27
Bo‘g‘im yorig‘ining tasviri oldinda – tumshuqsimon o‘siqning uchiga, orqada
– akromiondan pastda, deltasimon muskulning akromial
va qirra porsiyalari
o‘rtasidagi oraliqqa, tashqarida (yuqorida) – o‘mrovning tashqi chetini
tumshuq-
simon o‘siq bilan tutashtiruvchi chiziqqa to‘g‘ri keladi.
Bo‘g‘im xaltasi ancha keng bo‘lib, proksimal tomonda
labrum glenoide-
ale–ning chetlari bo‘ylab, distal tomonda yelka suyagining anatomik bo‘yinchasiga
birikadi. Bo‘g‘im xaltasining fibroz qavatidagi qalinlashgan joylari boylamlar deb
yuritiladi. Bunday boylamlar 3 ta: 1)
lig.
glenohumeralae superior; 2)
lig.
glenohumeralae media – bo‘g‘im xaltasining
ichki tomonida joylashgan; 3)
lig.
glenohumeralae inferior – bo‘g‘im xaltasining pastki tomonidagi anchagina
pishiq boylam.
Yelka bo‘g‘imini, asosan, tumshuqsimon-yelka boylami
(lig.
coracohumerale) hamda bevosita bo‘g‘im xaltasining ustida yotuvchi mus-
kullar mustahkamlaydi. Bo‘g‘im xaltasini old tomondan kurak osti, tumshuq-
simon-yelka muskullari va yelka ikki boshli muskulining kalta boshchasi, tashqari
va yuqoridan deltasimon muskul va uning ostida bo‘g‘im bo‘shlig‘i orqali o‘tuvchi
ikki boshli muskul uzun boshchasining payi (14-rasm); orqadan – qirra usti va
qirra osti muskullari hamda kichik yumaloq muskul qoplaydi (15-rasm). Xalta-
ning pastki-medial qismi muskullar bilan qoplanmaganligi
tufayli mustahkam
emas, shu sababli yelka suyagining bo‘g‘imdan pastga va medial tomonga chi-
qishi tez-tez uchrab turadi. Kurakning akromial va tumshuqsimon o‘siqlari tum-
shuq-akromion boylami
(lig.
coracoacromiale) bilan birga yelka bo‘g‘imining
gumbazini hosil qiladi. Bu gumbaz yelka suyagi boshchasining yuqori tomonga
siljishiga to‘sqinlik qiladi va shu tufayli yelka suyagining bo‘g‘imdan yuqoriga
chiqish-ining oldini oladi.
Yelka bo‘g‘imi atrofidagi muskullarning birikadigan
joyida bir nechta sinovial
xaltalar joylashgan bo‘lib, ulardan faqat kurak osti sinovial xaltasi -
bursa sinovialis
subscapularis (shu nomli muskul payi ostida, bo‘g‘im xaltasining oldingi yuzasida
15-rasm. Yelka bo‘g‘imi
(orqadan ko‘rinishi).
1-
spina
scapulae
;
2-
m
.
supraspinatus
;
3-
lig
.
coracoacromiale
(kesilgan); 4-
processus
coracoideus
; 5-bo‘g‘im
xaltasining birikish joylari;
6-
caput
humeri
; 7-
spatium
subdeltoideum
; 8-
m
.
deltoideus
;
9-
m
.
infraspinatus
;
10-
m
.
teres
minor
;
11-
recessus
axillaris
.
28
yotadi) va do‘mboqlararo
sinovial qin - vagina sinovialis intertubercularis (
sulcus
intertubercularis)da yotuvchi yelka ikki boshli muskuli uzun boshchasi payining
qini) yelka bo‘g‘imi xaltasi bilan tutashadi. Bulardan tashqari, yelka bo‘g‘imi
bo‘shlig‘ida, yelka tanaga yaqinlashtirilganda, bo‘g‘im xaltasiing bo‘shashishi tu-
fayli qo‘ltiq cho‘ntagi
(recessus axillaris) hosil bo‘ladi. Aytib o‘tilgan bu sinovial
bo‘shliqlar orqali yelka bo‘g‘imining yiringli yallig‘lanishida yiringli jarayon bo‘g‘im
atrofidagi kletchatkaga yorilib qo‘ltiq cho‘ntagidan qo‘ltiq osti bo‘shlig‘iga, ikki
boshli muskul payining qini orqali yelkaning oldingi
qismiga hamda deltasimon
osti sohasiga, kurak osti xaltasi orqali kurak osti suyak-fibroz g‘ilofiga tarqalishi
mumkin.
Bo‘g‘imni
aa.
circumflexae humeri anterior et posterior,
rr.
deltoideus et ac-
romialis a.
thoracoacromialis qon bilan ta’minlaydi,
nn.
axillaris et suprascapularis
innervatsiyalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: