevrasiga o‘tish
chizig‘i) o‘mrov suyagidan 1-4 sm teparoqda yoki I qovurg‘a bo‘yinchasining
sathida joylashgan plevra gumbazlaridan boshlanadi (121–rasm). O‘ng tomondagisi
gumbaz bo‘ylab pastga va medial tomonga yo‘nalib, o‘ng o‘mrov-to‘sh bo‘g‘imini
kesib o‘tadi va to‘sh suyagi dastasining orqa yuzasi bo‘ylab o‘rta chiziq tomonga
qiyalab yo‘nalishini davom ettiradi. II qovurg‘a sathida o‘rta chiziqqa yetib yoki
undan chap tomonga o‘tib vertikal yo‘nalishda pastga, VI qovurg‘a sathigacha
davom etadi va qayrilib pastki chegaraga o‘tadi.
121-rasm. Plevralarning oldingi
chegaralari. 
(Plevralarning
chegaralari uzluksiz qora chiziq
bilan, o‘pkalarning chegaralari
va bo‘laklararo egatlar uzuq
chiziqlar bilan ifodalangan).
1–o‘pka cho‘qqisi;
2–perikardning plevra bilan
qoplangan yuzasi;
3–chap o‘pkaning pastki qirg‘og‘i;
4–plevraning chap qovurg‘
a-diafragma sinusi;
5–chap plevraning pastki
chegarasi;
6 - perikardning plevra bilan
qoplanmagan yuzasi; 7–o‘ng plevraning pastki chegarasi; 8–plevraning
o‘ng qovurg‘a-diafragma sinusi; 9–o‘ng o‘pkaning pastki qirg‘og‘i.
Chap oldingi chegara ham plevra gumbazidan to‘sh dastasining orqasiga I
qovurg‘agacha qiyalab boradi, so‘ngra vertikal yo‘nalishda o‘rta chiziq yaqinida
IV qovurg‘agacha tushadi va bu yerdan chap tomonga keskin (yurak o‘yig‘iga
mos holda) burilib, pastga hamda lateral tomonga V qovurg‘a tog‘ayini kesib o‘tib,
VI qovurg‘a tog‘ayining o‘rtasiga boradi. Shunday qilib, II-IV qovurg‘alar sathi-
da chap va o‘ng oldingi chegara bir-biriga juda yaqin keladi; ba’zan bir-birini
qoplashi ham mumkin. Bu joy, ko‘pincha o‘rta chiziq bo‘ylab yoki undan chapro-
qda joylashadi. II qovurg‘adan yuqorida to‘sh dastasi orqasida hamda IV
qovurg‘adan pastda, to‘sh suyagi pastki bo‘lagining va chapdagi V-VI qovurg‘a
tog‘aylarining orqasida plevra chegaralari bir-biridan uzoqlashganligi sababli, mos
ravishda uchburchak shaklidagi yuqorigi va pastki plevralararo maydonchalar
(areae interpleurales superior et inferior) hosil bo‘ladi. Yuqorigi plevralararo may-
donchada bolalarda ayrisimon bez, katta yoshdagilarda yog‘ kletchatkasi joylash-
gan bo‘ladi.
Pastki plevralararo maydonchani perikardning to‘sh-qovurg‘a qismi qoplab
turadi (Voynich-Syanojenskiy xavfsizlik uchburchagi). Ba’zan chap va o‘ng old-


181
ingi chegaralarning bir-biriga yaqin kelishi natijasida bu maydoncha bo‘lmasligi
ham mumkin. Shu sababli bu yerda perikardni punksiya qilayotganda plevrani
shikastlab qo‘yish xavfi bo‘lganligi uchun ham punksiyani epigastral soha orqali
amalga oshirish tavsiya etiladi.
Plevraning pastki chegaralari parasternal chiziqlar bo‘ylab VI qovurg‘a
tog‘ayida, o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘ylab VII qovurg‘ada, o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i
bo‘ylab X qovurg‘ada, kurak chizig‘i bo‘ylab XI qovurg‘a tagida, paravertebral
chiziq bo‘ylab XII qovurg‘ada yotadi. Umurtqa pog‘onasiga yaqinlashgan sari
pastki chegara XII qovurg‘ani kesib o‘tadi. Buyrakka operativ ochib kirish payti-
da, shu sababli, plevra bo‘shlig‘ini ochib yuborish xavfi mavjud.
Chap plevraning orqa chegarasi qovurg‘a-umurtqa bo‘g‘imlarini tutashtiruv-
chi tikka chiziq bo‘ylab aniqlanadi, o‘ng plevraning orqa chegarasi esa umurtqa
pog‘onasining oldingi yuzasida, ko‘pincha o‘rta chiziq bo‘ylab boradi (122-rasm).
Plevra gumbazi plevraning ko‘krak qafasi yuqori aperturasidan bo‘yinga
chiqib turgan qismi bo‘lib, uzun va tor ko‘krak qafasida 4 sm gacha yetuvchi
konus shaklida, qisqa va keng ko‘krak qafasida hamda bolalarda 1-2,5 sm li ya-
rim shar shaklida bo‘ladi. Plevra gumbazi 3 ta boylam yordamida fiksatsiyalana-
di: 1) lig.pleura transversum -VI-VII bo‘yin umurtqalari ko‘ndalang o‘siqlaridan
boshlanib, gumbazga birikadi; 2) lig.vertebro-pleurale – I ko‘krak umurtqasi ta-
nasidan boshlanib, plevraga birikadi; 3) lig. costopleurale – I qovurg‘a
bo‘yinchasidan boshlanib, plevraga birikadi. Yuqori torakoplastika operatsiyasi
paytida ushbu boylamlarni kesib, keyingina plevra gumbazini ajratish mumkin
(123-rasm).
Pariyetal plevraning bir qismi boshqa bir qismiga o‘tish joyida plevra
bo‘shlig‘ida cho‘ntak shaklidagi sinuslar hosil bo‘ladi. Har bir plevra xaltasida 4
tadan sinus bor.
1. Qovurg‘a-diafragma sinusi (sinus costodiaphragmaticus) eng chuqur va
katta sinus bo‘lib, qovurg‘a plevrasining diafragma plevrasiga o‘tishidan hosil
122-rasm. Plevraning
orqa chegaralari.
1-6–o‘pkalarining pastki
qirg‘oqlari; 2-5–qovurg‘a-
diafragma sinuslari;
3-4–plevralaraning pastki
chegaralari; 7- o‘pka
cho‘qqisi


182
bo‘ladi. Bu sinus umurtqa pog‘onasidan to to‘sh suyagigacha yarim aylana shak-
lida cho‘zilgan bo‘lib, uning tubi plevraning pastki chegarasi hisoblanadi. Sinus-
ning tashqi devorini qovurg‘a va qovurg‘a oraliqlari, ichki devorini diafragma,
yuqori devorini o‘pkaning pastki yuzasi hosil qiladi. Qovurg‘a-diafragma sinusin-
ing tubi bilan (yuqorida) diafragmaning ko‘krak devoriga birikish chizig‘i (past-
da) oralig‘ida plevradan holi bo‘lgan, kletchatka bilan to‘lgan, balandligi 3-4 sm
bo‘lgan yoriqsimon diafragma oldi bo‘shlig‘i (spatium praediaphragmaticum) bor.
U orqali plevrani shikastlamasdan diafragma osti bo‘shlig‘iga kirish mumkin.
2. Oldingi qovurg‘a–ko‘ks oralig‘i sinusi (sinus costomediastinalis anteri-
or) qovurg‘a plevrasining to‘sh suyagi yonida ko‘ks oralig‘i plevrasiga o‘tish joy-
ida, plevraning oldingi chegaralari bo‘ylab joylashgan.
3. Orqa qovurg‘a-ko‘ks oralig‘i sinusi (sinus costomediastinalis posterior)
qovurg‘a plevrasining umurtqa pog‘onasi yonida ko‘ks oralig‘i plevrasiga
o‘tishidan hosil bo‘ladi; u plevraning orqa chegarasi bo‘ylab joylashgan.
4. Diafragma-ko‘ks oralig‘i sinusi (sinus diaphragmaticomediastinalis) sagit-
tal yo‘nalishda diafragma plevrasining ko‘ks oralig‘i plevrasiga o‘tish joyida joy-
lashgan kichik sinusdir.
Shunday qilib, sinuslar plevra bo‘shlig‘ining o‘pkalardan holi bo‘lgan
cho‘ntaksimon qismlari bo‘lib, ularning o‘lchami nafas olganda kichrayib yoki
umuman yo‘qolib, nafas chiqarganda kattalashib, o‘zgarib turadi va o‘pkalar uchun
rezerv bo‘shliq vazifasini bajaradi. Patologik holatlarda plevra sinuslarida qon,
yiring, ekssudat, limfa to‘planadi; ko‘pincha bu suyuqliklar qovurg‘a-diafragma
sinusida yig‘iladi.
Pariyetal plevrani qovurg‘alararo, ko‘krak ichi, perikard-diafragma, muskul-
diafragma va yuqori diafragma arteriyalari, visseral plevrani o‘pka va bronxial
arteriyalar qon bilan ta’minlaydi.
Vena qoni arteriyalar bilan birga boruvchi venalar orqali oqib ketadi. Visse-
ral plevradan ketuvchi bronxial venalar qizilo‘ngach va orqa ko‘ks oralig‘i ve-
nalari bilan qo‘shilib, katta va kichik qon aylanish doiralari orasidagi anastomoz-
larni hosil qiladi.
Pariyetal plevraning limfa tomirlari to‘ri visseral varaqnikiga nisbatan yax-
shi rivojlangan. Bundan tashqari, unda o‘zida limfa tomirlari kengaymalari –
lakunalarini tutuvchi tuynuklar (lyuklar) bo‘lib, bular orqali rezorbsiya (so‘rilish) jarayo-
nlari amalga oshiriladi. Nafas olganda tuynuklar keng ochiladi, nafas chiqarilgan-
da ular yopilib, limfa tomirlari orqali limfa haydaladi. Visseral plevrada limfa
tomirlar kam, qon tomirlar esa ko‘p bo‘ladi; shuning uchun unda transsudatsiya
jarayonlari amalga oshiriladi.
123-rasm. Plevra gumbazining
fiksatsiyalovchi apparati.
1-I qovurg‘a;
2-
lig

costopleurale
;
3-
lig

vertebropleurocostale
;
4-
lig

vertebropleurale
.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish