187
O‘pka darvozalari va ildizlarining topografiyasi
O‘pka ildizi – o‘pka darvozasi orqali kiruvchi va u orqali chiquvchi tuzil-
malardan iborat bo‘lgan, kichik asosi yurak tomonga, katta asosi o‘pka darvozasi-
ga qaragan trapetsiya shaklidagi yassi tuzilmadir. U bosh bronx va o‘pka arteriya-
si hamda ularning shoxlaridan, o‘pka venalari (2 ta) va ularning tarmoqlaridan,
bron-xial arteriyalar va venalardan, limfa tomirlari va tugunlardan, va nihoyat,
adashgan nerv hamda simpatik chegara poyasining tolalaridan iborat bo‘lgan nerv-
lardan tuzilgan. Bu elementlarning barchasi kletchatka bilan qoplangan bo‘lib,
ko‘krak ichi fassiyasi hamda plevra (o‘pka darvozasi sohasida) bilan o‘ralgan.
128-rasm. O‘pka segmentlari (A va B–o‘ngdagi; V va G –chapdagi).
1–cho‘qqi segmenti (yuqori bo‘lakda); 2–orqa segment; 3–oldingi segment;
4–lateral segment (o‘ng o‘pkada) va yuqori tilcha segmenti (chap o‘pkada);
5–medial segment (o‘ng o‘pkada) va pastki tilcha segment (chap o‘pkada);
6–cho‘qi segmenti (pastki bo‘lakda); 7–ichki bazal (yurak)
segmenti;
8–oldingi bazal segment; 9–tashqi (lateral) bazal segment; 10–orqa bazal
segment.
188
O‘pka arteriyasi va venalarining yurak tomondagi bo‘limlarini perikard o‘rab turadi
(shu sababli pnevmonektomiyada ularni intraperikardial bog‘lash mumkin).
O‘pka ildizlari skeletotopik jihatdan oldingi II-V qovurg‘alar, orqada V-VII
ko‘krak umurtqalari sathida joylashgan. O‘ng o‘pka ildizi chapdagiga qaraganda
chuqurroqda joylashgan bo‘lib, to‘sh suyagidan 9-10 sm chuqurda, chap ildiz esa
7-9 sm masofada joylashgan. Orqa tomonda, umurtqa pog‘onasi oldingi yuzasi
bilan o‘pka ildizlari orasidagi masofa 0,5-1 sm ni tashkil etadi (agar
bu masofani
qovurg‘alarga nisbatan olinsa, kattaroq bo‘ladi).
O‘ng o‘pka ildizining oldida yuqori kavak vena, diafragma nervi, ko‘tariluvchi
aorta o‘tganligi tufayli unga ochib kirish qiyinroq bo‘ladi. Chap o‘pka ildizining old
tomonida diafragma nervidan bo‘lak tuzilmalar bo‘lmaydi. O‘ng ildizning tepasidan
toq vena ravog‘i, chap ildizning tepasidan esa aorta ravog‘i o‘tadi. Orqada adash-
gan nervlar, chapdagisida ko‘krak aortasi va qizilo‘ngach o‘tadi.
O‘pka darvozasi o‘pkaning ko‘ks yuzasidagi noto‘g‘ri oval (to‘nkarilgan
nok) shaklidagi voronkasimon chuqurcha bo‘lib, u orqali o‘pka ildizining barcha
elementlari o‘tadi. O‘pka tomirlari va asosiy bronxlar o‘pka parenximasiga kir-
masdan oldin, o‘pka darvozasida ikkinchi tartibli shoxlarga bo‘linadi. Shu sabab-
li o‘pka darvozasini har bir bo‘lak (zonasi) ning darvozalari yig‘indisi
sifatida
qaralsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘pka ildizini tashkil etuvchi elementlarning o‘zaro joylashuvi o‘pka dar-
vozasida va yurak yaqinida hamda o‘ng va chap o‘pka ildizlarida turlicha bo‘ladi.
O‘pka darvozasidan tashqarida o‘ng o‘pka ildizi elementlari quyidagicha
joylashgan: eng yuqorida asosiy bronx, undan pastda va oldinda o‘pka arteriyasi,
arteriyadan pastroqda yuqorigi o‘pka venasi, uning pastida va orqasida pastki o‘pka
venasi joylashadi.
Chap o‘pka ildizi eng yuqorisida o‘pka arteriyasi, undan pastda va orqada
asosiy bronx joylashgan. Yuqori va pastki o‘pka venalari asosiy bronx va o‘pka
arteriyasining oldingi va pastki yuzalariga taqalib yotadi. Chap o‘pka arteriyasi
129-rasm. O‘pka
darvozalari va ildizlari
(old tomondan
ko‘rinishi).
189
o‘pka darvozasida chap asosiy bronxni ustidan ravoq hosil qilib,
uni aylanib, yuqo-
ri zonal bronxning orqasiga o‘tadi, keyin pastga yo‘nalib, pastki zonal bronxning
orqa-tashqi tomonida joylashadi (129, 130-rasm).
Shuni ta’kidlash kerakki, darvozada o‘pka arteriyasining tarmoqlanishi
bronxning shoxlanishi bilan bir xil bo‘lmaydi (mos tushmaydi). O‘pka arteriyas-
ining poyasidan zonalarga boruvchi shoxlar birin-ketin chiqsa, o‘pka venalarini
hosil qiluvchi shoxlar birvarakayiga kelib o‘zaro qo‘shiladi.
O‘pka ildiziga oldindan qaraganda yuzada o‘pka venalari, orqaroqda o‘pka
arteriyasi, eng chuqurda asosiy bronx joylashadi.
O‘pkalarni, asosan, bronxlarning devori bo‘ylab 2-3 tadan boruvchi bronx-
ial arteriyalar (respirator bronxiolalargacha) qon bilan ta’minlaydi: ular hisobiga
o‘pka alveolalari qon bilan ta’minlanadi (131-rasm). Bronxial va o‘pka arteriy-
alari hamda venalari orasida anastomozlar mavjud.
O‘pkalarning olib ketuvchi limfa tomirlari o‘pka
ichidagi bronxlarning ayri
joylari bo‘ylab joylashgan limfa tugunlariga, ulardan so‘ng traxeobronxial, traxeya
atrofi, oldingi va orqa mediastenal hamda yuqori diafragma tugunlariga boradi.
130-rasm. O‘pka arteriyasining
(va bronxining) tarmoqlanishi.
a-o‘ngdagi yuqori zonaning
arteriyasi va bronxi;
b-o‘ngdagi oldingi zonaning
arteriya va bronxi;
v - o‘ngdagi pastki zonaning
arteriya va bronxi;
g-o‘ngdagi
orqa zonaning
arteriya va bronxi;
a
1
-chapdagi yuqori zonaning
arteriya va bronxi;
b
1
-chapdagi oldingi zonaning
arteriya va bronxi;
v
1
-chapdagi pastki zonaning
arteriya va bronxi;
g g
1
-chapdagi orqa zonaning
arteriya va bronxi.
131-rasm. Bronxial
arteriyalarning bo‘lak
(zonal) bronxlari bo‘ylab
tarmoqlanishi.
a - o‘ng
va chap pastki
bronxial arteriyalarning eng
ko‘p uchraydigan
tarmoqlanishi (oldindan
ko‘rinish); b - o‘ng orqa va
chap yuqorigi bronxial
arteriyalarning eng ko‘p
uchraydigan tarmoqlanishi
(orqadan ko‘rinish); 1 - yuqori zonal bronx; 2 - old zonal bronx; 3 - pastki
zonal bronx; 4 - orqa zonal bronx.
190
O‘pkalarni o‘ng va chap o‘pka-yurak nerv chigallaridan chiquvchi nervlar
innervatsiyalaydi (qarang: “Ko‘ks oralig‘ining
nerv chigallari, limfa tugunlari”).
Do'stlaringiz bilan baham: