10-TAJRIBA ISHI. G‘ISHTNING SIFATINI BAHOLASH. SOPOL G’ISHTNI SUV SHIMUVCHANLIGINI ANIQLASH.
Tashqi ko‘rinishi, shakli, o‘lchamlari va pishganlik darajasini tekshirish. Sopol materiallarning sifatiga baho berish uchun laboratoriyada ularning tashqi
ko‘rinishi, shakli, o‘lchamlari, pishganlik darajasi, siqilishdagi va egilishdagi mustaxkamlik chegaralari, suv shimuvchanligi hamda sovuqqa bardoshliligi tekshiriladi. Tajribani bajarish tartibi: Talabalar laboratoriya mashg’ulotlarida
odatda yaxlit sopol g’isht bilan tanishtiriladi, chunki qurilish industriyasi korxonalari
laboratoriyalarida sopol materiallarning boshqa turlariga qaraganda shundan g’ishtlar ko‘proq ishlab chiqariladi va tekshiriladi. Sopol g’ishtning sifatiga baho berish maqsadida g’ishtlarning har taxidan (bir taxda 100 ming dona g‘isht bo‘ladi) o‘rtacha namunalar tanlab olinadi va namunalar ichidan kamida 30 ta g‘isht laboratoriyada tekshiriladi. Qurilish maydoniga tashib keltirilgan g‘ishtlar soni 100
ming donadan kam bo‘lsa, butun taxdan namunalar olinadi. Laboratoriyada shu mavzuda mashg’ulot o‘tkazish uchun talabalar ikki-uch kishidan
zvenolarga ajratiladi, bunda sinovdan o‘tkaziladigan g’ishtlarning umumiy soni 5 ga teng
bo‘lishi kerakligini nazarda tutish lozim. Har bir zveno bitta namuna - g‘ishtni tekshiradi.
Har bir zvenoning sinov natijalari laboratoriya ishlari daftariga yozib qo‘yiladi va shu
ma’lumotlarga asoslanib, g’ishtning sifati to‘g’risida xulosa qilinadi.
Ko‘zdan kechirib va o‘lchab g’ishtning sifatini tekshirish. Tajribani bajarish tartibi: Tekshirilayotgan g‘ishtning normal
pishganligi uni ko‘zdan kechirib va normal pishgan etalon g’ishtga taqqoslab aniqlanadi.
G‘isht rangining etalon g’isht (qizg’ish g’isht) rangidan ochroq va to‘qroq bo‘lishi hamda
bolg’a bilan urib ko‘rganda bo‘g’iq tovush chiqishi uning chala pishganligini bildiradi. O‘ta
pishgan g’ishtning rangi qo‘ng’ir, sirti erib ketgan va qavargan, shakli qiyshik bo‘ladi. Chala
pishgan g’isht ham, o‘ta pishgan g‘isht ham yaroqsiz deb hisoblanadi.
G‘isht ko‘zdan kechirilgach, bo‘yi, eni va qalinligi, yon qirralarining qiyshikq to‘g’riligi, mavjud yoriqlarning uzunligi o‘lchanadi. G‘ishtning uzunlik o‘lchamlari va yoriqlarining kengligi metall chizg’ich yordamida bir millimetrgacha aniqlikda tekshiriladi. Bir o‘lchamli g’ishtnnng bo‘yi 250 mm, eni 120 mm, qalinligi-65 mm, modul g’ishtning bo‘yi 250 mm, eni 120 mm va qalinligi 88 mm bo‘ladi; bu o‘lchamlardan chetga chiqishlar: g’ishtning bo‘yi bo‘yicha ± 5 mm, enida ± 4 mm va qalinligida ± 3 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |