Dars mavzusi: Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish .
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga kichik o va bosh O harfini yozishga o’rgatish .
Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda mehnatsevarlik tuyg’usini tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish , asosiy chiziqlardan chiqib ketmasdan , unsurlarni to’g’ri yoza olishga oid bilimlarini shakllantirish .
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
maktabda, oilada bo‘layotgan jarayonlarda ishtirok etish;
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
o‘quv qurollarini saramjon saqlash;
Dars turi: Yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi .
Dars metodi: Tahlil – tarkib metodi , tushuntirish , suhbat , ko’rsatish .
Dars jihozi: Doska , mavzuga oid rasmlar , texnik vositalar .
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I .Tashkiliy qism.
O’quvchilarni darsga tayyorlash .
O’quvchilarga to’g’ri o’tirish , yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish qoidalarini eslatdi
II .O’tilgan mavzuni mustah kamlash .
O'quvchilarga doskada kichik va uzun ilmoqchalar chizdirish.
O'quvchilarga o’quv qurollarining nomini bo’g’inga bo’lib o’rgatish .
Ruch – ka , daf –tar , ki- tob , qa – lam , o’-chir – g’ich .
Bu so’zlarda nechta tovush borligi va necha bo’g’indan iborat ekanligi aniqlanadi .
III . Yangi mavzu bayoni .
O’quvchilarga O tovushi va O o harflariga oid bilimlarini qaytarish . O harfini talaffuz qildirib , uning unli tovush ekanligi haqida tushunchalar beriladi . Kichik o va bosh O harfining yozilishi ko’rsatiladi . Ko’rsatilgandan so’ng havoda yozish mashqi ko’rsatiladi . Shu o’rinda to’g’ri o’tirish qoidasi, ruchkani uch barmoq orasida ushlash , ruchka bilan barmoq oralig’ini eslatib o’tish .
Darslikdan bo’g’inlarga bo’lib ko’rsatilgan rasm nomlarini ayting .
Bu so’zlar necha bo’g’in ekanligi tushuntiriladi .
Dam olish daqiqasi .
Qo’l muskullariga dam beruvchi mashqlar bajariladi .
( Ikki qo’l oldinga cho’zilgan holatda barmoqlar orasini ochish va yopish .)
VI . Yangi mavzuni mustahkamlash .
Yozuv daftari bilan ishlash . Daftardagi namunaga qarab yozish davom ettiriladi . Har bir yozilgan elementlar tahlil qilinadi .
V. Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.
VI. Uyga vazifa: Yozishni o’rganib kelish .
Samarqand shahar xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi
4-umumiy o’rta ta’lim maktab
1 -“B” sinf o’qituvchisi
Umirboyeva Mahbubaning
alifbe fanidan bir soatlik ochiq
Mavzu: Kichik “o” va bosh “O” harfini yozish .
Do'stlaringiz bilan baham: |