Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Retinaculum flexorumning yuza varag‘i yon tomonlarda ikki varaqqa ajra-
lib, keyin suyaklarga birikadi. Shunday qilib medial tomonda ichki kanal (tir-
sakning kaft usti kanali (canalis carpi ulnaris) – BNA), lateral tomonda esa tashqi
kanal (canalis carpi radialis) – BNA) hosil bo‘ladi. Medial kanal orqali tirsak
arteriyasi va venalari hamda tirsak nervining kaft shoxi (r.palmaris n.ulnaris)dan
iborat bo‘lgan tomir-nerv tutami o‘tadi va kanaldan chiqib gipotenar sohasi terisi-
ning osti bo‘ylab yo‘naladi. Kaft ustidagi lateral kanal orqali kaftni bilak tomon-
ga bukuvchi muskul payi o‘zining sinovial g‘ilofiga o‘ralgan holda o‘tadi.
Kaftni tirsak tomonga bukuvchi muskulning payi yuzada, ya’ni bukuvchi mus-
kullar ushlab turgichining ustida joylashadi va no‘xatsimon suyakka birikadi. Ushlab
turgichning o‘rta qismi bo‘ylab, uning varaqlari orasidan kaft uzun muskulining payi
kaft sohasiga o‘tadi va yelpig‘ich shaklida kengayib, kaft aponevrozini (aniqrog‘i, uning
alohida-alohida bo‘ylama tutamlarini) hosil qilishda ishtirok etadi. Bu tutamlar distal
tomonda barmoqlarga davom etadi. Shunday qilib, kaft usti xususiy fassiyasi retinacu-
lum flexorumdan pastda, ya’ni kaft sohasida kaftning uzun muskuli payi hisobiga qalin-
lashib, aponevroz tusini oladi; u kaft aponevrozi, aponeurosis palmaris deb nomlangan
(28-rasm). Kaft aponevrozi tenar va gipotenar do‘ngliklari orasidagi uchburchak chu-
qurchani egallaganligi uchun ham uchburchak shaklli ko‘rinishga ega. Uning cho‘qqisi
kaft usti va bilak tomonga qaragan, asosi esa II-V barmoqlarning asoslari yaqinida joy-
lashgan; bu yerda aponevroz-ning komissural teshiklarni proksimal tomondan chega-
ralovchi ko‘ndalang tolali qismi tugaydi, 4 ta alohida bo‘ylama tutamlari komissural
teshiklarni yon tomonlardan chegaralab, to‘rttala barmoqning kaft yuzalariga davom
etadi. Komissural teshiklar 3 ta bo‘lib, II, III, IV barmoqlararo burmalardan proksi-
malroq joylashgan. Ularni distal tomonda barmoqlararo burmalar asosi bo‘ylab


46
ko‘ndalangiga yotuvchi kaftning yuza ko‘ndalang boylami – ligmetacarpeum trans-
versum superficiale (ko‘ndalang bitishmalar, ya’ni komissuralar) chegaralaydi.
Aponevrozning bo‘ylama tutamlari vertikal yo‘nalgan biriktiruvchi to‘qimali biti-
shmalar orqali teriga birikadi. Natijada komissural teshiklar sohasida bir-biridan
izolyatsiyalangan komissural bo‘shliqlar hosil bo‘ladi. Kaft yostiqchalarida joylash-
gan komissural bo‘shliqlar kletchatkasi komissural teshiklar orqali aponevroz osti
kletchatkasiga tutashadi. Shu sababli ham kaft yostiqchalari sohasida paydo
bo‘ladigan qadoqlarning yallig‘lanishi natijasida, yiring kaft aponevrozi ostiga o‘tadi.
Kaft xususiy fassiyasining tenar va gipotenar sohalarini qoplovchi qismi
ancha yupqalashgan, undan kaft aponevrozining tashqi va ichki qirg‘oqlari bo‘ylab
lateral va medial muskullararo to‘siqlar boshlanadi. Lateral to‘siq III kaft suyagi-
ga, medial to‘siq esa V kaft suyagiga birikadi. Natijada, panjaning kaft yuzasida
uchta: lateral (thenar), medial (hypothenar) va ularning orasida o‘rta (oraliq)
muskul-fassiya o‘rindiqlari hosil bo‘ladi. Ular orqada (chuqurda) kaft suyaklari
va suyaklararo muskullarni qoplovchi kaftning chuqur fassiyasi (yoki kaftning
suyaklararo fassiyasi deb ham ataladi) bilan chegaralangan (29-rasm).
Kaftning lateral o‘rindig‘i yoki bosh barmoq do‘ngligi (thenar)ni oldinda
kaftning xususiy fassiyasi, tashqarida shu fassiyaning I kaft suyagiga birikkan
joyi, ichkarida - lateral muskullararo to‘siq, orqada - chuqur kaft fassiyasi bilan
qoplangan birinchi kaft orqa suyaklararo muskuli (m.interosseus dorsalis) I che-
garalaydi. Unda bosh barmoq muskullari: yuzada va tashqarida bosh barmoqni
uzoqlashtiruvchi kalta muskul (m.abductor pollicis brevis), uning ostida bosh bar-
moqni ro‘baro‘ qiluvchi muskul (m.opponens pollicis), bularning medial tomoni-
29-rasm. Kaftning fassiya o‘rindiqlari
va kletchatka bo‘shliqlari (ko‘ndalang
kesim):
a: 1–
thenar
o‘rindig‘i; 2–kaftning o‘rta
o‘rindig‘i; 3–
hypothenar
o‘rindig‘i; 4–
qo‘lning orqa tomondagi o‘rindig‘i; b:
1–
m
.
flexor
pollicis
longus
payi va uning
sinovial qini; 2–o‘rta kaft o‘rindig‘ining
aponevroz osti kletchatka bo‘shlig‘i; 3–
kaft aponevrozi; 4–barmoqlarni
bukuvchi muskullar payi va ularni o‘rab
olgan sinovial xalta; 5–kaftning o‘rta
o‘rindig‘ini 
hypothenar
o‘rindig‘idan
ajratib turadigan fassial to‘siqcha; 6–
hypothenar
o‘rindig‘ining kletchatka
bo‘shlig‘i; 7–kaftning o‘rta o‘rindig‘idagi
pay osti kletchatka bo‘shlig‘i; 8–orqa
tomondagi aponevroz osti kletchatka
bo‘shlig‘i; 9–kaftning o‘rta o‘rindig‘ini
thenar
o‘rindig‘idan ajratib turuvchi
fastsial to‘siqcha; 10–
m
.
adductor
pollicis
; 11–
thenar
o‘rindig‘ining
kletchatka bo‘shlig‘i.


47
da bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul (m.flexor pollicis brevis) va uning bosh-
chalari orasidan o‘tuvchi bosh barmoqni bukuvchi uzun muskulning payi, ushbu
bukuvchi muskullarning pastki medial tomonida, I-II barmoqlararo burmaning kaft
tomonida yotuvchi bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul (m.adductor pollicis)
joylashgan (27-rasm). So‘nggi muskulning ikkita boshchasi bor: distal joylashgan
ko‘ndalang boshchasi III kaft suyagidan, proksimalroqdagi qiyshiq boshchasi II va
III kaft suyaklari asosidan boshlanadi va tenardagi barcha muskullar kabi (ro‘baro‘
qiluvchi muskulni istisno qilganda) I kaft-falanga bo‘g‘imi qopchasidagi sesamasi-
mon suyakchalarga hamda proksimal falanganing asosiga birikadi.
Bosh barmoq ekzartikulyatsiyasidan keyin I kaft suyagini falangalashtirish
operatsiyasida, bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskulni I kaft suyagi asosi yaqi-
niga tikib qo‘ygandan so‘ng qolgan muskullarning sesamasimon suyakchalarga
birikish joylarini saqlab qolish hosil bo‘lgan yangi barmoqning harakatini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bilak arteriyasi kaftning orqa yuzasidan I barmoq oralig‘idagi I orqa suyaklar-
aro muskul porsiyalari orasidagi yoriq orqali lateral o‘rindiqqa o‘tgach, bosh bar-
moq kaft yuzasining ikkala yon tomonini hamda ko‘rsatkich barmoqning bilak tomo-
nini ta’minlovchi xususiy barmoq arteriyalarini (hammasi bo‘lib 3 ta) beruvchi bosh
barmoq arteriyasi (a.princeps pollicis)ni hamda bu yerdagi muskullarga shoxlar berib,
keyin lateral to‘siq orqali tirsak arteriyasining chuqur kaft shoxi bilan anastomozla-
shish uchun medial tomonga - o‘rta o‘rindiq sohasiga yo‘naladi. Ba’zi hollarda bilak
30-rasm. Qo‘l panjasining kaft
yuzasi chuqur muskullari, tomirlari
va nervlari.
1–
n
.
medianus
; 2–
tendo
m
.
c a r p i
radialis
; 3–
tendo
m
.
flexoris
pollicis
longi
; 4–
tendo
m
.
abductoris
pollicis
longi
; 5–
a
.
radialis
; 6–
rete
carpi
p a l m a r e
; 7–
a r c u s
p a l m a r i s
profundus
; 8–
m
.
flexor
pollicis
brevis
(
caput
profundum
); 9–
m
.
adductor
pollicis
(
caput
obliquum
);
10–
m
.
a d d u c t o r
p o l l i c i s
( c a p u t
transversum)
; 11–
vaginae
fibrosae
d i g i t o r u m
manus
; 12–
v i n c u l a
t e n d i n e u m
; 13–
mm
.
l u m b r i c a l e s
(
tendineus
); 14–
lig
.
metacarpeum
transversum
profundum
;
15–
mm
.
interossei
dorsalis
;
16–
mm
.
interossei
palmares
;
17–
aa
.
metacarpeae
palmares
;
18–
r
.
profundus
n
.
ulnaris
; 19–
os
metacarpeae
V
(basis);
20–
r
.
palmaris
profundus
a
.
ulnaris
; 21–
a
.
ulnaris
et
ramus
palmaris
n
.
ulnaris
; 22–
os
pisiforme
; 23–
tendines
m
.
flexoris
digitorum
profundi
; 24–
m
.
flexor
carpi
ulnaris
; 25–
m
.
flexor
digitorum
superficialis
; 26–
lig
.
carpi
volare
(
BNA
).


48
arteriyasining yuza kaft shoxi ham lateral o‘rindiqqa kirib, keyin lateral to‘siq orqa-
li o‘rta o‘rindiqqa, yuza kaft arteriya yoyini hosil qilish uchun chiqib ketadi.
Tenar (lateral) do‘ngligida oraliq nervidan keluvchi (Kanavelning “taqiq-
langan zonasi” orqali) kaftning birinchi umumiy barmoq nervidan chiqib bosh
barmoq kaft yuzasining ikkala tomonini ta’minlovchi hamda bosh barmoqni
ro‘baro‘ qiluvchi, kalta uzoqlashtiruvchi va kalta bukuvchi muskullarni inner-
vatsiyalovchi shoxlar joylashgan (30-rasm).
Kaftning tashqi (lateral) kletchatka bo‘shlig‘i tenar do‘ngligida, lateral to‘siq
bilan bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskulning ko‘ndalang boshchasi orasida va
shu muskul bilan I kaft orqa suyaklararo muskulni qoplovchi yupqagina chuqur kaft
fassiyasi orasida joylashgan bo‘lib, bular muskulning pastki erkin qirg‘og‘i bo‘ylab
o‘zaro tutashadi. Kletchatka tashqi tomonda bosh barmoqni bukuvchi uzun muskul-
ning payigacha davom etadi (shu sababli, I barmoqning yiringli tendovaginitida, pay
g‘ilofi yorilganda, yiring, avvalo shu kletchatkaga tushadi), ichki tomonda uni o‘rta
o‘rindiqdagi kletchatkadan yupqagina lateral to‘siq chegaralaydi. Bu to‘siq bosh bar-
moqni yaqinlashtiruvchi muskulni qoplovchi gorizontal hamda chuqur kaft fassiyasi-
ga, undan o‘tib III kaft suyagiga birikuvchi vertikal qismlardan iborat bo‘lib, yiring-
ning tenar sohasidan o‘rta kletchatka bo‘shlig‘iga o‘tishiga g‘ov bo‘la olmaydi.
Kaftning medial o‘rindig‘i (V barmoq do‘ngligi yoki gipotenar) oldinda kaf-
tning xususiy fassiyasi, ichki tomonda shu fassiyaning V kaft suyagiga birikkan
joyi, tashqi tomonda medial to‘siq, orqada V kaft suyagi va III kaft suyaklararo
muskulini qoplovchi chuqur kaft fassiyasi bilan chegaralangan. Medial o‘rindiqda
jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul (m.abductor digiti minimi), uning ostida jimji-
loqni bukuvchi kalta muskul (m.flexor digiti minimi brevis), undan chuqurda va
medialroq jimjiloqni ro‘baro‘ qiluvchi muskul (m.opponens) digiti minimi joylash-
gan (30-rasm).
Medial o‘rindiqqa gipotenarning proksimal qismida uning fassiyasini teshib
kiruvchi tirsak arteriyasi va nervining chuqur shoxlari, r.profundus a.ulnaris et

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish