Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Pariyetal plevrani qovurg‘alararo va diafragma nervlari, visseral plevrani o‘pka chigali innervatsiyalaydi. O‘PKALAR



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

183
Pariyetal plevrani qovurg‘alararo va diafragma nervlari, visseral plevrani
o‘pka chigali innervatsiyalaydi.
O‘PKALAR
O‘pkalar (pulmones) noto‘g‘ri konus shaklidagi juft a’zo bo‘lib, ko‘krak
bo‘shlig‘ining 4/5 qismini egallaydi. Ularning tashqi - qavariq qovurg‘a yuzasi va
botiq shakldagi pastki - diafragma hamda ichki - ko‘ks yuzalari, shuningdek,
bo‘yinga o‘tuvchi cho‘qqilari farqlanadi. Bolalarda o‘pka cho‘qqilari yuqori
ko‘krak aperturasidan chiqib turmaydi. O‘pkaning bir yuzasidan ikkinchi yuzasi-
ga o‘tish joylari o‘pka chekkalari (qirg‘oqlari) deb ataladi. Oldingi va pastki chek-
kalar o‘tkir bo‘lib, orqa chekkasi yumaloqlangan.
O‘pkaning yuzalarida turli chuqurlikdagi egat (yoki egatlar) yoki yoriqlar
bo‘lib, ularga visseral plevra kirib turadi. O‘ng o‘pka chap o‘pkaga qaraganda
kattaroq, nisbatan kalta va keng bo‘ladi. Chap o‘pka esa nisbatan uzun va tor
bo‘lib, qiyshiq egat (sulcus obliquus) orqali yuqori va pastki bo‘laklarga bo‘linadi.
O‘ng o‘pka orqali o‘tuvchi qiyshiq hamda ko‘ndalang egatlar uni yuqori, o‘rta va
pastki bo‘laklarga bo‘ladi (124-rasm).
O‘pkalarning skeletotopiyasi. O‘pkalarning oldingi va orqa chegara-
lari garchand, plevralarnikiga nisbatan bir oz chetroqda joylashgan bo‘lsa-da, bir-
biriga mos keladi. Chap o‘pkaning oldingi chegarasi IV qovurg‘a tog‘ayidan
boshlanib tashqariga, o‘rta o‘mrov chizig‘igacha keskin burilibincisura cardia-
ca-ni hosil qiladi va pastga tushib, to‘sh yon chizig‘i bo‘ylab VI qovurg‘a
tog‘ayidan pastki chegaraga o‘tadi (121-rasm). O‘ng o‘pkaning pastki chegarasi
to‘sh chizig‘i bo‘ylab VI qovurg‘a tog‘ayidan boshlanadi. So‘ngra o‘ng va chap
124-rasm. O‘pkalar (oldindan
ko‘rinishi).
1-
trachea
; 2-
n

vagus
sinister
;
3-
v

brachiocephalica
sinistra
; 4-
pulmo
sinister
(
lobus
superior
);
5-
arcus
aortae
;
6-
f i s s u r a
o b l i q u a
; 7 -
l o b u s
superior
; 8-
lingula
pulmonis
sinistri
; 9-
incisura
cardiaca
pulmonis
sinistri
; 10-
cor
et
pericardium
; 11-
arcus
costalis
;
12-
diaphragma
; 13-
pleura
;
14-
pulmo
d e x t e r
(
l o b u s
inferior
); 15-
lobus
medius
;
16-
fissura
obliqua
; 17-
fissura
horisontalis
; 18-
lobus
superior
;
19-
truncus
brachiocephalicus
;
20-
apex
pulmonis
;
21-
a

subclavia
; 22-
a

carotis
communis
dextra
.


184
pastki chegaralar o‘rta o‘mrov chizig‘i bo‘yicha VII qovurg‘aning ustiga, oldingi
qo‘ltiq osti chizig‘i bo‘yicha shu qovurg‘aning pastiga, o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i
bo‘yicha VIII qovurg‘aga, kurak chizig‘i bo‘yicha X qovurg‘aga, va nihoyat,
umurtqa yon chizig‘i bo‘yicha XI qovurg‘aga mos keladi. Bu chegaralar ohista
nafas olayotgan sog‘lom odamda perkussiya yo‘li bilan aniqlanadi (122-rasm).
Bo‘laklar orasidagi qiyshiq egat ikkala tomonda ham III ko‘krak umurtqasi-
ning o‘tkir o‘sig‘idan pastga va oldinga, VI qovurg‘a suyak qismining tog‘ayga
o‘tish joyi orqali o‘tkazilgan qiyshiq chiziq yordamida aniqlanadi. O‘ngdagi gor-
izontal egat esa IV qovurg‘a tog‘ayi bo‘ylab o‘tuvchi chiziqni o‘rta qo‘ltiq osti
chizig‘ida qiyshiq egat chizig‘i bilan kesishguncha davom ettirib aniqlanadi.
O‘ng va chap o‘pkalarni bir-biridan ko‘ks oralig‘i kletchatkasi va undagi
a’zolar ajratib turadi. Har bir o‘pkaning ko‘ks yuzasida o‘pka darvozasi bor.
O‘pkalarning asosiy tarkibiy elementlarini bronx daraxti, o‘pka arteriyalari
va venalari hamda o‘pka to‘qimasi (parenximasi) tashkil etadi. Bronxlar va qon
tomirlari ularni o‘rab turuvchi biriktiruvchi to‘qima bilan birga o‘pka ichi tayan-
chi vazifasini bajaradi. Bu tuzilmalar o‘pkadan tashqarida uning ildizini hosil qiladi.
O‘pkalarni tashqaridan qoplovchi visseral plevra o‘pka darvozasi sohasida uning
ildizini hosil qiluvchi tuzilmalarni o‘rab, pariyetal plevraning ko‘ks oralig‘i qismiga
o‘tadi. Bunday o‘tish natijasida o‘pka ildizidan pastga yo‘nalib, diafragmaga bir-
ikuvchi, frontal tekislik bo‘ylab joylashgan plevra duplikaturasi - o‘pka boylami
(lig.pulmonale) hosil bo‘ladi.
Tashqi morfologik ko‘rinishiga ko‘ra, o‘ng o‘pkaning 3 ta, chap o‘pkaning
2 ta bo‘lakka bo‘linishi o‘pka jarrohligi talablariga to‘liq javob bermaydi. Chunki
o‘pkaning yuzasidagi egatlarning soni, chuqur-sayozligi turli odamlarda turlicha
bo‘lishi mumkin; ba’zan qo‘shimcha egatlarning uchrashi, ba’zida esa qiyshiq va
gorizontal egatlarning umuman bo‘lmasligi ham kuzatiladi.
125-rasm. O‘pkaning to‘rt bo‘lakli tuzilishi.
a-chap o‘pka; b-o‘ng o‘pka.
1-yuqori bo‘lak (zona); 2-oldingi bo‘lak (zona); 3-orqa bo‘lak (zona); 4-
pastki bo‘lak (zona).


185
Bundan tashqari, B.E.Linbergning klinik (1933) va V.P.Bodulinning anatomik
tadqiqotlariga (1941, 1949) ko‘ra, asosiy (I tartibli) bronx har bir o‘pkaning darvo-
zasida to‘rttadan II tartibli (zonal) bronxlarga bo‘linadi. Ularning har biri o‘pkaning
ma’lum bir bo‘lagini ventilyatsiyalaydi. Shunga ko‘ra, ikkala o‘pka to‘rttadan: yuqo-
rigi, oldingi, orqa va pastki bo‘lak (zona) larga ajratiladi (125, 126-rasm).
O‘ng va chap asosiy bronxlarning shoxlanishi turlichadir. O‘ng asosiy bronxdan
o‘pka darvozasiga yetmasdan yuqorigi zonal bronx boshlanadi va o‘pka darvozasi-
da 3 ta III tartibli (segmentar) bronxlarga ajraladi. Asosiy bronx o‘pka darvozasi
bo‘ylab pastki tomonga yo‘nalib, oldingi va orqa zonal bronxlarni beradi va o‘zi
pastki zonal bronx ko‘rinishida davom etadi. Uning yuqori zonal bronx boshlangan
joydan o‘rta (yoki orqa) zonal bronx boshlanadigan joygacha bo‘lgan qismi oraliq
bronx deb yuritiladi (127-rasm). Oldingi zonal bronx ikkita, orqa zonal bronx bitta
(yoki ikkita), pastdagisi esa to‘rtta III tartibli bronxlarga ajraladi.
Chap asosiy bronx o‘pka darvozasida dixotomik ravishda ikkiga – yuqorigi
va pastki (oraliq) bronxlarga bo‘linadi. Yuqoridagisidan yuqorigi (o‘z navbatida,
2 yoki 3 ta segmentar bronxga ajraladi) zonal bronxlar, pastdagisidan esa bitta
(yoki ikkita) segmentar bronxga bo‘linuvchi orqa zonal bronx va 3 yoki 4 ta seg-
mentar bronxga bo‘linuvchi pastki zonal bronx boshlanadi.
O‘pkaning har bir zonasi undagi segmentar bronxlarning tarmoqlanishiga ko‘ra
yanada kichikroq bo‘lgan bo‘lakchalarga – bronx-o‘pka segmentlariga bo‘linadi.
126-rasm O‘pka to‘rttala zonasining ko‘krak devorining orqa va yon
bo‘limlaridagi aks-tasvirlari (Linberg va Bodulin chizmasi).
1–yuqori zona; 2–oldingi (o‘rta) zona; 3–orqa zona; 4–pastki zona; Rim
raqamlari bilan A rasmda–ko‘krak umurtqalari va qovurg‘alar, B
rasmda–qovug‘alar belgilangan.


186
Segment o‘pkaning III tarti-
bli bronx tomonidan ventilyatsiya
qilinuvchi, asosi o‘pkaning yuzasi-
ga, cho‘qqisi esa uning darvozasi-
ga qaragan piramida shaklidagi bir
bo‘lagidir. Segmentning cho‘qqisi-
da uning oyoqchasi joylashgan
bo‘lib, u, o‘z navbatida, segmentar
bronx, segmentar o‘pka arteriyasi
va markaziy venadan iborat.
Markaziy vena bo‘ylab segmentda-
gi qonning bir qismigina oqib ket-
adi; segmentlardagi qonni, asosan,
ular-ning oralaridagi biriktiruvchi
to‘qi-mali to‘siqlar bo‘ylab joy-
lashgan segmentlararo venalar olib
ketadi.
Segmentning bronx-tomir oyoqchasi zonaning bronx-tomir oyoqchasidan farqli rav-
ishda, o‘pka to‘qimasi ichida joylashganligi tufayli uni operatsiya (segmenektomiya)
paytida ajratib olish qiyin kechadi.
Shunga qaramasdan, segmentni o‘pkaning jarrohlik birligi deb qarash
mumkin, chunki aksar o‘pka kasalliklari (bronxopnevmoniya, sil, abssesslar,
bronxoektazlar) dastlab birgina segment doirasida lokalizatsiyalanadi. Bu esa, o‘z
navbatida, operatsiya paytida faqat zararlangan segmentnigina olib tashlash, shun-
ing bilan o‘pka to‘qimasini maksimal darajada saqlab qolish imkonini beradi.
Xalqaro anatomik nomenklaturaga ko‘ra (PNA, 1980) har bir o‘pkada 10
tadan segment farqlanadi (128-rasm).
O‘pka zonalarining ko‘krak devoridagi skeletotopik joylashuvi Limberg-
Bodulin sxemasiga ko‘ra aniqlanadi. Buning uchun, ko‘krak devorida o‘zaro ke-
sishuvchi ikkita chiziq o‘tkaziladi: ulardan biri (qiyshiq egat tasviri) III ko‘krak
umurtqasi o‘tkir o‘sig‘idan VI qovurg‘a tog‘ayining boshlanish joyiga, ikkinchisi
IV qovurg‘a bo‘ylab birinchi chiziq o‘rta qo‘ltiq osti chizig‘i bilan kesishadigan
nuqta orqali VII ko‘krak umurtqasining o‘tkir o‘sig‘iga boradi (126-rasm).

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish