Dori moddalarning organizmda so’rilishi, taqsimlanishi va to’planishi



Download 184,98 Kb.
bet1/5
Sana12.04.2022
Hajmi184,98 Kb.
#546669
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Dori darmonlarni organizmga kiritish usullari.


Mavzu: Dori darmonlarni organizmga kiritish usullari.

Reja:


  1. Dori moddalarni tasniflash qonun – qoidalari.

  2. Dori moddalarning organizmda so’rilishi, taqsimlanishi va to’planishi.

  3. Dori moddalarining ta’sir mexanizmi.

  4. Dori moddalarining xususiyatlariga ta’sir etuvchi sharoitlar.

  5. Dori moddalarini takror yuborish, birgalikda qullash.

  6. Dori moddalari birga kullanganda ruy beradigan ta’sirlar.

  7. Xulosa.





Dori moddalarni tasniflash qonun – qoidalari.
Dori moddalarini aloxida guruxlarga tasnif qilish ancha murakkab. Kimyoviy tuzilishi bir-biriga yaqinligi bo’yicha tasnif qilingan moddalarning ta’siri har – xil bo’lishi mumkin. Dori moddalarni ayrim a’zolarga (masalan, yurakka, me’da – ichakka) ta’siri bo’yicha tasniflab ko’rilganda xam qiyinchilik bo’lgan, chunki qator moddalar bir yo’la turli a’zolarga har xil yunalishda ta’sir ko’rsatishi mumkin. Xozirgi kunda dori moddalari asosan sistemalarga ta’siri bo’yicha tasnif qilingan: bular asosan nerv sistemaga ta’sir etuvchi moddalar, a’zolar va sistemalarga, moddalar almashinuviga, ayrim kasalliklar, mikroorganizmlar va parazitlarga ta’sir etuvchi moddalarga bo’lingan. Dori moddalarining so’rilish tezligi, kuchi va ta’sir muddati ularni organizmga qaysi yo’l bilan yuborilganiga bog’liq bo’ladi. Dori moddalarini bemor organizmiga yuborish usuli uning axvoliga, dori moddalarining fizik-kimyoviy xossalariga va ularning ta’sir etish tezligiga qarab tanlanadi.




Dori moddalarning organizmga yuborish yo’llari.
1. Enteral usul – dori moddalari oshqozon-ichak yo’li orqali yuboriladi.
2. Parenteral usul– dori moddalari oshqozon-ichakdan tashqari yo’llar orqali yuboriladi.
Enteral yuborish usulida dori moddalari til ostiga, og’izga, un ikki barmoq ichakka, to’g’ri ichakka yuboriladi. Dori moddalari til ostiga yuborilishi sublingval yo’l deyiladi. Bu usul kichik yoshdagi bolalarni davolashda umuman qo’llanmaydi. Dori modda til ostiga qo’yilganda og’iz bo’shlig’ida fermentlar faoliyati sust bo’lganligi uchun dori moddalari deyarli parchalanmaydi, til ostidagi doriga me’da-ichak fermentlari ta’sir qilmaydi, jigarda o’zgarishlarga duch kelmaydi, qo’yilgan joyida so’rilib umumiy ta’sir ko’rsatadi. Bu yo’l orqali ayrim dorilar asosan nitroglitserin, metiltestosteron, pregnin kabilar qo’yiladi, ular qonga tez so’riladi (til ostida qon tomirlar juda ko’p), ta’siri tez boshlanadi. Og’iz orqali yuborish – peroral yo’l. Bu yul keng tarqalgan, qulay, oson va tabiiydir, bemor dori moddalarini yordamchisiz qabul qila oladi. O’n ikki barmoq ichak orqali yuborish usuli: ichakda dori moddalarining yuqori kontsentratsiyasining xosil qilish maqsadida moddalar o’n ikki barmoq ichakka zond orqali yuboriladi.To’gri ichak orqali yuborish usuli: dori moddalarini og’iz orqali yuborish mumkin bo’lmaganda, ruxiy bemorlarni davolashda, bemor bexush yotganda, qizilo’ngach yoki oshqozonda o’zgarishlar bo’lganda, oshqozon-ichak fermentlarini ta’sirida parchalanadigan dorilar ishlatilganda ushbu usul qo’llaniladi.




.
Parenteral yuborish usuli. Nafas yo’llari orqali ingalyastion (i
ngalacion – nafas olish) yuborish usuli.Teri orqali yuborish usulda asosan dori moddalarning reflektor va qisman mahalliy ta’sir etishi ko’zda tutiladi, bu yo’l bilan malxamlar, pasta, linimentlar, shuningdek spirtli yoki suvli eritmalar, aralashmalar va bolalarga sepma dorilari qo’llaniladi. Shilliq qavatlar orqali yuborish usulda dori moddalarining burun, xalqum, ko’z, buyrak jomi, qin shilliq qavatlariga ta’sir etishi uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar orqali yuborish usuli qorin bo’shlig’i a’zolari jaroxatlanganda va o’pkaning ba’zi kasalliklarida dori yuborish uchun qo’llanadi. Seroz qavatlar (qorin pardasi, plevra, perikard) kuchli so’ruvchi xususiyatga ega, plevraga nisbatan qorin pardasidan dori moddalari tezroq so’riladi. Teri ostiga yuborish yo’li bilan dori moddalarining asosan suvli eritmalari yuboriladi. Mushaklar orasiga yuborish usulida mushaklar orasiga suvli va moyli eritmalar, shuningdek dori moddalarining suspenziyalari ham yuboriladi. Venalar ichiga yuborish usulida moddalar bevosita qon oqimiga tushadi, bunda qon bilan o’zaro aralashganda cho’kma xosil qilmaydigan, qonni ivitmaydigan yoki gemoliz xosil qilmaydigan dori moddalari eritmasi qo’llanadi. Dorini venaga asta-sekin yuborish kerak, aks xolda qonda ularni kontsentratsiyasi birdan oshib ketib, organizmga zaxarlovchi ta’sir ko’rsatishi mumkin. Dorining ta’siri juda tez, ko’pincha in’ektsiya vaktidayoq boshlanadi, ta’sir muddati teri ostiga va mushak orasiga yuborilgandan ko’ra kamroq bo’ladi. Orqa miya kanaliga yuborish usuli, gematoenstefalik to’siq orqali yaxshi o’tmaydigan dori moddalar subaraxnoidal, peridural yo’l bilan yuboriladi. Dori moddalar to’gridan-to’gri yurakka, bo’gimlarga, suyaklarga yuboriladi. Moddalar elektr toki bilan, ionoforez orqali yuborilishi mumkin. Parenteral usullar juda ko’p , lekin dorilar parenteral yo’l bilan yuboriladi deganda ularni asosan teri ostiga, mushaklar orasiga va venalarga yuborilishi ko’zda tutiladi, chunki boshqa yuborish yo’llari nisbatan kam qo’llanadi.



Download 184,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish