Dori moddalarning organizmda so’rilishi, taqsimlanishi va to’planishi


Dori moddalarining xususiyatlariga ta’sir etuvchi sharoitlar



Download 184,98 Kb.
bet3/5
Sana12.04.2022
Hajmi184,98 Kb.
#546669
1   2   3   4   5
Bog'liq
Dori darmonlarni organizmga kiritish usullari.

Dori moddalarining xususiyatlariga ta’sir etuvchi sharoitlar.
Ushbu sharoitlar bir tarafdan dori moddalarni xususiyatlariga,, ikkinchi tarafdan organizmni faoliyatiga bog’liq Dori moddalarining ta’siri, ularning kimyoviy tuzilishi, fizik xossalari, miqdori, shu bilan birga xar bir organizmning o’ziga xos xususiyatlari: bemorning yoshi, axvoli va dori moddalariga nisbatan sezgirligi bilan aloqador bo’ladi. Dori moddalarining ta’siri ko’pchilik xollarda ularning fizik-kimyoviy va kimyoviy xossalariga: suvda yoki lipoidlarda (yoglarda) erishiga, maydalanish darajasiga, uchuvchanligiga va shakliga bog’liq bo’ladi. Dori moddalarining organizmga ta’siri ularning miqdoriga – dozasiga bog’lik bo’ladi. Doza – bu bir marta qo’llanadigan shifobaxsh ta’sir ko’rsatadigan miqdordir. Dori moddaning farmakologik ta’siri yuzaga chiqa boshlaydigan eng kichik doza m i n i m a l yoki b u s a g a m i q d o r deb ataladi, rosmana shifo kursatadigan doza d a v o l o v ch i – te- r a p e v t i k miqdor deb ataladi. Tibbiyot amaliyotida terapevtik dozalardan foydalaniladi, ko’pincha moddalarning o’rtacha davolash miqdori qo’llanadi. Ayrim xollarda yuqori, ya’ni m a k s i m a l davolash dozadan foydalanishga to’g’ri keladi. Zaxarlanishni keltirib chiqaruvchi miqdor zaxarlaydigan – t o k s i k miqdor, o’limga olib keladigan doza o’ldiruvchi (letal) miqdor deb ataladi. Dori miqdoriga qarab organizmga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, uxlatuvchi vositalar – barbituratlarning minimal miqdori tinchlantiruvchi, o’rta miqdori uxlatuvchi, katta mikdori narkotik ta’sir etishi mumkin. Dori moddalarini ishlatishda ularning farmakologik ta’sir doirasining kengligi xisobga olinadi. Minimal toksik doza bilan davolash dozaning o’rtasidagi oraliq farmakologik ta’sir doirasi deyiladi. Ushbu oraliq nechog’li katta bo’lsa, davolash ta’siri shunchalik keng, modda kam zaxarli va uni qo’llash nisbatan xavfsiz bo’ladi. Dozalar dori moddalarini qo’llashga qarab bir martalik, sutkalik bo’ladi. Bir martalik doza bo’lib-bo’lib qo’llanilsa – bo’lingan, 2-3 barobar oshirib qo’llanilsa -zarbdor, davolash davrida qo’lanadigan doza – kurs doza deb ataladi. Yuqorida keltirilganlarga ko’ra dori moddalarni ta’siri organizmning o’ziga xos xususiyatlari bilan xam bog’lik. Birinchidan dori moddalarga sezuvchanligi yoshga qarab o’zgarib boradi. Bolalar dori vositalar ta’siriga kattalarga nisbatan sezuvchanroq bo’ladilar, bu bolaning yoshiga oid anatomo-fiziologik xususiyatlari bilan bog’lik. Yosh bolalarni markaziy nerv sistemasi xali yaxshi rivojlanmagan, gematoenstefalik to’siqni o’tkazuvchanligi ortiq darajada, jigarning dori moddalarini zararsizlantiradigan fermentlari, buyrak faoliyati to’la-to’kis rivojlanmagan bo’ladi. Shuning uchun bolalarga dori moddalari kattalarga nisbatan kam mikqorda buyuriladi. Ayrim dori moddalarni esa bolalarga ma’lum yoshgacha umuman qo’llash man etiladi. Katta yoshlilar (60 yoshdan oshgan) xam dori moddalariga nisbatan sezuvchan bo’ladilar. Ularda dorilarning so’rilishi, metabolizmi va organizmdan chiqishi sekinlashadi. Shuning uchun katta yoshli bemorlarga ko’pchilik dori moddalarining, ayniqsa markaziy nerv sistemani faoliyatini susaytiruvchi , yurak glikozidlari, siydik xaydovchi dori moddalarining miqdori kamaytiriladi. Antibiotiklar, sulfanilamid moddalar va vitaminlarning miqdori odatda o’rtacha yoshdagilar dozasiga tengligicha qoladi. Dori moddalarining ta’siri jinsga bog’liq: xayz ko’rish, xomiladorlik, emizikli davrlarda dorilarga nisbatan organizmning sezuvchanligi o’zgaradi, shu tufayli ayollar erkaklarga nisbatan dorilarga ko’prok sezuvchan bo’ladilar. Moddalarning ta’siri vaznga xam bog’liq – semiz odamlar ozg’inlarga nisbatan dorilarga kamroq sezuvchan bo’ladi. Ko’pincha moddalarning ta’siri ba’zi kishilarning o’ziga xos xususiyatlariga xam bog’liq. Dori moddalarning ta’siri mijozga xam bog’liq. Mijozning turi organizmdagi suyuqliklar – qon, shilimshiq, sariq safro , ko’ra safrolarning o’zaro nisbati bilan bog’liq. Qon – issiq va nam, shilimshiq- sovuq va nam, sariq safro –sovuq va quruq, ko’ra safro esa issiq va quruq buladi. Ibn Sino bo’yicha xar bir organizm, xatto organizmning xar bir a’zosi o’z mijoziga ega. Davolashda bemorning mijoziga karama-karshi mijozli dori -moddalar qo’llashga tug’ri keladi. Dorilarga kelganda, masalan, parasimpatik nervlar tonusini oshiradigan moddalar asosan sovuq mijozli: simpatik nerv sistemani tonusini oshiradigan moddalar asosan issiq mijozli bo’ladi. Bemorlarning issiqligi, quruqligi oshgan bo’lsa, sovuq va nam mijozli moddalar, sovuq va namligi oshgan bo’lsa, issiq va quruq mijozli moddalar tavsiya etiladi. 


Download 184,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish