Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

TANANING YUMSHOQ ASOSI
Ma’lumki, suyak skeleti odam tanasi uchun qattiq tayanch (negiz) vazifasi-
ni o‘taydi. Bundan tashqari organizmda, uning barcha qismlari va sistemalarini
qoplovchi, tutib turuvchi hamda o‘zaro bog‘lovchi bir butun anatomik sistema –
tolali kletchatka to‘qimalari (biriktiruvchi to‘qima) bo‘lib, ular odam tanasining
yumshoq asosini, (ya’ni tayanchini) tashkil etadi. Bu sistemaga fassiya-kletchat-
ka tuzilmalari, aponevrozlar, suyak usti pardasi, paylar kiradi.
Fassiya va kletchatka a’zolar stromasini (ichki skeletini) va g‘iloflarini ho-
sil qiladi. Muskullar, tomirlar, nervlar va h.k. larning g‘iloflarini hosil qiluvchi
fassiyalar suyak skeletining qayishqoq davomi sifatida uni to‘ldirib turadi.
Kletchatka–fassiya–aponevroz tuzilmalarining asosini bir xil, ya’ni tolali
(bi-riktiruvchi) to‘qima tashkil etadi; ular bir-birlaridan tolalarining zich va tarti-
bli joylashuvi bilangina farq qiladi.
Chunonchi, g‘ovak kletchatka tarkibidagi tolalar nozik bo‘lib, tartibsiz joy-
lashgan. Agar g‘ovak kletchatkada yog‘ hujayralari to‘plansa, u yog‘ kletchatkasi
deb yuritiladi.
Fassiyalarda, g‘ovak kletchatkadan farqli o‘laroq, tolalar ancha shakllangan
va yo‘g‘onlashgan bo‘lib, ma’lum bir tartibda yo‘nalib joylashadi va turli qalin-
likdagi parda ko‘rinishini oladi. Fassiyaning qalinligi u o‘rab turgan muskul yoki
a’zo tomonidan beriladigan bosimga bog‘liq: muskul qanchalik kuchli rivojlan-
gan bo‘lsa, uning fassiyasi shuncha qalin bo‘ladi. Juda qalinlashgan fassiya tola-
lari sadaf tusidagi aponevroz ko‘rinishini oladi.
Shunday qilib, fassiyalar - tolali-kletchatka to‘qimasi tizimidagi oraliq
bo‘g‘inni egallovchi hamda muskullar, paylar, tomirlar, nervlar va a’zolarni o‘rab
turuvchi biriktiruvchi to‘qimali qobiqlardir.
Tuzilishiga ko‘ra fassiyalarning quyidagi turlari mavjud.
Chuqur fassiyalar (fasciae profundae) sinergist (bir xil vazifa bajaruvchi)
muskullar guruhini yoki a’zolarni qoplaydi. Ayrim muskullarni o‘rovchi chuqur
fassiyalar xususiy fassiya (fascia propria) deb ataladi.
Chuqur fassiyalar 4 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
1) fassiya varaqlari – muskul va a’zolar guruhini o‘rab, ularni bir-biridan
ajratib turadi;
2) fassiya plastinkalari – ancha yupqa bo‘lib, ayrim a’zo va muskullarni
o‘raydi hamda ularni bir-biridan va suyakdan ajratib turadi;
3) fastsiya to‘siqlari. Ular ikki xil bo‘ladi:
a - suyaklarga birikuvchi fassiya varaqlari, ya’ni muskullararo to‘siqlar –
muskullararo oraliqlarda joylashadi;


12
1-2-rasm. Qomatning tuzilish shakllari.
a - dolixomorf; b - braxiomorf.
b - g‘ovak yoki yog‘ kletchatkasida erkin joylashgan to‘siqlar (masalan,
buyrak oldi, buyrak orti fassiyalari);
4) aponevrozlar – juda qalinlashgan fassiyalardir. Fassiyalardan muskullar-
ning boshlanishi yoki muskul paylarining fastsiyalarga o‘tishi (qo‘shilishi) nati-
jasida qalinlashgan fassiyalar aponevrozlar deb ataladi. Masalan, qorin yassi mus-
kullari aponevrozlari, uzun va kalta kaft muskullari paylari hisobiga hosil bo‘lgan
kaft aponevrozi va h.k.
Yuza fassiya – teri osti kletchatkasining zichlashgan qismi bo‘lib, tanani
butunlay qoplab turuvchi umumiy fassiyadir. Bu fassiya teri osti qavatidagi tomir-
nerv tuzilmalari va yuza limfa tugunlari uchun karkas (sinch) vazifasini bajaradi.
Ba’zi mualliflar yuza fassiyani ikki qavatdan: yuzadagi - teri osti yog‘ qavati va
uni chuqurdagi to‘qimalardan ajratib turuvchi chuqur plastinka qavatidan iborat
deb qaraydilar.


13
Shunday qilib, yuza fassiya odam tanasini butunlay qoplovchi g‘ilof hosil
qilsa, xususiy fassiyalar ayrim muskul va a’zolar uchun g‘iloflar hosil qiladi. Buni
qo‘l-oyoqning g‘ilofli tuzilishi misolida ko‘rish mumkin.
Chuqur fastiya varag‘i qo‘l yoki oyoqni gir aylanasiga o‘rovchi asosiy
g‘ilofni hosil qiladi; undan chuqurga ketuvchi fassiya to‘siqlari boshlanadi. Shu
to‘siqlar o‘zida alohida muskullar, tomir va nerv tutamlarini tutuvchi ikkinchi
tartibli g‘iloflarni hosil qiladi. Mazkur g‘iloflarni og‘riqsizlantiruvchi modda (novokain)
eritmasi bilan to‘ldirib mahalliy og‘riqsizlantirishga erishiladi (A.V.Vishnevskiy
bo‘yicha g‘ilof anesteziyasi).

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish