Mavzu:Vena tizimi va uning yoshga qarab o’zgarishi.Darvoza vena tizimi va uning yoshga qarab o’zgarishi.Vena tizimi anostomozlari.Homilada qon aylanishi
Venalar (lotincha: vena — vena, koʻk qon tomir) — venoz qonni (karbonat angidrid bilan toʻyingan) aʼzo va toʻqimalardan yurakka olib keluvchi kon tomirlar (oʻpka venalari bundan mustasno, ular arterial qon tashiydi). Odamda uchta venalar tizimi mavjud. Yuqori kovak vena gavdaning yuqori yarmi (bosh, boʻyin, qoʻl va koʻkrak)dan yurakka qon keltiradi, pastki kovak vena gavdaning pastki yarmi (oyoq, chanoq, yonbosh, qorin boʻshligʻidagi juft aʼzolar va jigar)dan yurakka qon oʻtkazadi; darvoza (qopqa) vena qorin boʻshligʻidagi (jigardan boshqa) toq aʼzolardan jigarga venoz qon keltiradi va jigardan tozalanib chiqqan qon pastki kovak venaga, gavdaning hamma qismidan keladigan qon esa yurakning oʻng boʻlmasiga quyiladi. Kislorodi kamaygan, toʻqimalarda moddalar almashinuvida hosil boʻlgan chiqindilar, karbonat angidrid (SO2) bilan toʻyingan (venoz) qon kovak venalar orqali yurakka boradi.
Oʻpkada karbonat angidrid gazidan tozalanib, kislorod bilan toʻyingan (arterial) qon oʻpka venalari orqali yurakning chap boʻlmasiga quyiladi. Venalar devori arteriya devoriga qaraganda yupqaroq, elastik toʻqimasi va muskullari ham kamroq boʻlgani uchun bu tomirlar osongina puchayadi va yoriladi. Koʻpchilik venalarda qopqoqlar (klapanlar) borligi uchun qon oqimi faqat yurakka yoʻnaladi, teskari oqa olmaydi. Venalarda qon arteriyalardagiga nisbatan sekin oqadi. Har bir arteriya yonida ikkitadan vena bor. Teri osti arteriyalari yonida venalar boʻlmaydi. Baʼzi kovak aʼzolar (bachadon, toʻgʻri ichak, qovuq va b.) atrofida venalar juda koʻp boʻlib, ular hatto vena chigalini hosil qiladi. Organizmdan qon chiqarish, dori yuborish, qon quyishda teri ostidagi venalar (koʻpincha tirsak venasi, yosh bolalarda boʻyinturuq venasi)dan foydalaniladi. Venalar kasalliklaridan venalarning varikoz kengayishi, tromboflebit koʻproq uchraydi.
Angiologiya tomirlar to'grisidagi fan bolib , uning tarkibiy qismini arteriya, vena va limfa tomirlari tashkil etadi.
Vena va arteriya qon tom irlari— bu qon tom ir devorlarining tuzilishi va ular ichidagi qonning yurakka nisbatan yo'nalishi bilan farqlanadi.
Venalardagi bosim ning past bolish i sababli. ularning devori arteriyalar devoriga n isb a ta n y u p q aro q b o iib , uch q av atg a b o iin g a n lig i unchalik ko‘rinmaydi: m ushak to‘qimasi sust rivojlangan, lekin venalarda kollagen to‘qima ko‘proq boladi.
Venoz qon tomirlari bajaradigan vazifalar.
1. T o ‘qim alarda moddalar mashinuvi natijasida hosil b olg a n chiqindi
moddalarni a ’zolardan olib chiqib ketadi.
2. Hazm a ’zolarida so‘rilgan ozuqa moddalarni, ana shu azlar nomidagi
venalar orqali darvoza venasiga yig‘ib, jigarga olib kiradi va jigardan jigar venasi orqali pastki kovak venaga (um um iy qon aylanishiga) quyiladi.
3. Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqargan gorm onlam i qon orqali boshqa a ’zolarga etkazish vazifasini bajaradi.
Venalarning varikoz kengayishi bu – vena qon tomirlarining shishib qolishidir. Qon tomirlarda qonning yaxshi oqmasligi tufayli, qon tomirlar kengayishni boshlaydi. Qon tomir devori juda yupqa yupqa bo‘lib qoladi va terining yuza qismlarida ko‘k rangda ko‘rinadi. Tromboz – organizmning turli sohalaridagi vena qon tomirlarida qonning qotib qolishi yaʼni lahta hosil boʻlishidir. Koʻpincha tromb son, boldir yoki chanoq sohalarida paydo boʻladi. Tromb natijasida qon oqimi qisman yoki toʻliq buzilishi mumkin. Agar tromb joyidan koʻchsa, qon oqimi bilan birgalikda boshqa aʼzolarga borib tiqilib qolishi mumkin, bunday holat inson hayotiga xavf tugʻdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |