Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

KO‘KS ORALIG‘I
Ko‘ks oralig‘i (mediastinum) o‘ng va chap plevra xaltalari oralig‘ida joy-
lashgan a’zolar majmuasidir. Ko‘ks oralig‘i a’zolari o‘zida tomir va nervlarni tu-
tuvchi kletchatka bilan o‘ralgan. Ko‘ks oralig‘i oldingi tomondan to‘sh suyagi va
qisman qovurg‘a tog‘aylari, orqa tomondan ko‘krak umurtqalari va umurtqa oldi
hamda ko‘krak ichi fassiyasi, yon tomonlardan – o‘ng va chap mediastinal plev-
ralar va ular bilan birga sagittal yo‘nalishda joylashgan ko‘krak ichi fassiyasining
ko‘ks oralig‘i varaqlari orqali chegaralangan.
Ko‘ks oralig‘i yuqori tomonda ko‘krak qafasining yuqori teshigigacha (apertura
thoracica superior), pastki tomonda diafragma va uning fassiyasigacha davom etadi.
Yiringli yallig‘lanish jarayonlarining tarqalishiga ko‘ra hamda ko‘ks
oralig‘idagi a’zolarga operativ ochib kirish yo‘llari ishlab chiqilganligi munosa-
bati bilan ko‘ks oralig‘i 2 qismga bo‘linadi (BNA):
- ko‘ks oralig‘ining oldingi qismi;
- ko‘ks oralig‘ining orqa qismi.
Bu ikki qismni bir-biridan traxeya bifurkatsiyasi va o‘pka ildizlari orqali
shartli ravishda o‘tkazilgan frontal tekislik ajratib turadi.
Ko‘ks oralig‘ining oldingi qismida yurak, perikard, yurakdan chiquvchi va
unga quyiluvchi yirik qon tomirlari, aorta ravog‘i, ayrisimon bez (timus), traxe-
yaning ko‘krak bo‘limi, bosh bronxlar, diafragmal nervlar, diafragma-perikard
qon tomirlari, ko‘krak ichi tomirlari, to‘sh atrofi, ko‘ks oralig‘i va yuqori diafrag-
mal limfa tugunlari joylashgan (132, 137-rasmlar).
Ko‘ks oralig‘ining orqa qismida qizilo‘ngachning ko‘krak bo‘limi, ko‘krak
aortasi, ko‘krak limfa yo‘li, toq va ya-
rim toq venalar, o‘ng va chap adashgan
(sayyor) nervlar, o‘ng va chap ichki
a’zolarga boruvchi nervlar, simpatik
poyaning ko‘krak bo‘limi, ko‘ks
oralig‘ining orqasidagi va umurtqa
pog‘onasining oldidagi limfa tugunlari
joylashgan (133-rasm). Ko‘ks
oralig‘ining qiyshiq, assi-metrik joy-
lashuviga sabab yurakning tana o‘rta
chizig‘iga nisbatan og‘ganligidir.
PNA – ga muvofiq, muayyan pa-
tologik jarayon yoki a’zoning lokalizatsi-
132-rasm. Oldingi ko‘ks oralig‘i
a’zolari (perikardning oldingi
devori olib tashlangan, yurakning
ikkala quloqchasi ko‘tarib
qo‘yilgan).


191
yasini aniqlashni osonlashtirish maqsadida hamda yangidan-yangi operativ ochib
kirish usullarining ishlab chiqilganligi tufayli ko‘ks oralig‘i 2 ta: yuqori va pastki
bo‘limlarga bo‘linadi. Bu bo‘limlarni bir-biridan oldinda to‘sh suyagi burchagidan
orqada IV-V ko‘krak umurtqalararo diskka o‘tkazilgan shartli gorizontal tekislik
ajratib turadi (134-rasm).

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish