Orqa miyaning qon tomirlari
Orqa miya qovurg`alararo va bel arteriyalaridan, shuningdek, o`mrov osti arteriyasi bilan umurtqa arteriyasining tarmoqlaridan oziqlanadi. Umurtqa arteriyasi miya kugisi ichiga kirib, 2 juft oldingi va orqa miya arteriyasini hosil qiladi. Oldingi arteriyalar qo`shilib, orqa miyaning oldingi chuqurchasidan, orqa arteriyalar esa orqa ildizlarning chiqish qismidan pastga tushadi. Bu arteriyalar opqa miyaning turli qismlarida anastomoz hosil qiladi, qovurg`alararo va bel arteriyalari bilan qo`shilib, orqa miyani qon bilan ta`minlaydi. Orqa miyaning kulrang moddasi qon bilan yaxshi ta`minlangan.
Orqa miya nervlari
Orqa miyadan 31 juft aralash nerv chiqadi. Uning oldingi tarmog`idan chiqqan harakat nerv tolasi va orqa tarmog`iga kiruvchi sezuvchi nerv tolasi umurtqa kanalidan chiqish qismida birlashib aralash nerv hosil qiladi. Har qaysi aralash nerv 2 ga: oldingi uzun va opqa kalta tolaga ajraladi. Bulardan tashqari, orqa miya po`stini ta`minlovchi va simpatik tugunlarni tutashtiruvchi kichik nerv tolalari chiqadi. Oldingi uzun tolalar orqa miya chigallarini hosil qiladi. Orqa kalta tolalar orqa muskullari va terisini ta`minlaydi. Orqa miyaning har bir segmentidan bir juft nerv tolasi chiqadi. Uning buyin qismidan 8 juft, ko`krak qismidan 12 juft, bel qismidan 5 juft, dumg`aza qismidan 5 juft, dum qismidan 1 juft nerv tolalari chiqadi.
Orqa miya nervlari bo`yin, yelka, bel, dumg`aza va dum chigallari hosil qiladi.
Bo`yin chigali (plexus cervicalis). Bu chigal hosil bo`lishida yuqorigi 4ta bo`yin nervi ishtiroq etadi. Bo`yin chigali narvonsimon muskul umurtqa pog`onasiga birikadigan erda joylashgan. Bo`yin chigalidan juda ko`p nerv tolalari chiqib, ular 2 gruppaga bo`linadi. YUza (sezuvchi) tolalar bo`yinning oldingi va yon hamda gardon terisini, quloq suprasini ta`minlaydi. CHuqur (harakat) tolalar bo`yindagi narvonsimon muskulni va til osti suyagi tagidagi barcha muskullarni, diafragmani nerv bilan ta`minlaydi. Diafragma nervi bo`yin chigalidagi eng uzun nerv bo`lib, asosan 4 ta bo`yin nervidan tarmoqlanadi. Bu nervning sezuvchi tarmoqlari perikard, plevrani, qorin pardasini va jigar tutqichini ta`minlaydi.
Yelka chigali (plexus vgasIalis). Bu chigal 4 ta pastki bo`yin nervi va birinchi ko`krak nervi tolasining qo`shilishidan hosil bo`ladi. Bu chigalning kalta va uzun tarmoqlari bor. Kalta tarmoqlari o`mrov usti va o`mrov osti nervlariga bo`linib, bo`yin terisining bir qismini, yelka kamarini (trapetsiyasimoi muskul bilan yelka bo`g`imidan tashqari) nerv bilan ta`minlaydi. Uzun tolalari butun qo`l terisi, muskulini ta`minlab, qo`yidagi nervlarni hosil qiladi
Teri muskul nervi (p.musculo cutancus) tumshuqsimon o`simta-yelka muskulidan o`tib, yelkadagi bukuvchi muskullarni: tumshuqsimon, yelka va uning 2 boshli muskulini, yelka oldining yon tomonini nerv bilan ta`minlaydi.
Qo`ltiq osti nervi (p.axillaris) bir oz kalta bo`lib, qo`ltiq ostidan o`tadi. U del’tasimon muskulni va yelka bo`g`imini nerv bilan ta`minlaydi.
Tirsak nervi (p.ulnaris) yelkaning ichki yuzasidan o`tib, yelka oldiga tushadi. U panjani bukuvchi tirsak muskulini ta`minlab, no`xatsimon suyak atrofida mayda tarmoqlarga bo`linadi va panjaning medial qismini, orqa tomondan esa 2,5- barmoq terisini, kaft tomondan 1,5- barmoq terisini ta`minlaydi.
Bilak nervi (h.radialis) yelka arteriyasi bilan yelkaning oldiga o`tib, orqaga buriladi, yelka va yelka oldining orqa tomonidagi muskullar hamda terini ta`minlab, tirsak bo`g`im xaltasiga tarmoqlanib kiradi. So`ng panjaning orqa tomoniga o`tib, bilak suyagi tomondagi 2,5- barmoqni nerv bilan ta`minlaydi.
O`rta nerv (p.medianis) yelka chigalidagi eng yo`g`on nerv bo`lib, 2 ildiz bilan boshlanadi. Yelkadan arteriya bilan birga o`tib, yelka oldida barmoqlarni bukuvchi yuza va chuqur muskullar orasida joylashadi. Bu nerv pronatorlarni-yelka oldidagi barcha bukuvchi muskullarni, panjaning ba`zi muskullarini, shuningdek, 3,5-barmoq terisini (bosh barmoq tomondagi) nerv bilan ta`minlaydi. Bulardan tashqari, yelkaning va yelka oldining ichki yon teri nervlari bo`lib, ular qo`lning ichki tomon terisini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |