Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


QON TOMIR VA NERVLARNING TUZILISHIDAGI FARQLAR



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

QON TOMIR VA NERVLARNING TUZILISHIDAGI FARQLAR
Jarrohlik amaliyotida jarohatlangan qon tomirlarni, ko‘pincha, bog‘lab
qo‘yish lozim bo‘ladi.
Agar magistral arteriya bog‘lab qo‘yilsa, shu arteriya tomonidan
ta’minlanadigan periferik sohada qon aylanishining buzilishi tabiiydir. Biroq, am-
alda, bunday asoratlar har doim bo‘lavermaydi, chunki qon aylanishi kollateral
(yonlama) tomirlar hisobiga tiklanishi mumkin. Kollateral tomirlar normada
bo‘g‘imlar sohasida ayniqsa ko‘p bo‘lib (masalan, a.collateralis ulnaris superior
et unferior), bo‘g‘imlardagi bukilish-yozilish chog‘ida asosiy arteriya bo‘ylab qon
oqishi qiyinlashganda ishga tushadi.
Kollateral tomir magistral arteriyaning qon oqishi qiyinlashgan yoki to‘xtagan
joyidan yuqoriroqda (proksimal) shu arteriyaning o‘zidan yoki uning manbalari-
dan, yoxud umuman boshqa arteriyalardan boshlanadi va qon aylanishi buzilgan
zonadagi tomirlar (ya’ni magistral arteriyaning qon o‘tishi qiyinlashgan joyidan
pastroqda boshlanuvchi tomirlari) bilan anastomozlashadi (qo‘shiladi). Agar bitta
magistral arteriyaning proksimal va distal shoxlari o‘zaro anastomozlashsa – ular
sistema ichi anastomozlari, turli xil arteriyalarning shoxlari o‘zaro qo‘shilsa –
sistemalararo anastomozlar deb ataladi.
Demak, asosiy arteriyada qon oqishi buzilganda, qonning arteriya shoxlari
orasidagi anastomozlar bo‘ylab aylanma yo‘l bilan oqishiga kollateral qon oqishi
deyiladi, mazkur anastomozlashgan arteriyalar esa kollateral tomirlar deb ataladi
(7-rasm). Shu sababli, magistral tomirni bog‘layotganda uning kollateral bo‘la ola-


15
digan shoxlarini saqlab qolgan holda, ya’ni tomirni ulardan distalroqda bog‘lash
lozim.
Asosiy (magistral) arteriyaning shoxlanishi ikki xil bo‘lishi mumkin:
4-rasm. Son arteriyasining shoxlanish turlari:
a-yoyiq; b-magistral.
1-chov boylami; 2-
a

epigastrica
superficialis
; 3-
a

pudenda
externa
;
4-
a

circumflexa
femoris
medialis
; 5-
a

femoralis
; 6-
a

perforans
I
;
7-8-
ramus
descendens
et
ramus
ascendens
a
.
circumflexae
femoris
lateralis
; 9-
a

profunda
femoris
; 10-
a

circumflexa
ilium
superficialis
.
5-rasm. Quymuch nervining tuzilishidagi farqlar. A - yuqorida
bo‘linish (yoyiq shoxlanish); B - pastda bo‘linish (magistral
shoxlanish).


16
1) agar yirik arteriya o‘zining boshlanish joyi yaqinida ikkilamchi shoxlar-
ga bo‘linib ketsa, ya’ni asosiy tomir kalta bo‘lsa, (masalan, qorin arteriya o‘zani,
tr.coeliacus) bu yoyiq shoxlanish deb ataladi;
2) agar asosiy arteriya darhol bo‘linib ketmasdan, bitta yirik poya ko‘rinishida
davom etib, o‘zidan birin-ketin ikkilamchi shoxlarni chiqarsa, u magistral tar-
moqlanish deyiladi.
Shoxlanishning yoyiq shaklida ikkilamchi shoxlar orasida anastomozlar ma-
gistral shoxlanishga nisbatan ko‘p va kuchli rivojlangan bo‘ladi (4-rasm).
Xuddi arteriyalardagi kabi manzara nerv poyalarida ham kuzatiladi. Agar,
nerv poyasi yuqorida bo‘linib ketsa – yoyiq shoxlanish deb ataladi; bunda chigal
va to‘rlar hosil bo‘ladi. Nerv poyasi birin-ketin shoxlar berib, pastroqda bo‘linsa
– magistral shoxlanish kuzatiladi. Masalan, quymich nervi, n.ishiadicus, o‘zining
oxirgi shoxlari bo‘lgan katta boldir va umumiy kichik boldir nervlariga tos
bo‘shlig‘ida (yuqori bo‘linish) yoki taqim chuqurchasida (pastki bo‘linish)
bo‘linishi mumkin (5-rasm).
Agar muayyan zonani innervatsiyalovchi nerv shu zona doirasida hamda bu
zonaga yetib kelmasidan, boshqa nerv bilan tolalar almashsa, bunday nerv tarki-
bida boshqa qo‘shni nervning tolalari ham bo‘ladi. V.N.Shevkunenko bunday
tuzilmalarni murakkab nerv kompleksi deb yuritgan. Mazkur kompleksni orqa
miyaning ma’lum bir segmentidan chiquvchi va tegishli umumiy hududni inner-
vatsiyalovchi nervlar tashkil etadi. Uning amaliy ahamiyati shundaki, operatsiya
paytida biror nervning shikastlanishi oqibatida yuzaga keladigan funksional buz-
ilishlar qo‘shni nerv hisobiga tiklanadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish