37
BILAK, ANTEBRASHIUM
T a sh q i m o‘ l j a l l a r: yelka-bilak muskuli, bilak va tirsak egatlari (sulci
radialis et ulnaris), kaftning uzun va kaftni bukuvchi bilak muskullarining paylari
(tendo mm.palmaris longus et flexor carpi radialis) tashqi va ichki bigizsimon o‘siqlar
(processus styloideus medialis et lateralis).
Ch e g a r a s i: yuqorida tirsak sohasi bilan, pastda – bilak bigizsimon o‘sig‘i
uchidan 1 barmoq eni yuqorida o‘tkazilgan ko‘ndalang chiziq bilan chegaralanadi.
23-rasm. O‘ng bilakning ko‘ndalang kesimi. A-yuqorigi qismi. B-o‘rta qismi.
1-
m
.
flexor
carpi
radialis
; 2-
septum
intermusculare
anterior
antebrachii
;
3-
n
.
cutaneus
antebrachii
lateralis
; 4-
v
.
cephalica
; 5-
v
.
mediana
antebrachii
;
6-
m
.
brachioradialis
; 7-
a
.
et
v
.
radiales
; 8-
r
.
superficialis
n
.
radialis
; 9-
radius
;
10-
m
.
supinator
; 11-
m
.
extensor
carpi
radialis
brevis
; 12-
m
.
extensor
carpi
radialis
longus
; 12-
tendo m
.
extensorius
carpi
radialis
longi
; 13-
fascia
antebrachii
; 14-
membrana
interossei
antebrachii
; 15-
m
.
extensor
digitorum
;
16-
m
.
extensor
digiti
minimi
; 17-
m
.
extensor
pollicis
brevis
; 18-
r
.
profundus
n
.
radialis
; 19-
n
.,
a
.
et
v
.
interosseae
posteriores
; 20-
m
.
extensor
carpi
ulnaris
; 21-
m
.
extensor
pollicis
longus
; 22-
ulna
; 23-
n
.,
a
.
et
v
.
interosseae
anteriores
; 24-
v
.
basilica
; 25-
m
.
flexor
carpi
ulnaris
; 26
-
a
.
et
v
.
comitans
n
.
mediani
; 27-
n
.
medianus
; 28-
m
.
flexor
carpi
ulnaris
; 29-
a
.
et
vv
.
ulnares
;
30-
n
.
ulnaris
; 31-
m
.
flexor
digitorum
superficialis
; 32-
m
.
palmaris
longus
;
32-
tendo
m
.
palmaris
longi
; 33-
m
.
pronator
teres
; 34-
m
.
flexor
pollicis
longus
; 35-
septum
intermusculare
antebrachii
posterior
.
38
Yelka suyagi tepachalarini bigizsimon o‘siqlar bilan tutashtiruvchi lateral va me-
dial vertikal chiziqlar o‘tkazilsa, bilak sohasi oldingi va orqa sohalarga bo‘linadi.
Bilakning xususiy fassiyasi (fascia antebrachii) bilak muskullarini hamma
tomondan o‘raydi va undan bilak suyagiga yopishuvchi 2 ta: old va orqa bilak
muskullararo to‘siqlari, (septa intermuscularia radialia anterior et posterior)
boshlanadi. Buning natijasida bilakda oldingi, tashqi va orqa fastsial o‘rindiqlar
hosil bo‘ladi. Oldingi va tashqi o‘rindiqlar bilakning old sohasini, orqa o‘rindiq –
orqa sohasini tashkil etadi (23-rasm).
Bilakning oldingi sohasi, regio antebrachii anterior
Ushbu soha terisi nozik, uning ostida, sohaning medial tomonida asosiy vena
(v. basilica) bilan birga bilakning medial teri nervi (n. cutaneus antebrachii medi-
alis), lateral tomonida bosh vena (v. cephalica) bilan bilakning lateral teri nervi
(n. cutaneus antebrachii lateralis), o‘rta chiziq bo‘ylab bilakning oraliq venasi (v.
mediana antebrachii) yotadi.
Xususiy fassiya yuqorida qalin bo‘lib, undan muskullar boshlanadi, pastda
esa bu fassiya yupqalashadi va muskullardan oson ajraladi.
Bilakning oldingi muskul o‘rindig‘ini old tomondan xususiy fassiya (fascia
antebrachii), orqadan – bilak va tirsak suyaklari hamda ular orasidagi suyaklararo
parda, ichkaridan xususiy fassiyaning tirsak suyagining orqa qirrasiga yopishgan
qismi, tashqaridan oldingi bilak muskullararo to‘sig‘i chegaralaydi. Bu o‘rindiqda
barmoqlarni va kaftni bukuvchi hamda pronatsiyalovchi muskullar 4 qavat bo‘lib
joylashadi.
Tashqaridan ichkariga 1-qavatda – yumaloq pronator (m. pronator teres),
24-rasm. O‘ng bilak pastki
bo‘limining ko‘ndalang kesimi.
1 – barmoqlarni bukuvchi yuza
muskul; 2 – barmoqlarni bukuvchi
chuqur muskul; 3 – asosiy vena;
4 – tirsak tomirlari; 5 – tirsak nervi;
6 – kaftni tirsak tomonga bukuvchi
muskul; 7 – tirsak nervining dorsal
shoxi; 8 – Pirogov kletchatka
bo‘shlig‘i; 9 – kvadrat pronator;
10 – kaftni tirsak tomonga yozuvchi
muskul payi; 11 – oldingi suyaklararo
tomirlar (bilakning kaft yuzasidan orqa yuzasiga o‘tib ketganda);
12 – jimjiloqni yozuvchi muskul payi; 13 – oldingi suyaklararo nerv;
14 – orqa suyaklararo tomirlar, shu nomli nerv, bosh barmoqni yozuvchi
uzun muskul va uning payi; 15 – barmoqlarni yozuvchi va ko‘rsatkich
barmoqni yozuvchi muskullar; 16 – bosh barmoqni yozuvchi kalta muskul;
17, 19 – bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi uzun muskul; 18 – kaftni yozuvchi
muskulning payi; 20 – kaftni bilak tomonga yozuvchi uzun muskulning
payi; 21 – yelka-bilak muskuli payi; 22 – bilak nervining yuza shoxi
tarmoqlari; 23 – bosh vena; 24 – bilak tomirlari; 25 – bosh barmoqni bukuvchi
uzun muskul; 26 – kaftni bilak tomonga bukuvchi muskul payi; 27 – oraliq
nervi; 28 – uzun kaft muskulining payi.
39
kaftni bilak tomonga bukuvchi muskul (m. flexor carpi radialis), kaftning uzun
muskuli (m. palmaris longus) va k aftni tirsak tomonga bukuvchi muskul (m. flexor
carpi ulnaris), 2-qavatda – barmoqlarni bukuvchi yuza muskul (m. flexor digi-
torum superficialis), 3-qavatda – bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul (m. flexor
pollicis longus) va barm oqlarni bukuvchi chuqur muskul (m. flexor digitorum pro-
fundus), 4-qavatda – bilakning distal qismida tolalari ko‘ndalangiga yo‘nalgan
kvadrat pronator, m. pronator quadratus joylashgan. Xususiy fassiyadan 2 va 3-
qavat muskullari orasiga to‘siq (chuqur plastinka) ketadi, buning natijasida oldin-
gi o‘rindiqda yuza va chuqur bo‘limlar hosil bo‘ladi. Chuqur bo‘limning distal
qismida, oldinda 3-qavat muskullari bilan orqada kvadrat pronator hamda suyak-
lararo parda orasida kletchatka bo‘shlig‘i bo‘lib, u Pirogov-Paron kletchatka
bo‘shlig‘i deb yuritiladi (24–rasm).
Tashqi fassial o‘rindiq ichki tomondan oldingi bilak muskullararo to‘sig‘i
bilan, old tomondan hamda tashqaridan xususiy fassiya bilan, orqadan orqa bilak
to‘sig‘i bilan chegaralanadi. Bu o‘rindiqda yelka-bilak muskuli, uning ostida supi-
natsiyalovchi muskul, m. supinator joylashadi.
Bilak oldingi sohasining yon tomonlarida shu sohaning muskullari lateral
tomonda bilak egatini ( sulcus radialis), medial tomonda tirsak egatini ( sulcus ul-
naris) hosil qiladi. Bilak egatini tashqaridan yelka-bilak muskuli, medial tomondan
yuqorida – yumaloq pronator, o‘rta va pastda – kaftni bilak tomonga bukuvchi
muskul chegaralaydi. Bu egatdagi kletchatkada bilak arteriyasi va venalari (a. et vv.
radiales) hamda bilak nervining yuza shoxi ( r. superficialis n. radialis) dan iborat
bo‘lgan tomir-nerv tutami yotadi. Bunda nerv tomirlarga nisbatan lateral joylashib,
o‘rta va pastki qismlar chegarasiga yetganda tashqariga yo‘naladi va yelka-bilak
25-rasm. Bilakning oldingi sohasi.
1-oraliq nervi; 2-yelka venasi;
3-yelka arteriyasi; 4-yelkaning ikki
boshli muskuli; 5-bilak nervi;
6-yelka-bilak nervi; 7-bilak
nervining chuqur shoxi;
8-yuqoriga qaytuvchi bilak
arteriyasi; 9 -bilak arteriyasi va
bilak nervining yuza shoxi;
10-panjani yozuvchi uzun bilak
muskuli; 11-panjani bukuvchi bilak
muskulining payi; 12-kaft
aponevrozi; 13-barmoqlarni
bukuvchi yuza muskulning payi;
14-kvadrat pronator; 15-bosh
barmoqni bukuvchi uzun muskul;
16-tirsak arteriyasi va nervi;
17-panjani bukuvchi tirsak
muskuli; 18-yelka suyagining
medial tepachasi; 19-yelka muskuli;
20-yelkadagi tirsak nervi.
40
muskuli payining ostidan o‘tib, xususiy fassiyani teshadi, keyin bilak orqa soha-
sining terisi ostiga o‘tadi (25–rasm).
Bilak arteriyasi esa bilakning pastki chegarasi yaqinida tashqariga yo‘nalib,
bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi uzun muskul (m. abductor pollicis longus) ham-
da uni yozuvchi kalta muskul (m. extensor pollicis brevis) paylari ostidan “anatomik
tamakidon”ga o‘tadi.
Tirsak egatini lateral tomondan barmoqlarni bukuvchi yuza muskul, medial
tomondan kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskul hosil qiladi.
Tirsak arteriyasi (a. ulnaris) tirsak chuqurchasidan chiqadi va yumaloq pr-
onator hamda barmoqlarni bukuvchi yuza muskulning ostidan o‘tib, bilakning
yuqori va o‘rta qismlari chegarasida tirsak egatida joylashadi. Tirsak egatida ar-
teriya va venalar tirsak nerviga ( n. ulnaris) nisbatan lateral yotadi. Bilakning yuq-
origi chegarasida tirsak arteriyasidan umumiy suyaklararo arteriya (a. interossea
communis) boshlanadi. Bu arteriya ikkita shoxga ajraladi: 1) oldingi suyaklararo
arteriya (a. interossea anterior) – suyaklararo pardaning oldingi yuzasi bo‘ylab,
oraliq nervidan chiquvchi oldingi suyaklararo nerv bilan birga pastga yo‘naladi;
undan a. comitans n. mediani boshlanadi; 2) orqa suyaklararo arteriya (a. interossea
posterior) suyaklararo pardani uning proksimal qismida teshib, bilakning orqa
fassial o‘rindig‘iga o‘tadi.
Bilakning pastki qismi yaqinida tirsak nervi-dan dorsal shoxi (r. dorsalis
n. ulnaris) boshlanadi va medial tomonga
yo‘nalib, kaftni tirsak tomonga bukuvchi
muskulning payi ostidan o‘tadi va chuqur fassiy-
ani teshib, kaftning orqasidagi teri osti kletchat-
kasida joylashadi.
Oraliq nervi (n. medianus) va uning arteri-
26-rasm. Bilakning orqa sohasi.
1-yelka muskuli; 2-bilak kollateral arteriyasi;
3-yelka uch boshli muskulining payi; 4-tirsak
arteriya to‘ri; 5-orqa suyaklararo arteriyaning
qaytuvchi shoxi; 6-orqa suyaklararo arteriya;
7-panjani yozuvchi tirsak muskuli;
8-ko‘rsatkich barmoqni yozuvchi muskul;
9-bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul;
10-yozuvchi muskullarni tutib turuvchi
boylam; 11-panjani yozuvchi uzun va kalta
bilak muskullarining paylari; 12-bosh
barmoqni yozuvchi kalta muskul; 13-bosh
barmoqni uzoqlashtiruvchi uzun muskul;
14-yelkaning ikki boshli muskuli;
15-supinatsiyalovchi muskul; 16-barmoqlarni
yozuvchi umumiy muskul; 17-bilak nervining
chuqur shoxi; 18-yelka suyagining lateral
tepachasi; 19-panjani yozuvchi uzun va kalta
bilak muskuli; 20-yelka-bilak muskuli.
41
yasi - a. comitans n. mediani yumaloq pronatorning boshchalari orasidan o‘tib pastga
yo‘naladi, bunda tomir-nerv tutami barmoqlarni bukuvchi yuza muskulning orqasi-
ga yopishgan holda oraliq egat (sulcus medianus)ga o‘tadi. Egatni ichkarida uzun
kaft muskuli, tashqarida kaftni bilak tomonga bukuvchi muskul hosil qiladi. Bu
joyda nerv yuzaroq joylashadi.
Bilakning eng chuqur tomir-nerv tutamini suyaklararo pardaning oldingi yu-
zasida yotuvchi oldingi suyaklararo tomirlar va nerv hosil qiladi; arteriya kvadrat
pronatorga yetmasdan ushbu pardani teshib, bilakning orqa o‘rindig‘iga o‘tadi va
orqa kaft usti arteriya to‘ri (rete carpi dorsale)ni hosil qilishda qatnashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |