"Til-millatning ruhi” mavzusida tadbir sahnanomasi.
Tadbir o’tkaziladigan joy bayram mavzusiga mos bezatiladi.Tilga bag’ishlangan shiorlar, donolarning til haqidagi fikrlari. Davlat tili haqidagi Qonunnig ba’zi moddalari ko’rinarli joylarga ilib qo’yiladi.
1-boshlovchi.
Bu hayotning ziynati baxt-u bashorat, assalom,
San’ati so’z naqshi bu ,nur-u hidayat, assalom,
Hislati birla jahon ahliga ne’mat, assalom,
Jumlai insonga barobar yaxshi odam, assalom.
2-boshlovchi.
Assalom qadrli,aziz mehmonlar,
Assalom maktabdosh, do’st-u yoronlar.
Til bayramida bo’lib dilkusho,
Davramizga qo’shiling, deymiz marhabo.
1-bosh.
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, muhtaram ustozlar.
2-bosh
Assalomu alaykum sinfdosh, maktabdoshlar! Bugun ulug’ kun,
katta shodiyona.Hammamizga ma’lumki, til millatlarining ruhi,
qalbidir. Uni milliy g’oya, mafkura va tafakkurning jonli
mujassami, desak yanglishmaymiz.1989-yil 21-oktabr kuni ona
tilimizga Davlat tili maqomining berilishi –mustaqillik sari ilk
qadamlardan biri edi.
1-boshlovchi.
Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganligiga bu yil 27yil
to’ldi. Ana shu sanaga bag’ishlab o’tkazilayotgan bayram
tadbirimizga hush kelibsiz! Tadbirimizni ochib berish uchun
so’z navbatini maktabimizning __________ustozga beramiz.
2-boshlovchi.
Ona tilim, naqadar qadimiysan, To’maris o’g’liga allasini senda
aytgan,Afrosiyob o’ldirilganda qayg’usini senda kuylagan.
Mashrabning dil rozilari senda yangragan.Sen ne-ne buyuklarga
qanot berding. Ona tilim, bugun mening tilim go’yo bulbul,
qalamim burro qilgan ham o’zingsan,tanimdagi jonim o’zbek tilimsan.
1-boshlovchi.___2-shart.'>1-boshlovchi.
Buyuk Temur jahon bo’ylab,
O’z dovrug’in solgan tilim.
Mir Alisher bobomlardan,
Meros bo’lib qolgan tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan,
Rang va qiyos olgan tilim.
Alla bo’lib jaranglagan,
Ona tilim jon-u dilim.
Siz bugungi kechamizda til, Vatan haqidagi she’rlardan, hikmat
durdonalaridan, sahna ko’rinishi, qo’shiq va raqslardan bahramand
bo’lasiz. Hozir bugungi kechamiz ishtirokchilarini davraga taklif
qilamiz. Marhamat!
Ishtirokchilar sokin kuy ostida, qo’llariga tilni madh etuvchi
so’zlarni ushlagan holda chiqadilar.
2-boshlovchi
Bugungi kechamizda maktabimizning 6-sinf o’quvchilari turli xil
shartlar asosida birlashadilar. Hozir esa shartlarni e’lon qilib o’taman.
1-shart. Tanishtiruv. Bu shartda o’quvchilar o’z guruhlarini nomini ta’riflab ,o’zlarini tanishtirib, tilga bag’ishlangan donolar fikrlari,
Davlat tili Qonunining moddalaridan namunalar keltiradilar, til-dil
tarjimoni mavzusida ma’ruza qiladilar.
1-boshlovchi.
2-shart. Til mening iqbolim, mening baxtimdir deb nomlanadi.
Bunda guruh a’zolari tilni madh etuvchi she’rlardan namunalar
aytishadi.
2-boshlovchi.
3-shart. Pantonimo sharti. Bunda guruhlar iboralarni imo-ishoralar
orqali ko’rsatib beradilar.
1-boshlovchi.
4-shart. Sahna ko’rinishi.
2-boshlovchi.
5-shart.Shunday so’zlarni yozingki , har ikki tomondan
o’qilsa ham bir xil o’qilsin. 5-minut vaqt beriladi.
6-shart. Sardorlar bahsi. Maqolni davom ettiring.
1-boshlovchi.
Marhamat navbat birinchi shartga.
2-boshlovchi
Yurakning boyligi siridir,
O’zbekning boyligi elidir.
Bulardan tashqari odamning,
Eng katta boyligi tilidir.
Endi navbat 1-shartni baholash uchun hakamlar hayatiga navbat beramiz.
1-boshlovchi.
Navoiy bobomiz tilimiz 18 ming olamdan ham boyroq shunday bir xazinaki, har bir duru gavhari, ya’ni so’zlari osmonning yoritqichlaridan ham porloqdir. Shunday bir gulzorki, har bir guli chaman lolalaridan ham go’zalroqdir, degan. Shu tilda Navoiy bobomiz ko’p asarlar va g’azallar bitkan.
Hozir esa navbatni 2-shartga beramiz.Bunda guruhlar til haqidagi she’rlardan aytib bellashadilar. Marhamat.
Har bir shartdan so’ng, hakamlar hayati guruhlarni ballab borishadi. Shart oralig’ida musiqiy tanaffus qilinadi.
2-boshlovchi. Tilimizda juda ko’p iboralar mavjud. Bu iboralar nutqimizni jozibador, ta’sirchan qiladi. Har bir inson nutqida iboralardan foydalanadi. Hozirgi navbat 3-shartga bunda guruhlar bir-birlariga iboralarni imo-ishora orqali ko’rsatadilar.
1-guruh
Tarvuzi qo’ltig’idan tushdi.
Lom-lum demadi.
Kapalagi uchib ketdi.
Tilini tishladi.
2-guruh
Xamirdan qil sug’urganday.
Yerga ursang ko’kka sakraydi.
Barmog’ini tishladi.
Do’ppisini osmonga otdi.
3-guruh
Yoqasini ushlamoq.
Ilonni yog’ini yalagan.
Qo’li gul.
Boshiga ko’tarmoq.
1-boshlovchi
Turon uzra yagona tilim,
Buyuk, suyuk sen turkiy tilim.
Baxtli, taxtli mardona elim,
Tilda, dilda qo’shiq dostonim,
Ona tilim turkiy zabonim.
4-shart.Sahna ko’rinishi.Marhamat.
2-boshlovchi
Hakamlar 4-shart bo’yicha guruhlarning olgan ballarini e’lon qilguncha navbatni musiqiy tanaffusga beramiz. Marhamat.
1- boshlovchi
5-shart.Shunday so’zlar yozingki har ikki tomondan o’qilsa ham bir xil o’qilsin.Bu shart uchun 5 minut vaqt beriladi.Bu vaqt ichida qaysi guruh ko’p so’z yozar ekan.
Marhamat.
2-boshlovchi.
Endi navbatni 6-shartga bersak, bunda guruh sardorlari maqollarni davom ettirishi kerak.Marhamat.
Tadbir so’ngida davraga ona siymosi tashrif buyuradi va alla kuyi taraladi.
1-boshlovchi.
Endi navbatni hakamlar hay’atiga bersak, ular o’quvchilarning yakuniy baholarini e’lon qilishsa.
2-boshlovchi
Shu bilan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi. Xayr sog’-salomat bo’ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |