30
chuqur muskul qavatlarini bir-biridan chuqur fassiya plastinkasi ajratib turadi. Chu-
qur
fassiyaning ostidan, tumshuqsimon-yelka muskulini teshib o‘tib, yelka muskuli-
ning oldingi yuzasida ichkaridan tashqariga hamda pastga tomon qiyalab yo‘naluvchi
muskul-teri nervi
(n.
musculocutaneus) o‘tadi. Sohaning pastki chegarasi yaqinida bu
nerv yelka muskuli bilan yelkaning ikki boshli muskuli orasidan xususiy fassiyaning
ostiga chiqadi va bosh venaning ichki tomoni bo‘ylab tirsakning oldingi yuzasiga
bilakning tashqi teri nervi (
n.
cutaneus antebrachii lateralis) shaklida davom etadi.
Sohaning ichki tomonida, medial muskullararo to‘siq hosil qilgan g‘ilofda, ikki boshli
muskulning medial cheti ostida yelkaning asosiy tomir-nerv
tutamini tashkil etuvchi
yelka arteriyasi va venalari
(a.
et vv.
brachiales) hamda oraliq nervi
(n.
medianus)
o‘tadi (17-rasm). Ularning o‘zaro joylashuvi quyidagicha: yelkaning yuqori qismida
nerv arteriyadan tashqarida joylashadi, o‘rta qismida uni oldingi (ba’zida orqa) to-
monidan kesib o‘tadi, pastki qismida arteriyaning ichki tomonida yotadi. Yelkaning
yuqori qismida, shu g‘ilofning ichida, arteriyaning orqasida bilak nervi
(n.
radialis),
uning medial tomonida tirsak nervi,
n.
ulnaris ham joylashadi.
Bu qismda yelka ar-
teriyasidan chiquvchi yelkaning chuqur arteriyasi
(a.
profunda brachii) bilak nervi
bilan qo‘shilib, tomir-nerv tutamini hosil qiladi; bu tutam medial muskullararo to‘siqni
teshadi va pastga hamda lateral tomonga yo‘nalib, orqa muskul-fastsiya o‘rindig‘iga
kiradi. Bu yerda u yelka-muskul kanali
(canalis humero-
muscularis) orqali o‘tadi.
Bilak nervi yelkaning pastki qismida kanaldan chiqqach lateral muskullararo to‘siqni
teshib o‘tadi va yelkaning chuqur arteriyasining oxirgi shoxi - bilak kollateral arteri-
yasi
(a.
collateralis radialis) bilan birga yelka va yelkaning uch boshli muskullari
orasida, undan pastroqda yelka-bilak
(m.
brachioradialis) va yelka muskullarining
orasida joylashib, tirsak chuqurchasiga davom etadi.
Tirsak nerv (
n.
ulnaris) yelkaning o‘rta qismida yelka arteriyasidan chiquv-
chi tirsakning yuqori kollateral arteriyasi
(a.
co
llateralis ulnaris superior) bilan
qo‘shilib tomir-nerv tutamini hosil qiladi va medial muskullararo to‘siqni teshib,
orqa muskul-fassiya o‘rindig‘iga o‘tadi. Yelkaning pastki qismida yelka arteri-
yasidan uning 3-shoxi bo‘lgan pastki tirsak kollateral arteriyasi
(a.
collateralis
ulnaris inferior) boshlanadi va asosiy tomir-nerv tutami bilan birga yo‘nalib tir-
sakning oldingi sohasiga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: