Miya pardasi



Download 13,09 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi13,09 Kb.
#213758
Bog'liq
Document


Meningit (yun. meninx — miya pardasi) — bosh miya va orka miya pardalarining yalligʻlanishi, mikroorganizmlar koʻzgʻatadi (qarang Miya pardasi). Mustaqil kasallik sifatida paydo boʻladigan birlamchi va asoratlar tufayli yoki infeksiya yuqishi, mas, oʻrta quloq,. burun yondosh boʻshliqlarining yalligʻlanishi, gripp, qizamiq, tepki, sil, zaxm oqibatida kelib chiqadigan ikkilamchi M. farqlanadi. M. qoʻz-gʻatuvchilariga (virusli, bakterial, zamburugʻli; sil, zaxm M.i va boshqalar), kechishiga (oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali M.), orqa miya suyukligi (likvor) ning oʻzgarishiga qarab (yiringli va seroz M.) ajratiladi. Chivin va kanalar yuqtiradigan infeksion kasalliklar (ensefalit, meningoenefalit)da ham M. kuzatiladi. Infeksiya M. bilan ogʻrigan bemor yoki bakteriya tashib yuradigan "sogʻlom" kishilardan (ular bilan soʻzlashganda, oʻpishganda, bemor aksirganda, yoʻtalganda), aksari yuqori nafas yoʻllari yalligʻlangan bemorlardan yuqadi. Kattalarga nisbatan yosh bolalar koʻproq kasallanadi. Aksariyat kech kuz, qish va erta bahorda uchraydi. Kasalllk toʻsatdan boshlanadi, harorat 38—40°ga koʻtariladi, badan uvi-shadi, bemor teztez qayt qiladi (ovqat yesa-yemasa ham), bezovtalanadi. M.ning shakliga qarab klinik belgilari xilma-xil boʻladi, lekin ularning barchasiga xos ayrim alomatlar mavjud; qattiq bosh ogʻrigʻi, bosh va boʻyin muskullarining tortishishi natijasida bemornig boshi orqaga engashgan boʻlib, oldinga ega olmaydi, oyoqlari bukilib qoladi. Baʼzan bemor alahlaydi, talvasa tutishi ham mumkin, tashqi taʼsirotlar (kuchli yorugʻlik, qattiq tovush va h.k.)ga taʼsirchan boʻladi.

M. hamisha shiddat bilan boshlanmaydi. Ikkilamchi M. asta-sekin avj oladi; darmon quriydi, bosh ogʻriydi. Agar biror yuqumli kasallik qoʻshilsa, bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashadi va yuqorida sanab oʻtilgan klinik belgilar rivojlanadi.



M.ning hamma xilida bemorni darhol vrachga koʻrsatib, albatta, kasalxonaga yotqizish kerak. Davo oʻz vaqtida boshlansa bemor batamom sogʻayib ketadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisini tashib yuruvchilar topilsa, jamoadan ajratiladi va davolanadi.

Oldini olish uchun quloq, tomok va burun boʻshligʻining yalligʻlanish va yiringli kasalliklarini oʻz vaqtida davolash lozim.[1]
Download 13,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish