33
anastomozning shakli “M” harfiga o‘xshaydi (19–rasm, b). Anastomozlarning shakli
turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bog‘lovchi tirsak venasi bilan chuqur venalar orasi-
da xususiy fassiyani teshib o‘tuvchi doimiy anastomoz mavjud. Asosiy venadan
ichkariroqda yuza tirsak limfa tugunlari
(lnn.
cubiti superficialis) joylashadi.
Xususiy fassiya medial guruh muskullari ustida qalinlashib, aponevroz
(Pirogov aponevrozi) shaklini oladi. Undan 2 ta muskullararo to‘siq boshlanadi:
medial tomondagisi yelka suyagi hamda medial tepachaga, lateral tomondagisi
tirsak bo‘g‘imi xaltasiga hamda supinatsiyalovchi muskul fassiyasiga birikadi.
Sohaning pastki qismida ikkala to‘siq o‘zaro qo‘shilib, oldingi bilak muskullara-
ro to‘sig‘ini (
septum intermusculare anterbrachii anterior) hosil qiladi.
Xususiy
fassiya va undan boshlanuvchi to‘siqlar 3 ta fastsial o‘rindiqni chegaralaydi: late-
ral o‘rindiqda tashqi do‘nglik muskullari – yelka-bilak muskuli
(m.
brachioradi-
alis) va uning ostida supinator; o‘rta o‘rindiqda oraliq do‘nglik muskullari – yelka
ikki boshli muskuli va uning ostida yelka muskuli; medial o‘rindiqda ichki do‘nglik
muskullari: tashqaridan ichkariga – yumaloq pronator
(m.
pronator teres), panjani
bukuvchi bilak muskuli
(m.
flexor carpi radialis), uzun kaft (
m.
palmaris longus)
19-rasm. Tirsakning old sohasidagi yuza venalar va nervlar.
a - “N” harfi shaklidagi vena anastomozi; b - “M” harfi shaklidagi vena
anastomozi.
1-
m
.
biceps
brachii
; 2-
v
.
cephalica
; 3-
n
.
cutaneus
antebrachii
lateralis
; 4-
tirsak yuza venalarini chuqur venalar bilan bog‘lovchi anastomoz; 5-
v
.
mediana
cubiti
; 6-
n
.
cutaneus
brachii
medialis
; 7-
v
.
basilica
; 8-
n
.
cutaneus
antebrachii
medialis
; 9-
m
.
triceps
brachii
; 10-
v
.
basilica
antebrachii
; 11-
v
.
mediana
antebrachii
; 12-
v
.
mediana
cephalica
; 13-
v
.
mediana
basilica
.
34
hamda panjani bukuvchi tirsak muskullari
(m.
flexor carpi ulnaris), chuqur qavat-
da – barmoqlarni
bukuvchi yuza muskul (m.
flexor digitorum superficialis) yota-
di. Sohaning lateral tomir-nerv tutamini bilak nervi va bilak kollateral arteriyasi
tashkil etgan bo‘lib, uning g‘ilofini lateral muskullararo to‘siq hosil qiladi. Bilak
nervi sohaning pastki qismida chuqurlashib, bevosita tirsak bo‘g‘imi kapsulasin-
ing ustida, yelka-bilak va supinator muskullari orasida yotadi va 2 ga ajraladi:
bilak nervining yuza shoxi
(r.
superficialis n.
radialis) bilak egati bo‘ylab yo‘naladi;
chuqur shoxi
(r.
profundus n.
radialis) esa tashqari hamda orqaga yo‘nalib, supi-
nator kanali,
canalis supinatorius bo‘ylab bilakning orqasiga o‘tadi. Medial tomir-
nerv tutamini tashkil qiluvchi yelka arteriyasi hamda oraliq nervining g‘ilofini
medial mus-kullararo to‘siq hosil qiladi. Yelka arteriyasi va venalari yelka ikki
boshli muskuli payining medial tomonida yotadi, ulardan ichkariroqda oraliq nerv
joylashadi (20-rasm). Pirogov aponevrozi ostida yelka arteriyasi bilak hamda tir-
sak arteriyalari
(a.
radialis et a.ulnaris)ga bo‘linadi. Bu yerda chuqur tirsak limfa
tugunlari
(lnn.
cubitalis profunda) ham joylashadi.
Bilak arteriyasi (a.
radialis)
ikki boshli muskul payini oldindan kesib o‘tib, lateral tomonga – bilak egatiga
yo‘naladi. Tirsak arteriyasi yumaloq pronatorning ostidan barmoqlarni bukuvchi yuza
va chuqur muskullar
(mm.
flexor digitorum superficialis et profundus) orasiga o‘tadi.
Oraliq nervi yumaloq pronatorning uzun va kalta boshchalari orasidan o‘tib, bilakn-
ing o‘rtasi bo‘ylab pastga yo‘naladi. Tirsak chuqurchasidagi lateral egatda bilak ar-
teriyasidan chiquvchi qaytuvchi bilak arteriyasi
(a.
recurrens radialis) bilak kollateral
arteriyasi
(a.
collateralis radialis) bilan anastomozlashadi; tirsak arteriyasidan umumiy
20-rasm. O‘ng tirsakning oldingi
sohasi (chuqur qavati).
1 – yelka arteriyasi; 2 –
oraliq nervi; 3
– tirsak nervi va yuqori tirsak
kollateral arteriyasi; 4 – uch boshli
muskulning medial boshchasi; 5 –
pastki tirsak kollateral arteriyasi; 6 –
medial tepacha; 7 – oraliq nervi
shoxlari; 8 – yumaloq pronatorning
tirsak boshchasi; 9 – yumaloq
pronatorning yelka boshchasi; 10 –
kaftni bilak tomonga bukuvchi
muskul; 11 –
kaftni tirsak tomonga
bukuvchi muskul; 12 – yelka-bilak
muskuli; 13 – bilak arteriyasi va bilak
nervining yuza shoxi; 14 – supinator
muskuli; 15 - tirsak arteriyasi va
qaytuvchi tirsak shoxi; 16 – bilak
nervining chuqur shoxi va qaytuvchi
bilak arteriyasi; 17 – yelka muskuli;
18 – ikki boshli muskulning payi; 19 –
yelka ikki boshli muskuli.
35
suyaklararo arteriya
(a.
interossea communis) boshlanib, bilak sohasiga o‘tadi,
undan tashqari tirsak arteriyasidan
qaytuvchi tirsak arteriyasi (a.
recurrens ulnar-
is) ham chiqadi va 2 ta shoxga ajraladi: oldingi shoxi oldingi medial tirsak egatida
pastki tirsak kollateral arteriyasi bilan, orqa shoxi esa orqa medial tirsak egatida
yuqorigi tirsak kollateral arteriyasi bilan anastomozlashadi. Bu anastomozlar
tir-
sak arteriya to‘rini hosil qilishda ishtirok etadi. Ushbu to‘r tirsak bo‘g‘imini qon
bilan ta’minlashdan tashqari yelka arteriyasi turli sathlarda bog‘langan hollarda
aylanma (kollateral) yo‘l vazifasini o‘taydi (21–rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: