Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Mualliflar


4
UMUMIY QISM
KIRISH
“TOPOGRAFIK ANATOMIYA” FANI
“Normal anatomiya” fani sog‘lom organizmdagi barcha a’zo va to‘qimalarning
tuzilishini ularning bajaradigan vazifasi va taraqqiy etish jarayonlaridan kelib
chiqqan holda alohida a’zo sistemalariga birlashtirgan holda o‘rganadi. Misol qilib
tayanch (skelet suyaklari), harakat (muskullar), qon tomir (arteriya va venalar),
nafas olish (hiqildoq, kekirdak, bronxlar, o‘pkalar), shuningdek, ovqat hazm qil-
ish, endokrin, jinsiy a’zolar sistemalarini keltirish mumkin.
Biroq, har qanday shifokor, ayniqsa, jarroh uchun uning amaliy faoliyati
davomida anatomik bilimlar juda zarurdir. Jarroh biror operatsiyani amalga oshir-
ishi uchun tananing shu operatsiya bajarilishi kerak bo‘lgan muayyan sohasi tuz-
ilishini kompleks holatda, ya’ni shu sohada joylashgan barcha a’zo va to‘qimalarni
ular operatsiya paytida qanday ko‘rinsa, xuddi shunday o‘zaro bir-biriga
bog‘langan, bir butun holatda o‘rganishi zarur. Odam tanasidagi muayyan bir so-
haning anatomik tuzilishini shu tarzda o‘rganuvchi fan “Topografik anatomiya”
(grekcha “topos” - joy va “grapho” - yozaman) deb ataladi.
Normal anatomiyani o‘zlashtirgach, olingan bilimlarni klinik ehtiyojlarga
moslashtirish mumkin bo‘ladi. Shu sababli normal anatomiyaga asoslangan to-
pografik anatomiyani amaliy (klinik) anatomiya deyish mumkin.
Shu jumladan, tana a’zolarini hamda ularning o‘zaro joylashuvini jarrohlik
aralashuvi talab etiladigan patologiya holatlarida o‘rganuvchi fan “Jarrohlik
anatomiyasi” deb ataladi. Masalan, topografik anatomiya chov kanalining tuzil-
ishini sog‘lom odamda o‘rgansa, jarrohlik anatomiyasi esa ushbu kanalning tuzil-
ishini chov churralari kasalliklarida o‘rganadi. Shunday qilib, jarrohlik anatomi-
yasi topografik anatomiyaning tarkibiy qismidir.
N.I.Pirogov esa ayrim tana a’zolarining joylashuvini jarrohlik amaliyoti ta-
lablariga muvofiq ravishda tavsiflab beruvchi ma’lumotlar majmuasini “jarrohlik
anatomiyasi” atamasi bilan ifodalagan. U o‘zining “Arteriya poyalari va fassiya-
larning jarrohlik anatomiyasi” asarida magistral qon tomirlarining topografiyasi-
ni tasvirlar ekan birorta tomirni ochish uchun uni qoplab turuvchi to‘qimalarni
jarroh qanday ketma-ketlikda kessa, xuddi shunday ketma-ketlikda, qavatma-qa-
vat ko‘rsatib bergan.
Shunday qilib, “T o p o g r a f i k a n a t o m i ya” odam tanasini ayrim
sohalarga bo‘lib, har bir sohaning qavatma-qavat tuzilishini, shu sohada joylashgan
muayyan a’zo va tomir-nerv tutamlarining o‘zaro hamda skelet suyaklariga nisba-
tan joylashuvini, soha terisidagi aks-tasvirini (proyeksiyasini), ularning shakli, tut-
gan o‘rni va o‘lchamlarining kishi yoshiga, jinsiga, qomatining tuzilishiga nisbatan
hamda patologik jarayonlar natijasida o‘zgarishini, shuningdek, organlarning qon
bilan ta’minlanishi, innervatsiyasi va limfa tizimi xususiyatlarini o‘rganadigan fandir.
Jarrohlik operatsiyasini bajarish uchun faqat topografik anatomiyani bilish
kifoya qilmaydi, albatta, buning uchun operatsiya qilish texnikasini o‘rganish ham
zarurdir. Buni esai “Operativ jarrohlik” fani o‘rganadi.


5
“Jarrohlik” (xirurgiya) so‘zi – grekcha “xir” - qo‘l va “ergon” - ish, ya’ni
qo‘l ishi, qo‘l hunari ma’nosini anglatadi. Bu fan turli jarrohlik operatsiyalari
texnikasini o‘rganadi. Jarrohlik faqat hunargina emas, uning yana bir qancha muhim
sifatlari borki, ular jarrohlikni fan darajasiga yetkazgan.
Odam organizmining tuzilishi – anatomiyasini bilmay turib, unda jarrohlik
operatsiyasini o‘tkazish mumkin emas. Shunday ekan, operativ jarrohlik va to-
pografik anatomiya bir-biriga uzviy bog‘langan, yagona fandir.
Dastlab operatsiya qilish texnikasini murdalarda o‘zlashtirish maqsadga mu-
vofiqdir. Bunda a’zo va to‘qimalar topografiyasini shoshilmasdan mufassal
o‘rganish, yumshoq to‘qimalarni kesish, tikish, suyaklarni arralash va boshqa jar-
rohlik texnikasini mashq qilish mumkin. Bu borada N.I.Pirogov ishining davom-
chisi, yirik jarroh va topograf-anatom, prof. A.A.Bobrov bunday degan edi: “Men
topografik anatomiyani bilmasdan turib birorta ham jarroh ish boshlashi mumkin
emas, deb hisoblovchilar tarafidaman; men anatomiya sahnasida shug‘ullanmasdan
turib jarroh bo‘lish mumkin emas deb ta’kidlayman”.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, faqat murdada operatsiya o‘tkazish bilan
maqsadga erishib bo‘lmaydi. Tirik to‘qimalar bilan muomala qilish (qon to‘xtatish,
a’zo-to‘qimalarning rangini, funksional holatini farqlay olish) ni o‘zlashtirib ol-
ish uchun operatsiyani laboratoriya hayvonlarida (itlarda, quyonlarda va boshq.)
bajarib ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Topografik anatomiyaning ahamiyati faqat “Operativ jarrohlik” fani doirasi
bilangina chegaralanib qolmaydi, chunki tibbiyotning har qanday sohasi, jarrohlik
kabi, topografik-anatomik ma’lumotlarga muhtojdir. Masalan, ichki kasalliklar
shifokori (terapevt) turli yoshda va jinsda bo‘lgan, har xil qomatli kishilardagi
tana a’zolarining patologik holati to‘g‘risida fikr yuritish uchun ularning aks-tas-
viri (chegaralari), joylashgan o‘rni, fiziologik siljish hududlari, a’zolar shakli qan-
day ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini bilishi, asab shifokori esa biror patologik
jarayonning (o‘sma, qon quyilishi) lokalizatsiyasini aniqlash uchun bosh va orqa
miya hamda ularning o‘tkazuvchi yo‘llari topografiyasini bilishi zarur va h.k.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish