Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Yelka orqa sohasi, regio brachii posterior
Ushbu sohaning terisi qalin, teri osti kletchatkasi yaxshi rivojlangan, yuza
fastsiyasi yupqa. Teri osti kletchatkasida yelkaning yuqori va pastki lateral teri
nervlari (nncutanei brachii lateralis superior et inferior), yelkaning orqa teri
nervi ncutaneus brachii posterior hamda bilakning orqa teri nervi (ncutaneus
antebrachii posterior) tarmoqlanadi. Yelkaning orqa muskul-fassiya o‘rindig‘ida
uning uch boshli muskuli joylashadi. Xususiy fassiyadan muskulning uchala bosh-
chalarini bir-biridan ajratib turuvchi to‘siqlar ketadi; pastki qismda esa fassiya
muskul payi bilan mustahkam birikadi. Yelkaning yuqori qismidan o‘rta qismiga
o‘tish joyida, uch boshli muskul boshchalarining yelka suyagiga birikish joyida
yuqoridan pastga va ichkaridan tashqariga tomon yo‘naluvchi yelka-muskul kanali


31
(canalis humero-muscularis)
joylashadi. Kanalning oldingi
devorini yelka suyagining
orqa yuzasidagi sulcus nra-
dialis, orqa devorini tashqari-
dan uch boshli muskulning
lateral boshchasi, ichkaridan –
medial boshchasi hosil qiladi.
Kanal orqali o‘tuvchi bilak
nervi bevosita suyakning us-
tida yotadi (18–rasm). Shu-
ning uchun yelkaning o‘rta
qismiga jgut qo‘yilganda yoki
yelka suyagi o‘rta qismidan
singanda nervning shikastla-
nish alomatlari kuzatiladi.
Yelka chuqur arteriyasin-
ing yana bir tarmog‘i - o‘rta
kollateral arteriya (a.collater-
alis media) yelkaning o‘rtasida
uch boshli muskulning ichki va
tashqi boshchalari orasida yo-
tadi, keyin uning ichki bosh-
chasini teshib o‘tib tirsak so-
hasida qaytuvchi suyaklararo
arteriya (ainterossea recur-
rens) bilan anastomozlashadi.
Yelka suyagining sinishi
ko‘pincha uning jarrohlik
bo‘yinchasi (collum chirurgi-
cum) sathida yuz beradi,
chunki metafiz g‘ovak
qismining diafizning kompa-
kt qismiga o‘tish joyi xuddi
shu jarrohlik bo‘yincha so-
hasiga to‘g‘ri keladi. Bundan
tashqari, bu yerga muskullar
birikmaydi va shu sababdan
bu qism anatomik jihatdan
unchalik mustahkam emas.
Singan suyakning distal
bo‘lagi oldinga hamda
tashqariga siljiydi.
Agar yelka suyagi delta-
simon g‘adir-budurlik (tuber-
ositas deltoidea)dan yuqorida
sinsa, singan suyakning
18-rasm. Yelkaning orqa sohasi.
1, 19 – qirra osti muskuli; 2 – akromial o‘siq; 3
– qo‘ltiq osti nervi va yelka suyagini o‘rovchi
orqa arteriya; 4 – deltasimon muskul; 5 – bilak
nervi va yelkaning chuqur arteriyasi; 6 –
yelkaning ikki boshli muskuli; 7 – bilak nervi
va bilak kollateral arteriyasi; 8 – yelka-bilak
muskuli; 9 – panjani bilak tomonga bukuvchi
uzun muskul; 10 – tirsak suyagining tirsak
o‘sig‘i; 11 – yelkaning ichki tepachasi va tirsak
nervi; 12 – yelka uch boshli muskuli va yuqori
tirsak kollateral arteriyasi; 13 – 
a
.
collateralis
media
, 14 – yelka arteriyasi; 15 – uch boshli
muskulning uzun boshchasi; 16 – orqanig serbar
muskuli; 17 – katta yumaloq muskul; 18 –
kichik yumaloq muskul; 20 – kurak suyagini
o‘rovchi arteriya.


32
proksimal (yuqorigi) bo‘lagi katta ko‘krak muskuli hamda orqaning serbar muskulin-
ing qisqarishi natijasida ichkari tomonga, distal bo‘lagi esa deltasimon muskulning
qisqarishi tufayli oldinga hamda yuqoriga suriladi.
Suyak deltasimon g‘adir-budurlikdan pastda singanda yuqori bo‘lak tumshuqsimon-
yelka muskuli ta’sirida ichkariga, pastki bo‘lak esa yelka uch boshli muskuli hamda ikki
boshli muskulining kalta boshchasi ta’sirida orqa va yuqoriga siljiydi.
Yelka suyagining pastki qismida, uning tepachalari orqali sinishi tirsak
bo‘g‘imi ichida bo‘lib, asosan, yosh bolalarda uchraydi. Bunda suyakning pastki
bo‘lagi orqaga hamda yuqoriga siljiydi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish