Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

palmares) boshlanadi va ko‘p hollarda kaftning umumiy barmoq arteriyalari bilan
anastomozlashadi. Bu arteriyalardan chiquvchi teshib o‘tuvchi shoxlar
(rr.perforantes) kaftning kaft orqa yuzasi arteriyalariga quyiladi.
Chuqur kaft arteriya yoyini kuzatib boruvchi tirsak nervining chuqur kaft
shoxi jimjiloq muskullari bilan birga barcha suyaklararo muskullarni, bosh barmoqni
yaqinlashtiruvchi muskulni, bosh barmoqni bukuvchi kalta muskulning chuqur
boshchasini, ko‘p hollarda III, IV chuvalchangsimon muskullarni ham (oraliq nervi
bilan birgalikda) innervatsiyalaydi (30-rasm).
Kaft tomondagi suyaklararo muskullarni qoplovchi kaft suyaklararo fassiyasi
(chuqur kaft fassiyasi) - fascia interossea palmaris kaft suyaklariga birikib, distal
tomonda kaft suyaklari boshchalarini tutashtirib turuvchi boylam – kaftning chuqur
ko‘ndalang boylamiga qo‘shilib ketadi. Kaft orqa suyaklararo fassiyasi (fascia interos-
sea dorsalis) esa kaft orqa suyaklararo muskullarini qoplaydi va kaft suyaklarining
dorsal yuzasiga yopishadi. Natijada, kaft va kaft orqa suyaklararo fassiyalari orasida,
kaft suyaklari orqali chegaralangan 4 ta kaftlararo bo‘shliqlar hosil bo‘lib, ularning
birinchisida faqat I kaft orqa suyaklararo muskulining o‘zi, qolgan uchtasining har
birida kaft tomondagi va kaft orqasi suyaklararo muskullari birgalikda joylashadi.
Qo‘l panjasining orqa (kaft orqa) sohasi, regio dorsi manus
Tashqi mo‘ljallar: Sohaning proksimal qismida, tirsak tomonda tirsak
suyagining boshchasi (caput ulnae), distalroqda undan egatcha orqali ajralgan
tirsak suyagining bigizsimon o‘sig‘i (processus styloideus ulnae) qo‘lga unnala-
di. Bilak tomondagi bilak suyagi bigizsimon o‘sig‘ining (rrocessus styloideus ra-
dii) cho‘qqisi tirsak bigizsimoi o‘sig‘idan 8-10 mm pastroqda joylashgan. Bun-
day joylashuvning tashxis qo‘yishdagi ahamiyati shundaki, bilak suyagining qad-
algan sinishlarida ikkala bigizsimon o‘siq deyarli bir xil sathda joylashib qoladi.
Panja mushtga tugilganda kaft suyaklarining distal oxirlari – boshchalari yaqqol
ko‘rinadi. Boshchalarning ustidan barmoqlarni yozuvchi muskul paylari o‘tadi.
Ular yuzada joylashgani sababli shikastlanishlar natijasida (ko‘ndalang kesilgan
jarohatlarda) uzilishi mumkin. Jarohatga dastlabki ishlov berilayotganda buni esda
tutish lozim.
Bosh barmoqni yaqinlashtirganda P kaft suyagining radial tomonida I kaft
orqa suyaklararo muskuli do‘nglik hosil qiladi; uning asosida, bosh barmoq yozib
uzoqlashtirilganda, chuqurcha – anatomik tamakidon (foveola radialis) hosil
bo‘ladi. Bu chuqurchani radial tomondan bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi uzun
hamda yozuvchi kalta muskul paylari, ulnar tomondan bosh barmoqni yozuvchi
uzun muskulning payi chegaralaydi. Tamakidonning tubida qayiqsimon suyakni
va uning ustida yotuvchi bilak arteriyasining tomir urishini aniqlash mumkin.
Bilak kaft usti bo‘g‘imi sohasida, panjani yozganda, III-IV kaft suyaklari
asosi yaqinida barmoqlarni yozuvchi umumiy muskul paylari (g‘ilofga o‘ralgan)
aniqlanadi. Uning radial tomonida, bu paylar bilan bosh barmoqni yozuvchi uzun
muskul payi orasida hamda barmoqlarni yozuvchi muskul payining ulnar tomonida
chuqurchalar aniqlanadi. Ushbu chuqurchalar sahnida bo‘g‘im qopchasi paylar
bilan qoplanmagan, shu sababli ular orqali bo‘g‘imni teshish va unga operativ ochib
kirish mumkin.


53
Kaft orqasi terisi orqali teri ostida joylashgan bosh va asosiy venalarning
boshlanish qismlari hamda ular orasidagi ko‘p sonli anastomozlar ko‘rinib turadi.
Bu venalarni venepunksiya uchun ishlatish mumkin.
Sohaning terisi yupqa, oson siljiydi, o‘zida yog‘ bezlari va soch piyozcha-
larini tutadi. Yuza fassiyaning ostida joylashuvchi teri osti kletchatkasi g‘ovak
tuzilishga ega bo‘lganligidan ko‘p miqdorda patologik suyuqlik va yiringni sig‘dira
oladi. Unda kaft yuzasi tomondan keluvchi ko‘pdan-ko‘p limfa tomirlari ham joy-
lashgan. Shu boisdan, panjaning kaft yuzasidagi yiringli yallig‘lanishlarda kaft
orqa yuzasida doimo kollateral shish kuzatiladi. Bunday shishning paydo bo‘lishi
tashxislash va davolashda xatoliklarga olib kelishi mumkin.
Teri osti qavatining tirsak tomonida v.basilica bilan birga r.dorsalis n.ulnaris,
bilak tomonida esa v.cephalica bilan r.superficialis n.radialis tarmoqlanadi. Bu
nervlarning har biri barmoqlarning asosida beshtadan shoxga ajraladi va ikki ya-
rim barmoq terisini innervatsiyalaydi. Bundan tashqari, bilak va tirsak nervlari
shoxlari orasida o‘zaro ko‘p sonli bog‘lar bo‘lganligi tufayli II, III va IV barmoq-
lar kaft orqa terisi aralash innervatsiyalanadi; bu bir nervning innervatsiya zona-
sini boshqa nerv shoxlari tomonidan qo‘shimcha qoplanishi deb ataladi. I, II va
III barmoqlar distal (tirnoq) falangalarining terisini oraliq nervining shoxlari
ta’minlaydi (33-rasm).
Panja kafti orqasining xususiy fassiyasi yozuvchi muskul paylarini qoplashi
natijasida aponevroz tusini oladi; uning bilak-kaft usti bo‘g‘imi sohasidagi
ko‘ndalangiga qalinlashgan qismi yozuvchi muskullar ushlab turgichini (retinac-
ulum extensorum) hosil qiladi. Undan kaft usti suyaklariga birikuvchi fastsial
to‘siqlar boshlanadi va 6 ta suyak-fibroz kanalini hosil kiladi. Bu kanallar orqali
panja va barmoqlarni yozuvchi muskul paylari 6 ta alohida sinovial qinlarga
o‘ralgan holda bilak tomondan tirsak tomonga quyidagi tartibda o‘tadi: 1-kanalda
– bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi uzun muskul va uni yozuvchi kalta muskul; 2-
kanalda – kaftni yozuvchi uzun va kalta bilak muskullari; Z-kanalda – bosh bar-
moqni yozuvchi uzun muskul; 4-kanalda – barmoqlarni yozuvchi umumiy muskul
bilan ko‘rsatkich barmoqni yozuvchi muskul hamda bilakning orqa suyaklararo
nervi; 5-kanalda – jimjiloqni yozuvchi muskul; 6-kanalda – panjani yozuvchi tir-
sak muskuli.
Xususiy fassiyaning (aponevrozning) ostida aponevroz osti kletchatka
bo‘shlig‘i joylashgan bo‘lib, bu bo‘shliq pastda kaft-falanga bo‘g‘imlarigacha,
lateral tomonda II kaft suyagigacha, medial tomonda V kaft suyagigacha, yuqo-
rida esa suyak-fibroz kanallariga davom etadi. Aponevroz osti kletchatkasida yo-
zuvchi muskullarning paylari, paylarning ostida esa kaft orqa yuzasining kaft usti
arteriya to‘rining (rete carpi dorsale) tarmoqlari bo‘lgan 3-4 ta kaftning kaft orqa
yuzasi arteriyalari (aa.metacarpeae dorsales) o‘tadi va II-V barmoqlar asosida
ikkitadan arteriyaga bo‘linib, ularning orqa (ustki) yuzasini qon bilan ta’minlaydi.
Bosh barmoqning ustki yuzasiga anatomik tamakidonda bilak arteriyasidan chiqu-
vchi arteriyalar boradi. SHunday qilib, bosh barmoq panjadagi arteriya yoylari va
to‘rlaridan ta’minlanmay, balki bilak arteriyasi hisobiga avtonom ravishda
ta’minlanadi.
Kletchatkani chuqurda kaft suyaklari hamda orqa suyaklararo muskullarni qoplov-
chi parda – orqa suyaklararo fassiya (fascia interossea dorsalis) chegaralaydi.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish