6 – laboratoriya ishi Ishning nomi: AVTOMOBILNING BO‘YLAMA VA KO‘NDALANG TEKISLIKLARDAGI O‘TUVChANLIK RADIUSINI ANIQLASH Ishdan ko‘zlangan maqsad: o‘tuvchanlikning bo‘ylama va ko‘ndalang tekislik-
lardagi radiusi to‘g‘risida tushuncha hosil qilish
va qurish.
Kerakli asboblar:sirkul qalam, chizgich, rezinka va kalkulyator
Nazariy ma’lumot:O‘tuvchanlikning bo‘ylama radiusi: pr ushbu miqdor avtomobilning oldingi va keyingi g‘ildiraklarining yo‘lga tegib turgan nuqtalari va ular orasidagi eng past joylashgan nuqta orqali o‘tuvchi silindr radiusini bildiradi; bo‘ylama radius orqali bo‘ylama to‘lqinsimon to‘siqlardan, tuproq uyumlaridan, o‘rkachsimon joylardan o‘tuvchanlikni ta’minlash mumkin; bo‘ylama radius miqdorini kichraytirish uchun g‘ildiraklar orasidagi masofa-bazani kichraytirib, yo‘l prosvetini oshirish tavsiya etiladi.
O‘tuvchanlikning ko‘ndalang radiusi: ushbu miqdor avtomobilning o‘ng va chap g‘ildiraklari ichki qismining yo‘lga tegib turgan nuqtalari va ko‘prikning eng past joylashgan nuqtasi (yo‘l prosveti) orqali o‘tkazilgan silindrning radiusini bildiradi; bu ko‘rsatgich orqali avtomobilning yo‘l notekisliklaridan o‘ta olishi ta’minlanadi.
Oldingi va orqa ko‘prik o‘qlarining o‘zaro ayqashish burchagi: ; avtomobilning bo‘ylama o‘qiga nisbatan oldingi va orqa ko‘priklarning yo‘l notekisliklariga moslashuvini xarakterlaydi, ya’ni ularning yo‘l sathi bilan aloqasining uzilmasligini ta’minlaydi.
Oldingi va orqa g‘ildiraklar izlarining o‘zaro mos kelish koyeffisiyenti: ; (bu yerda mos holda oldingi va keyingi g‘ildirak izlari); ushbu koyeffisiyent qanchalik bir soniga yaqin bo‘lsa, yumshoq tuproqli yo‘llarda harakatga qarshilik shunchalik kam bo‘ladi; botqoqli yo‘llarda esa aksincha bo‘lishi mumkin.
Mashg‘ulotni bajarish tartibi
Bo‘ylama tekislikdagi o‘tuvchanlik radiusini aniqlash
210x300 o‘lchamli millimetrovka qog‘ozga 1:20 yoki 1:30 masshtabda avtomobil bazasini, hamda oldi va orqa g‘ildiraklarini chizamiz. Avtomobilning oldi o‘qidan eng past nuqtasigacha va undan yergacha bo‘lgan masofani aniqlaymiz va u nuqtani V harfi bilan belgilaymiz. Oldi va orqa g‘ildiraklarning yer bilan kesishgan nuqtalarini A va S harfi bilan belgilaymiz. A, V va S nuqtalardan o‘tuvchi aylana chizamiz va uning radiusini quyidagicha aniqlaymiz:
Rbo‘ylama = m rchizma, m
Bu yerda m - chizma masshtabi, m/mm
rchizma - chizmadagi radius, mm.
C
B
A
rchizma
Ko‘ndalang tyekislikdagi o‘tuvchanlik radiusini aniqlash
210x300 formatli millimetrovka qog‘ozga avtomobilning oldi tomondan ko‘rinishini 1:20 yoki 1:30 masshtabda chizamiz. Buning uchun avtomobilning koleyasini aniqlaymiz va g‘ildiraklarini chizamiz. Yerdan ko‘prikkacha bo‘lgan masofani aniqlaymiz va u nuqtani V harfi bilan belgilaymiz. Chap va o‘ng g‘ildiraklarning ichki tomondan yer bilan tutashgan nuqtalarini A va S nuqtalar bilan belgilaymiz va shu nuqtalardan o‘tuvchi aylananing radiusini aniqlaymiz.
Rko‘ndalang = m rchizma, m
Bu yerda m - chizma masshtabi, m/mm
rchizma - chizmadagi radius, mm.