17-Mavzu: Orqa miya tuzilishi. Orqa miya o’tkazuvchi tizimi. Reja Orqa miya tuzilishi. Orqa miya pardalari


Nerv sistemasining simpatik qismi



Download 23,24 Kb.
bet4/5
Sana30.11.2022
Hajmi23,24 Kb.
#875668
1   2   3   4   5
Bog'liq
17-Ma`ruza

Nerv sistemasining simpatik qismi
Somatik nerv - ko’ndalang - targ’il mushaklarni va sezgi a'zolarini boshqaradi.
Somatik nerv miya poyasi va orqa miyadan bir tekisda chiqadi, vegetativ nerv esa o’rta, uzunchoq, orqa miyani ko’krak, bel, dumg’aza, sohasidan chiqadi. Vegetativ nervlar mielin parda bilan o’ralgan. Vegetativ nerv sistemasi vazifasi va vegetativ o’zaklarning joylashish o’rniga qarab simpatik va parasimpatik qismga bo’linadi.
Simpatik qism funktsiyasi jihatidan parasimpatik qismga qarama-qarishi turadi. M: simpatik nerv biror a'zo ishini tezlashtirsa, parasimpatik nerv sekinlashtiradi yoki aksincha. Natijada shu organ ishi muvozanati boshqariladi.
Simpatik nervlar - ko’z qorachig’ini kengaytiradi, so’lak bezlari faoliyatini pasaytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, me'da va ichaklar harakatini kamaytiradi, me'daning shira chiqarish qobiliyatini pasaytirib o’pka bironxlarini kengaytiradi.
Orqa miyaning Thl –L3 sohasida (yon shoxlaridan) boshlangan simpatik nervlar umurtqalararo teshildan tashqariga chiqib, umurtqa pog`onasi yonida qator tugunlar hosil qilganch, tugunlardan chiqayotgan periferik nervlar eas qo’yidagicha sohalarga tarqaladi: 1-bo’yin simpatik tugunidan nervlar asosan ichik uyqu arteriyasi davori bilan miya sohasiga boradi; 2-bo’yin tugunidan chiquvchilar tashqi uyqu arteriyasi orqali yuzga (kalla) tarqaladi; 3-bo’yin tugunidan boshlanuvchi nervlar esa o`mrov osti arteriyasiga minchayib olib yelka, qo’l sohasiga tarqaladi. Bundan tashqari bo’yin tugunlarining har biridan yurak uchun (tezlanuvchi) simpatik jaraladilar.
Ko’krakdan simpatik tugunlar 10-12 juft bo’lib, yuqoridan boshlab 1-4 tugunlardan boshlanuvchi simpatik nervlar ko’krak hamma azolariga va sut beziga tarqaladi, 5-9 tugunlardan hosil bo’lgan nervlar ichki azolariga boruvchi katta, 10-12 tugunlardan hosil bo’lganlar esa ichki azolarga boruvchi kichik nervni hosil qilib, qorin bo’shliga azolariga yo’naladi. Bel tugunlari nervlari nervlari qorin azolariga, dumgaza tugunlari nervlari chanoq azolari va oyoq soxasida simpatik innervasiyani taminlaydi. Demak, simpstik va parasimpatik nervlar, hamma ichki azolarda (antogonizm) bir-biriga qarshi ishlash qobiliyatiga ega bo’lib, azo ishini biri kuchaytirsa, biri esa susaytiradi, yani yurak urishini simpatik tezlashtirsa, parasimpatik susaytiradi (tormozlaydi): qon tomirlarni simpatik siqadi (toraytiradi - bosimni ko’taradi), parasimpatik kengaytiradi (bosimni tushiradi), bronxlarni esa simpatik kengaytiradi, parasimpatik toraytiradi: ichaklar peristaltikasini parasimpatik aralashtiradi va hokazo.
Nerv sistemasi simpatik qismining markazlari orqa miya ko`krak-bel qismlarining yon tarmoqlarida joylashgan. Opqa miyadan chiqqan neyronlarning neyriti orqa miyaning harakat nervlari bilan aralash holda chiqadi va orqa miya oldida tamom bo`ladi. Orqa miya oldidan ikkinchi neyron boshlanib, uning tanasi joylashgan qism umurtqa pog`ona oldi simpatik tugunlar hosil qiladi. Bu tugunlar umurtqa pog`onasining ikki yonida zanjir shaklida joylashgan. Ular bir-biriga bog`langan umurtqa chegara simpatik stvolini hosil qiladi. Bunda kul rang tugundan keyin mielin bilan qoplanmagan nerv tolalari boshlanadi. Bu nerv tolalari qon tomirlar, bezlarni, silliq muskullarni va kundalang-targ`il muskullarni ta`minlaydi. Har ikki tomondagi simpatik stvolda 3 ta bo`yin, 10-12 ta ko`krak, 5 ta bel, 4 ta dumg`aza va 1 ta dum tugunlari joylashadi.
Bo`yin tugunlaridan eng yuqoridagisi yuqorigi bo`yin simpatik tuguni bo`lib, undan ichki uyqu arteriya nervi, tashqi uyqu arteriya nervi, chuqur tojsimon nerv, katta yuza toshsimon nerv chiqadi. Bulardan tashqari, yuqorigi bo`yin tuguni til-tomoq, adashgan, til osti nervlarga ham tarmoqlar beradi.
Bo`yinning o`rta simpatik tuguni eng kichik tugun bo`lib undan qalqonsimon tog`ayning arteriya nervi va yurakning o`rta nervi chiqadi. Pastki bo`yin simpatik tuguni yirikroq bo`lib, asosan yurakning pastki nervini hosil qilib, yurakka tarmoqlanib kiradi. SHunday qilib, bo`yin tugunlaridan yurakka tomon uch juft nerv chiqadi.
Ko`krakdagi 10-12 ta simpatik tugun qovurg`alarning umurtqalarga tutashgan qismida joylashadi. Ularning yuqorigi qismi bo`yinning pastki qismidagi tugunlar bilan tutashib, yulduzsimon tugun hosil qiladi. Bu tugunning nervlari ko`krak aortasi, qizilo`ngach, bronxlar, o`pkaga boradi. Bulardan tashqari, bu tugundan ikkita yirik nerv - katta va kichik chuvalchangsimon nerv chiqadi.
Quyoshsimon tugun (plexus celacus) zng yirik tugun bo`lib, buyrak usti bezlari orasida joylashgan. Bu tugun tarkibiga bir juft yarim oysimon va toq yuqorigi charvi tugunlari kiradi. Bu tugundan chiqqan nervlar bo`yrak usti bezini, jinsiy bezlarni va me`da osti bezlarini, buyrak, oshqozon, jigar, taloq, ingichka ichakni va yo`g`on ichakning bir qismini ta`minlaydi. Pastki charvi tugunidan chiqqan nervlar chambar ichakning tushuvchi, sigmasimon qismlarini va to`g`ri ichakning yuqorigi qismini ta`minlaydi. Bundan tashqari, nerv sistemasining simpatik qismidan chiqqan nervlar to`g`ri ichakning pastki qismini, siydik pufagini, urug` chiqarish yo`llarini, prostata bezini, bachadonni, qinni ta`minlaydi.

Download 23,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish