Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


KO‘KRAK-QORIN TO‘SIG‘I ,  DIAFRAGMA



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

KO‘KRAK-QORIN TO‘SIG‘I ,  DIAFRAGMA
Diafragma (diaphragma) ko‘krakning pastki aperturasini berkitib, uning past-
ki devorini hosil qiluvchi yupqa muskul va paydan iborat bo‘lgan a’zodir.
119-rasm. Diafragma (qorin bo‘shlig‘iga qaragan yuzasi).
1-
pars
sternalis
diaphragmatis
; 2-
v

phrenica
inferior
sinistra
; 3-
truncus
vagalis
posterior
; 4-
oesophagus
; 5-
n

phrenicus
sinister
; 6-
arcus
costalis
;
7-
truncus
vagalis
anterior
; 8, 28 - 
centrum
tendineum
diaphragmatis
; 9 -
aa
., 
vv

suprarenales
superiores
; 10-
a

phrenica
inferior
sinistra
; 11-
crus
sinistrum
diaphragmatis
; 12-
truncus
coeliacus
; 13-
aorta
(
pars
abdominalis
);
14-
m

quadratus
lumborum
; 15-
m

psoas
major
; 16-
m

psoas
minor
; 17-
truncus
sympaticus
sinister
; 18-
nn

splanchnici
major
et
minor
; 19-
v
.
hemiazygos
; 20-
ductus
thoracicus
; 21-
v

azygos
; 22-
crus
dextrum
diaphragmatis
; 23-
a

phrenica
inferior
dextra
; 24-
lig

arcuatum
mediale
;
25-
lig

arcuatum
laterale
; 26-bel-qovurg‘a uchburchagi; 27-
pars
lumbalis
diaphragmatis
; 29-
v

phrenica
inferior
dextra
; 30-
pars
costalis
diaphragmatis
; 31-
n

phrenicus
dexter
; 32-
v

cava
inferior
; 33-
m

rectus
abdominis
; 34-
a
., 
v

thoracica
interna
; 35-to‘sh-qovurg‘a uchburchagi.


177
U ko‘krak va qorin bo‘shliqlari orasidagi to‘siq bo‘libgina qolmay, orga-
nizm-ning faoliyatida muhim vazifa bajaradi. Avvalo, diafragma asosiy nafas ol-
ish a’zosi hisoblanadi, u qisqarganda ko‘krak bo‘shlig‘ining barcha o‘lchamlari
kattalashadi, qorin bo‘shlig‘idagi bosim oshadi, undagi ichki a’zolarning o‘rni,
shakli va faoliyati (o‘t va siydik qoplari bo‘shalishi, ovqat moddalarining ichaklar
bo‘ylab surilishi), limfa va qon aylanishi jarayonlari o‘zgaradi. Diafragma fala-
jlanib qolsa, ushbu a’zolarning holati va faoliyati ham buziladi.
Bulardan tashqari, diafragma orqali ko‘krak va qorin bo‘shliqlariga opera-
tiv ochib kirish yo‘llari (kombinatsiyalangan kesimlar, torakofrenikolaparotomiya,
krurotomiya) amalga oshiriladi.
Diafragma gumbaz shaklida bo‘lib, qavariq yuzasi ko‘krak bo‘shlig‘iga, botiq
yuzasi qorin bo‘shlig‘iga qaragan. Shu gumbazning qubbasi, ya’ni markaz qismi
gorizontal joylashgan paydan iborat (pars tendineascentrum tendineum), chek-
ka vertikal-qiyalab joylashagan qismi ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalaridan tu-
zilgan (pars muscularis). Taqa shaklidagi pay markazi yosh bolalarda kichikroq
bo‘lib, keksalarda kattalashadi.
Diafragma o‘zining muskul tolalari bilan ko‘krak qafasining pastki apertur-
asidan boshlanadi. Uning to‘sh suyagidagi xanjarsimon o‘siqning ichki yuzasidan
boshlanuvchi ingichka va kalta bo‘lagi - to‘sh qismi, pars sternalis oldinda,
qovurg‘a ravog‘i yaqinida VII-VIII-IX-X qovurg‘alardan, yon va orqaroqda XI-
XII qovurg‘alardan boshlanuvchi bo‘lagi - bel qismi (pars lumbalis) deb ataladi.
A’zoning bel qismi diafragmaning oyoqchalari deb ataluvchi 2-3 juft ayrim tut-
amlardan iborat (119-rasm).
Medial oyoqchalar (crures mediales) III-IV bel umurtqalarining tanasidan
boshlanadi va yuqoriga ko‘tarilishda 8 raqami shaklida o‘zaro kesishib, ost-ust
joylashgan ikkita teshik hosil qiladi. Bu teshiklarning orqa-pastkisi (aortal teshik)
orqali tushuvchi aorta bilan ko‘krak limfa yo‘li, ayrim hollarda toq va yarim toq
venalar ham o‘tadi, oldingi-yuqorigisi (qizilo‘ngach teshigi) orqali qizilo‘ngach
bilan sayyor nervlar o‘tadi.
Lateral oyoqchalar (crures laterales) ancha keng bo‘lib, mpsoas majorn-
ing ustidan o‘tuvchi medial pay ravog‘i hamda belning kvadrat muskuli ustidan
o‘tuvchi lateral pay ravog‘idan boshlanadi.
Oraliq oyoqchalar (crures intermedia) ba’zi hollarda uchramasligi ham
mumkin, ular II-III bel umurtqalari tanalaridan boshlanadi.
Medial va oraliq oyoqchalar orasidagi yoriq orqali, ko‘p hollarda, toq va ya-
rim toq venalar, oraliq va lateral oyoqchalar orasidan simpatik chegara poyasi o‘tadi.
Difragmadagi yana bir teshik pay markazining o‘ng tomonidagi pastki ka-
vak vena teshigi bo‘lib, u orqali o‘tuvchi pastki kavak venaning tashqi qobig‘i shu
teshikning chetlariga birikib ketgan.
Diafragma turli qismlarining boshlanish joylarida ularni bir-biridan ajratib
turuvchi, uchburchak shaklidagi muskulsiz joylar mavjud. Chunonchi, orqada,
bel va qovurg‘a qismlari oralig‘ida turli o‘lchamdagi (asosi 2-10 sm, balandligi 2-
8 sm) o‘ng va chap bel-qovurg‘a (Boxdalek) uchburchaklari, oldinda, xanjarsi-
mon o‘siqning ikki yon tomonida o‘ng (Morgani) va chap (Larrey) to‘sh-qovurg‘a
uchburchaklari joylashgan. Oxirgilarning o‘lchami kichikroq, 2x3 sm atrofida
bo‘lib, ular orqali yuqorigi qorin usti arteriyasi o‘tadi.


178
Garchand, ko‘krak-qorin to‘sig‘i yuqoridan pastga qarab joylashgan diafrag-
ma plevrasi va perikard, plevra osti kletchatkasi, ko‘krak ichi fassiyasi (yuqori
diafragma fassiyasi), diafragma muskuli, qorin ichi fastsiyasi (pastki diafragma
fassiyasi), qorinparda oldi (orqasi) kletchatkasi, va nihoyat, qorinparda qavatlar-
dan tashkil topgan bo‘lsa ham, unda anatomik “zaif” joylar mavjud (ular orqali
diafragma churralari chiqadi). Bunday zaif joylarga difragmaning teshiklari va
uchburchak yoriqlari (ayniqsa, qizilo‘ngach teshigi bilan bel-qovurg‘a uchbur-
chaklari) kiradi. Uchburchaklar sohasida ko‘krakni qorin bo‘shlig‘idan yupqalashib
ketgan yuqorigi va pastki diafragma fassiyalarigina ajratib turganligi uchun ham
ular zaif joy hisoblanadi. Bundan tashqari, teshiklar va yoriqlar orqali plevra osti
kletchatkasi qorinparda orti kletchatkasi bilan tutashadi.
Diafragmaning qalinligi uning pay markazida 0,3 sm ni, qovurg‘a qismida
0,3-0,5 sm ni, oyoqchalari sohasida 1-1,3 sm ni tashkil etadi. Uning chap gumbazi
sathi tik turgan sog‘lom odamda, oldingi tomonda, V qovurg‘aning tepasiga, orqada
IX qovurg‘a oralig‘iga akslanadi, o‘ng gumbazi esa chapdagiga nisbatan bir
qovurg‘a oralig‘i yuqoriroqda joylashadi.
Keng va qisqa ko‘krak qafasida diafragma gumbazlari nisbatan yuqoriroqda
bo‘ladi, bolalarda esa keksalarga nisbatan yuqoriroq joylashadi.
Difragmaning qavariq yuzasiga pariyetal plevra va perikard orqali o‘pkalar
va yurakning pastki yuzalari, botiq yuzasiga o‘ng tomonda jigar, chap tomonda
oshqozon tubi va taloq, orqaroqda buyrak va buyrak usti bezlari yondoshib turadi.
Buyraklarning yuqori qutblari bel-qovurg‘a uchburchaklariga bevosita paranefral
kletchatka orqali tegib turganligi sababli, paranefritlarda yiring paraplevral kletchat-
kaga tarqalishi mumkin.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish