Ko'ks oralig'i
Ko'ks oralig'i (mediastinum) deb ikkita mediastinal plevra o'rtasida joylashgan a'zolar majmuiga aytiladi. Ko'ks oralig'i old tomondan to'sh suyagi, orqadan umurtqa pog'onasini ko'krak qismi, yon tomondan o'ng va chap mediastinal plevra, pastdan diafragma, yuqoridan ko'krak qafasining ustki aperturasi bilan chegaralanadi. Ko'ks oralig'i oldingi va orqa qismlarga bo'linib, ular o'rtasidagi chegara ikkala o'pka ildizini orqasidan frontal sathda o'tkazilgan chiziqdan iborat.
Oldingi ko'ks oralig'ida (mediastinum anterior) yurak va perikard, ayrisimon bez, ko'tariluvchi aorta, yuqorigi kavak vena va uning ildizlari, o'pka venalari, kekirdak va bronxlar, diafragma nervi, limfa tugunlari bor.
Orqa ko'ks oralig'ida (mediastinum posterior) qizilo'ngach, ko'krak aortasi, ko'krak limfa yo'li, limfa tugunlari, pastki kavak vena, toq va yarim toq venalar, adashgan nerv va ichki a'zolar nervlari yotadi.
Hozirgi vaqtda ko'ks oralig'i ikkiga: yuqorigi va pastki qismlarga bo'linadi. Ular o'rtasida chegara qilib to'sh sopini tanasiga birikkan joy bilan IV-V kokrak umurtqalariaro togay o'rtasda o'tkazilgan shartli sath olinadi. Yuqori ko'ks oraligida(mediastinum superior) ayrisimon bez,ong va chap yelka-bosh venalari, yuqori kavak vena, aorta ravog'I va uning tarmoqlari, traxeya, qizilo'ngach,o'ng va chap simpatik poya, adashgan va diafragma nervlari joylashadi.
Pastki ko'ks oralig'I (mediastinum inferior) o'z navbatida uch: oldingi, o'rta va orqa qismlarga bo'linadi.
Oldingi ko'ks oralig'I (mediastinum anterior) to'sh siyagi tanasi bilan perikardning oldingi devori o'tasida yotadi. Unda kokrak ichki qon tomirlari, to'sh yoni,oldingi ko'ks oralig'i, perikard oldi limfa tugunlari joylashadi.
O'rta ko'ks oralig'ida (mediastinum medium) perikard, yurak, yurik qon tomirlar, bosh bronx, diafragma nervi, traxeyabronxial limfa tugunlari joylashadi.
Orqa ko'ks oralig'I (mediastinum posterior) perikard bilan umurtqa pog'onasi o'rtasida yotadi. Unda pastga tushuvchi aorta, toq va yarim toq venalar, qizilo'ngach, adashgan nervlar, ko'krak limfa yo'li, o'ng va chap simpatik poya, limfa tugunlari joylashadi.
Yangi tug'ilgan bolada diafragma yuqori joylashib, plevra qopchalari bir-biridan uzoq turgani uchun ko'ks oralig'i ancha keng va qisqa bo'lib, ko'krak bo'shlig'ining yarmini, bir oylik bolada esa 1/3 qismini egallaydi. Uning oldingi qismi keng, orqasi tor. Diafragma cho'qqisi pastga tushishi natijasida ko'ks oralig'i uzayib torayadi va 3 yoshda kattalarnikiga o'xshash shaklni oladi.
Siydik va tanosil apparat
Siydik va tanosil apparat (apparatus urogenitalis) odamda tuzilishi va vazifasi xilma xil, lekin rivojlanish nuqtai nazaridan bir-biriga bog'liq ikki: siydik ajratish va tanosil aʼzolar tizimini o'z ichiga oladi.
Siydik ajratish a'zolari (organa urinaria) qondan siydik ajratuvchi (buyrak), siydikni buyrakdan olib ketuvchi (buyrak kosachalari, buyrak jomi, siydik yo'li), siydikni to'plovchi (qovuq) va organizmdan chiqarib yuboruvchi (siydik chiqarish nayi) dan iborat.
Siydik ajratish aʼzolarning rivojlanishi
Buyrak mezodermadan rivojlanib uch davrni o'tadi:
1.Bosh (boshlang'ich) buyrak (pronephros) pastki bo'yin va yuqorigi ko'krak segmentlari nefrotomlaridan homila hayotining 3-haftasida paydo bo'lib, tepadan pastga tomon qator joylashgan (5-8) naychadan iborat. Har qaysi naycha lateral uchi bilan bir biriga tutashib (pronephros) ning umumiy nayini hosil qiladi. Bu nay pastga tomon o'sib, birlamchi ichak nayini pastki uchiga qo'shiladi. Naychalarning medial uchlari biroz kengayib tanani ikkilamchi bo'shlig'iga ochiladi. Ikkilamchi bo'shliqning ichki devori yaqinida har qaysi naycha qarshisiga arteriya keladi. U mayda tarmoqlarga bo'linib chigal hosil qiladi va suyuqlik qondan naychalarga so'riladi. Bosh buyrak juda qisqa vaqt (40-50 soat) ichida navbatdagi davrga mesonephros ga o'tadi.
2.Birlamchi buyrak (Volf tanasi) (mesonephros) homila hayotining uchinchi haftasida oxirgida ko'krak va bel segmentlari nefrotomlaridan rivojlanadi va 25-30 ta buralma naychalardan iborat bo'ladi. Birlamchi buyrak naychalari berk uchi kengayib kapsula hosil qiladi. Bu kapsulaga tomirli chigal o'sib kirib, buyrak tanachasi hosil bo'ladi. Naychaning ikkinchi uchi boshlang'ichbuyrak nayiga qo'shiladi va mezonefros (volf) nayi (ductus mesonephricus) nomini oladi. Birlamchi buyrak homila hayotining ikkinchi oyi oxirida o'z vazifasini ado etib, uchinchi davrdagi doimiy buyrak paydo bo'ladi. Volf nayi saqlanib qoladi va tanosil a'zolar taraqqiyotida ishtirok etadi.
3.Doimiy buyrak (metanephros) homila hayotining 2-oyi oxirida ikki xil manbadan: metonefrogen to'qimadan va mezonefros nayining siydik nayi o'simtasini proksimal uchidan alohida-alohida rivojlanadi. Siydik nayi o'simtasi yuqori tomonga metanefrosga qarab o'sadi va uchi kengayib buyrak jomini hosil qiladi. Buyrak jomi ikkiga bo'linib katta kosachalarni, ular o'z navbatida shoxlanib kichik kosachalarni va ularga qo'shilgan buyrak naychalarini hosil qiladi. Bularning hammasi metonefrogen to'qima bilan o'raladi. Bu to'qimadan buyrak naychalari (nefron naychalari) hosil bo'ladi. Homila hayotining 3 oyida doimiy buyrak birlamchi buyrak o'rnini oladi. Doimiy buyrakning taraqqiyoti bola tug'ilganidan so'ng tugallanadi.
Siydik yo'li mezonefral nayning o'simtasidan hosil bo'ladi. Bu o'simtaning kaudal uchi mezonefral naydan ajrab, qovuqning mezonefral nayning kaudal qismidan hosil bo'ladigan sohasiga ochiladi.
Qovuq homila hayotining 7-haftasida kloaka, allantois va mezonefral naylarni kaudal qismining o'zgarishidan hosil bo'ladi. Homila hayotining 2-oyida qovuq tubi va uchburchagi allantoisni pastki qismi bilan mezonefral naylarning quyadigan qismlaridan, tanasi esa allantoisning o'rta qismidan hosil bo'ladi. Allantoisni pastki qismi esa siydik chiqarish nayiga aylanadi.
Sivdik airatish aʼzolari taraggivotida ham turli
Do'stlaringiz bilan baham: |