17-Mavzu: Orqa miya tuzilishi. Orqa miya o’tkazuvchi tizimi.
Reja
1. Orqa miya tuzilishi.
2. Orqa miya pardalari.
3. Orqa miya nervlari.
4. Orqa miya o’tkazuvchi tizimi.
Orqa miyaning devori yo’g’on naychaga o’xshash bo’lib old va orqa tomondan bir oz yassilangan. Orqa miya umurtqa pog’onasi kanalining ichida joylashadi. U yuqoridan uzunchoq miyaga birlashadi, pastaki uchi II bel umurqasi sohasida qonussimon shakilda tugaydi.
Orqa miyaning qalinligi bir xil bo’lmaydi, bo’yin va bel sohasi kengaygan bo’ladi, chunki u yerdan qo’l va oyoq nervlari chiqadi. Orqa miyani orqa va old tomonidan chuqur egat bo’lib, uni teng 2 ga bo’ladi. Har bir bo’lakda 2 tadan chuqur bo’lmagan egatlar bo’ladi. Bu egatlarda oldingi va orqa ildizchalar joylashganligini ko’rish mumkin. Oldingi ildizda harakatlantiruvchi tolalar, orqa ildizda sezuvchi nervlar joylashgan. Bu sezuvchi va harakatlantiruvchi ildizchalar umurtqalararo teshikda birikib orqa miya nervlarini hosil qiladi.
Orqa miya (medulla spinalis) umurtqa kanalida joylashgan bo`lib, uzunligi 40-45 sm, vazni 30-40 g keladi. Orqa miya 3 qavat po`st bilan o`ralgan. Orqa miya ensa suyagining katta teshigidan boshlanib, I-II bel umurtqalari sohasida konus shaklida tugaydi. Undan pastga ip shaklida davom etadi. Ipning yuqori qismida nerv hujayralari bo`ladi. Bu ipning oxirgi uchi dum umurtqasining suyak ustligiga birikib, orqa miyani mustahkamlaydi.
Orqa miyaning devori yo’g’on naychaga o’xshash bo’lib old va orqa tomondan bir oz yassilangan. Orqa miya umurtqa pog’onasi kanalining ichida joylashadi. U yuqoridan uzunchoq miyaga birlashadi, pastaki uchi II bel umurqasi sohasida konussimon shakilda tugaydi.
Orqa miyada 13 mln dan ko'proq nerv hujayralari bor. Nerv hujayralarining tanasi 0,1 mm dan oshmaydi, lekin ba'zi nerv hujayralari tolasining uzunligi 1,5 m gacha yetadi.
Orqa miyaning qalinligi bir xil bo’lmaydi, bo’yin va bel sohasi kengaygan bo’ladi, chunki u yerdan qo’l va oyoq nervlari chiqadi. Orqa miyani orqa va old tomonidan chuqur egat bo’lib, uni teng 2 ga bo’ladi. Har bir bo’lakda 2 tadan chuqur bo’lmagan egatlar bo’ladi. Bu egatlarda oldingi va orqa ildizchalar joylashganligini ko’rish mumkin. Oldingi ildizda harakatlantiruvchi tolalar, orqa ildizda sezuvchi nervlar joylashgan. Bu sezuvchi va harakatlantiruvchi ildizchalar umurtqalararo teshikda birikib orqa miya nervlarini hosil qiladi.
Orqa miyadan 31 juft nerv tolasi chiqadi: bo’yin sohasidan 8 juft, ko’krak sohasidan 12 juft, beldan 5 juft, dumg’azadan 5 juft, dum sohasidan 1 juft. Orqa miya uzunligi erkaklarda o’rtacha 45 sm, ayollarda 41-42 sm, o’g’irligi 30 g, chaqaloqda 3,2 g, 6 oylikda 6,4 g, 11 oylikda 9,6 g, 2,5 yoshda 12,8 g, 6 yoshda 15–17 g bo’ladi.
Orqa miyani biriktiruvchi to’qmadan iborat uchta parda o’rab turadi. Tashqaridan qattiq miya pardasi, o’rtada to’r parda, ichkarida yumshoq parda joylashgan. Uchala parda bosh miyada bevosita davom etadi. Qattiq parda orqa miyani qop kabi o’rab turadi. Bu parda suyak va suyak utsi pardasiga tegmasligi sababli ular orasida epidular bo’shliq hosil bo’ladi, bu bo’shliq yog` kletchatkasi va vena qon tomirlari chigali bilan to’lgan bo’ladi.
To’r pardasi – tiniq qon tomirlari bo’lmagan ingichka varaq kabi qattiq parda ichida joylashgan. To’r parda bilan yumshoq parda orasi miya suyuqligi bilan to’la bo’ladi. Bu suyuqlik orqa miyani turli zarbalardan himoya qiladi. Yumshoq parda orqa miyaga tegib turadi. Bu parda ikkala yuzasi ham qon tomirlar bilan qoplangan, u orqali qon tomir orqa miyaga o’tadi.
Orqa miya pastki qismining uzun nerv ildizlari oxirgi ip bilan birlikda ot dumi deyiladi. Orqa miyaning 4-6 - bo`yin va 3-4 - bel segmentlari sohasi yo`g`onlashgan. Orqa miya 31 ta segmentdan iborat bo`lib, har bir segmentdan oldingi va orqa ildizlar chiqadi. Orqa miya har bir segmentining oldingi tarmog`idan bir nechta harakat nervlari chiqadi, ularning yig`indisi oldingi ildiz deyiladi. Orqa tarmog`iga keluvchi sezuvchi nerv tolalari ham bir nechta bo`lib, ular to`dasi orqa ildiz deyiladi. Orqa ildizning yo`g`onlashgan qismida, nerv hujayrasining tanasi joylashgan. Bu joy gangliy yoki tugun deyiladi. Orqa miyaning oldingi va orqa tomonida uzunasiga yo`nalgan oldingi orqa kesiklar bo`ladi. Bulardan tashqari, yon tomonda oldingi va keyingi yoriqlar bo`ladi.
Orqa miyaning kesigi. Orqa miya ko`ndalangiga kesilsa, 2 xil moddadan tuzilganligi ko`rinadi. Uning o`rtasida kapalak shaklda yoki «H» harfiga o`xshash kulrang modda joylashgan. Kulrang modda nerv hujayralari tanasining to`plamidan iborat bo`lib, uning oldingi va orqa tarmog`i bo`ladi.
Ko`krak va yuqorigi bel qismida yon tarmoqlari bo`ladi. YUqoridagi tarmoqlar medial qism bilan ikkinchi tomondagi tarmoqlarga birikadi. Medial qismning o`rtasida ingichka kanal bo`lib, u orqa miya kanali deyiladi. Bu kanal bosh miya qorinchalariga tutashgan bo`lib, unda bosh-orqa miya suyuqligi saqlanadi. Oldingi tarmog`ida 5 ta harakat nervining tanasi joylashgan bo`lib, ulardan ta`sirni muskullarga yetkazuvchi harakat nervi boshlanadi. Orqa tarmog`ida sezuvchi va harakat neyronlarnni bir-biri bilan bog`lovchi oraliq nerv hujayralari joylashgan, yon tarmog`ida esa vegetativ nerv tanasi (simpatik nerv tanasi) joylashgan. Hap bir yadro ko`p tarmoqli nerv hujayralaridan tuzilgan bo`ladi.
Orqa miya kurang moddasining atrofida sezuvchi va harakat nerv tolalaridan tuzilgan oq modda joylashgan bo`lib, ular orqa miyaning turli qismlarini bosh miya bilan bog`lovchi - o`tkazuvchi yo`llardan iborat. Bu o`tkazuvchi yo`llar orqa miyaning turli qismida joylashgan bir nechta ustunchadan tuzilgan 3 ta to`da hosil qiladi.
Orqa miyaning oldingi kesimi bilan oldingi ildizi orasida oldingi to`da, keyingi kesimi bilan orqa ildizi orasida keyingi to`da, orqa va oldingi ildizlari orasida o`rta to`da joylashgan.
Qo`zg`alishni sezuvchi neyronlardan markaziy nerv sistemasiga o`tkazuvchi nerv tolalari ko`tariluvchi, markaziy nerv sistemasidan harakat neyronlariga o`tkazuvchi nerv tolalari tushuvchi o`tkazuvchi yo`llar deyiladi.
Sezuvchi yoki ko`tariluvchi o`tkazuvchi yo`llarga nozik, ponasimon to`dani oldingi va orqa miyaga, orqa miyani ko`rish bo`rtiklariga bog`lovchi o`tkazuvchi yo`llar kiradi.
Nozik va ponasimon to`da sezuvchi neyritlardan tuzilgan bo`lib, ta`sirni teridan, paylardan va muskullardan uzunchoq miyaga o`tkazadi.
Orqa miyacha yo`li orqa tarmoqdagi tanalardan, oldingi miyacha yo`li orqa tarmoqning oraliq neyronlari o`simtalaridan boshlanib, yon ustunchalarda joylashadi. Bu yo`llar proprioretseptorlardan ta`sirni miyachaga o`tkazadi.
Orqa miyani ko`rish bo`rtiklari bilan bog`lovchi yo`l tanadagi og`riq, temperatura sezgilarini oraliq miyaga utkazadi.
Harakat yoki tushuvchi o`tkazuvchi yo`llarga qizil yadro-orqa miya yo`li, yon piramidasimon yo`l, oldingi piramidasimon yo`l, to`rt tepalik, orqa miya yo`li, orqa ko`ndalang tutam, dahliz-orqa miya yo`llari kiradi. Qizil yadro - orqa miya yo`li o`rta miyadan boshlanib, orqa miyaning yon ustunlari bo`ylab pastga tushadi va orqa miya oldingi tarmog`ining harakat neyronlarida tugaydi. Yon piramidasimon yo`l bosh miya yarim sharlari po`stlog`i hujayralarining neyritlaridan hosil bo`lib, yon ustunchalarda joylashgan. Bu yo`l miya po`stlog`idan harakat impul’slarini o`tkazadi. Oldingi piramidasimon yo`l yon piramidasimon yo`lga o`xshash bo`lib, oldingi ustunchada joylashgan, u ham harakat impul’slarini o`tkazadi.
Orqa ko`ndalang tutam oldingi ustunchada joylashgan. Bu tutam miya sopidan boshlanib, oldingi tarmoq hujayralarida tugaydi. U bosh miya sopini orqa miya bilan bog`laydi.
Dahliz orqa miya yo`lining oldingi va yon ustunlari orasida joylashgan. U uzunchoq miyadan boshlanib, oldingi tarmoqda tugaydi. Tushuvchi o`tkazuvchi yo`llarning ko`pchiligi markaziy nerv sistemasining turli qismlarida kesishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |