Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Qovurg‘alararo tomir-nerv tutami umurtqadan qovurg‘a burchagigacha
bo‘lgan masofada qovurg‘alararo oraliqning o‘rtasidan o‘tadi; qovurg‘a bur-
chagidan oldinga o‘tgach esa, ustki qovurg‘aning ichki yuzasida uning pastki
qirg‘og‘ida joylashgan egat bo‘ylab boradi; bu yerda u qovurg‘a bilan himoyalan-
gan (bekitilgan) bo‘ladi. O‘rta qo‘ltiq osti chizig‘idan boshlab, tomir-nerv tutami
yana qovurg‘aning pastki qirg‘og‘i ostidan chiqib keladi.
Agar ichki qovurg‘alararo muskul ikki qavatdan iborat bo‘lsa, u holda tomir-
nerv tutami yoki faqat nervning o‘zi bu ikkala qavat oralig‘idagi kletchatka bo‘ylab
yo‘naladi.
Qovurg‘alararo arteriya (pastki 8-10 jufti) orqada bevosita ko‘krak aorta-
sidan boshlaganligi sababli ancha yo‘g‘on bo‘ladi, ular orqa qovurg‘alararo ar-
teriyalar deb yuritiladi. Yuqorigi 2-4 ta qovurg‘a oralig‘iga o‘mrov osti arteriyasi-
ning shoxi bo‘lgan eng yuqori qovurg‘a oralig‘i arteriyasidan chiquvchi orqa
qovurg‘alararo arteriyalar keladi. Orqa qovurg‘alararo arteriyalar o‘rta qo‘ltiq osti
chizig‘idan oldinga o‘tgach qo‘shni qovurg‘alarning pastki va yuqori qirg‘oqlari
bo‘ylab boruvchi ikkitadan shoxga ajraladi. Bu shoxlarning yuqorigi 6-7 ta
qovurg‘a oralig‘idagilari ko‘krak ichi arteriyasidan boshlanuvchi ingichka 6-7 ta
oldingi qovurg‘alararo arteriyalar bilan anastomozlashadi. Shunday qilib, yuqori-
gi qovurg‘alararo oraliqlarda uzluksiz arterial doiralar vujudga keladi. Bu yerdagi
arteriyalar shikastlanganda ularning ikkala uchidan ham ko‘p miqdorda qon keta-
di, chunki arteriyalarning adventitsiya qavatlari qovurg‘alarning suyak usti par-
dasiga birikib ketganligi tufayli jarohatlanishlarda yopilib qolmaydi.
Orqa qovurg‘alararo arteriyalarning oldingi arteriyalar bilan anastomozlash-
116-rasm. Qovurg‘alararo
tomir va nervlarning
qovurg‘alararo oraliqning
orqa qismida joylashuvi.
Pariyetal plevra olib
tashlangan.
1-pariyetal plevra kesilgan
joy; 2-ichki qovurg‘alararo
muskul; 3 - qovurg‘alararo
arteriya; 4-qovurg‘alararo
vena; 5-simpatik chegara
poyasi.


174
may qolgan pastki 5-6 tasi qovurg‘a ravog‘ini kesib yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri (pastki 3
tasi) qorinning old-yon devoriga o‘tadi va uni qon bilan ta’minlashda ishtirok etadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish