Амалий машғулот №11.
Ҳурматли талабалар. Ҳар бир талаба аввал ўзига берилган назарий саволга ёзма жавоб бериши керак, кейин эса берилган мавзу бўйича 1та кластерни тўлдириши керак. Кейин расм, жадвал (агар бор бўлса) ва масала тўлдирилади.
Назорат учун саволлар:
304 А ТП гуруҳ учун
№
|
Ф.И.Ш.
|
Назорат саволлари
|
Кластер мавзулари
|
|
Аскарова М.
|
Бўйиннинг лимфа тизими: лимфатик тугунлари ва лимфатик томирлари.
|
Бўйиннинг медиал учбурчаги
|
Bo'yinda quyidagi beshta limfa guruhlari tafovut qilinadi:
1-jag' osti; 2- engak osti; 3- oldingi bo'yin (yuza va chuqur); 4- lateral bo'yin (yuza); 5- bo'yinning chuqur limfa guruhlari .
Jag' osti tugunlari, Inn.submandi-bulares - 4-6 tagacha (ba’zan ko'proq) jag' osti so'lak bezi o'rindig'ida va bezning ichida joylashadi. Ular yuzning yumshoq to'qimalaridan. qovoqning medial qismidan, lablardan, og'iz va burun dahlizining shilliq pardasidan va og'iz bo'shlig'i tubidan limfani yig'adi. Ulaming olib ketuvchi tomirlari bo'yin chuqur limfa tugunlarining yuqorigi guruhiga quyiladi. Engak osti tugunlari (Inn.submentales) 2-3 ta bo'lib, ikkinchi fassiya ostida, ikki qorinchali muskullaming oldingi qorinchalari, pastki jag' va til osti suyaklari orasida joylashadi. Ularga engak osti, til ildizi, old-pastki tishlar va qisman, pastki labdan limfa keladi. Ularga taalluqli tomirlar jag' osti yoki bo'yinning chuqur yuqori limfa tugunlariga quyiladi. Tilning pastki yuzasi va pastki lab rakida engak osti tugunlairga metastazlar bo'lishi mumkin.
Bo'yinning old tugunlari bo'yinning o'rta qismida, til osti suyagi osti sohasida joylashadi. Oldingi bo'yinturuq venasi bo'ylab joylashgan yuza tugunlar (odatda, 2 ta) va chuqur, yukstavisseral tugunlar farqlanadi. Oxirgi guruhni hiqildoq va qalqonsimon bez bo'yinchasi oldidagi (doimiy bo'lmagan tuguncha), kekirdak oldi (pretraxeal - qalqonsimon bez bo'yinchasi va chap nomsiz vena o'rtasida), kekirdakning yon tomonlaridagi tugunlar (paratraxeal - qaytuvchi nerv bo'ylab joylashadi) tashkil etadi. Sanab o'tilgan tugunlar bo'yin a’zolaridan limfa qabul qiladi, ulaming olib ketuvchi tomirlari ichki bo'yinturuq limfa zanjiriga yoki bo'yinturuq limfa poyalariga (yoki ko'krak limfa yo'liga) quyiladi.
Lateral guruhni tashqi bo'yinturuq venasi bo'ylab joylashuvchi bir nechta yuza tugunlar hosil qiladi, ularning olib keluvchi tomirlari quloq oldi tugunlari bilan, olib ketuvchi tomirlari esa chuqur bo'yin tugunlari bilan bog'langan bo'ladi. Bo'yin limfa tugunlarining asosiy qismini chuqur bo'yin tugunlari tashkil qiladi; ular uchta zanjir shaklida: ichki bo'yinturuq venasi bo'ylab, qo'shimcha nerv bo'ylab va bo'yinnning ko'ndalang arteriyasi bo'ylab joylashib, uchburchak shaklini hosil qiladi.
Bo'yinning ko'ndalang arteriyasi bo'ylab joylashgan zanjir ko'p hollarda o'mrov usti tugunlar guruhi deyiladi, bu guruhning chap vena burchagiga yaqin joylashgan eng katta tuguni (Truaze-Virxov tuguni) ko'pincha oshqozon va qizilo'ngachning pastki qismi o'smalarida birinchilar qatorida zararlanadi. Bunday hollarda bu tugunni chap to'sh-o'mrov-so'rg'ichsimon muskuli va o'mrov suyagi o'rtasidagi burchakda paypaslab aniqlash mumkin. Bo'yinning chuqur limfa tugunlari bosh va bo'yinning barcha limfa tugunlari-dan, shu jumladan, halqum orqa tugunlaridan limfa qabul qiladi. Shunday qilib, bo'yinning chuqur limfa tugunlari bo'yin ichki a’zolaridan keluvchi limfa uchun asosiy yo'l hisoblanadi. Bundan tashqari, ayrim a’zolaming bir qism limfa tomirlari to'g'ridan-to'g'ri chuqur bo'yin tugunlariga quyiladi (til, halqum, bodomcha bezi, hiqildoq, qalqonsimon bez, bo'yin muskullari).
Chuqur bo'yin limfa tugunlaridan limfa truncus lymphaticus jugularisga quyiladi. Bu poya bo'yinning chap tomonida ductus thoracicusga quyiladi. Bosh va bo'yinning o'ng yarmi, o'ng qo'l sohasi va ko'krak bo'shlig'ining o'ng yarmidagi asosiy limfa yo'llari ikkita limfa poyasi bilan tugaydi. Ulaming har ikkalasi alohida holda venalarga quyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |