Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


Barmoqlarning ustki yuzasi, regio digitalis dorsalis



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

Barmoqlarning ustki yuzasiregio digitalis dorsalis
Bu sohaning terisi nisbatan yupqa, proksimal falanga (bo‘g‘in) sohasida sil-
juvchan, o‘zida yog‘ bezlarini tutadi va tuklar bilan qoplangan. Distal falangalar
oxirida muguz plastinka – tirnoq bo‘lib, uning yon va proksimal chetlarini teri
burmasi qoplaydi. U tirnoq atrofi bolishi deb yuritiladi. Yiringli jarayon ko‘pincha
shu tirnoq atrofi bolishlaridan tirnoq plastinkasi ostiga va undan yanada chuqurga
tarqalishi mumkin.
Teri osti kletchatkasi yupqa bo‘lganligidan bu yerda yiringli yallig‘lanishlar
kam uchraydi. Faqat proksimal va o‘rta falangalardagi soch xaltachalari va yog‘
bezlarining yallig‘lanishi oqibatida chipqon chiqishi mumkin. Teri osti kletchat-
kasidagi venalar to‘ri yaxshi rivojlangan, barmoqlarning kaft orqa arteriyalari (aa.
digitales dorsales) va nervlari (nndigitales dorsales proprii) kaft tomonidagiga
yetib bormaydi.
Keyingi qavatni kaft aponevrozi tashkil qiladi. Bu aponevroz yozuvchi
muskul paylarining barmoqlar sohasida kengayib, yupqalanishi natijasida hosil
bo‘ladi va uchta oyoqchaga ajraladi: o‘rta oyoqchasi o‘rta falanga asosiga, yon
oyoqchalari distal falanga asosiga birikadi.
Barmoqlarning suyak asosini bosh barmoqda proksimal va distal falanga,
qolgan barmoqlarda proksimal, o‘rta va distal falanga suyaklari tashkil qiladi.
35-rasm. Tirsak sinovial
xaltasining ko‘ndalang
kesimdagi ko‘rinishi.


59
Jarrohlik amaliyoti uchun distal falanganing tuzilishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunonchi, distal falanga kaft yuzasining teri osti kletchatkasi yaxshi rivoj-
langanligi va uni teridan boshlanib, bevosita oxirgi falanganing suyak ustki par-
dasiga birikuvchi vertikal to‘siqlar alohida katakchalarga bo‘lganligi yuqorida qayd
etilgan edi. Kaft yuzasining distal falangalararo burmasi sohasida teri osti kletchat-
kasi haddan ziyod yupqalashgan bo‘lib, fastsiya ko‘rinishiga ega. Burmaning terisi
esa bu fassiyaga yopishganligi sababli, distal falanga alohida – bo‘shliq holida
ajralib turadi (36-rasm).
Distal falanga suyagining
asosiga chuqur bukuvchi muskul
payi yopishganligi natijasida, su-
yakning proksimal qismi bu berk
bo‘shliqdan tashqarida qoladi.
Binobarin, distal falan-
gadagi yallig‘lanish
jarayonlarida yiring
bevosita suyakning
boshchasi va diafiziga
tarqaladi, uning proksi-
mal metaepifizi pay
vositasida himoyalanib, saqlanib qoladi. Bundan tashqari, proksimal metaepifiz-
ni qon bilan ta’minlovchi alohida arteriya shoxi mavjud (37-rasm). Shular sabab-
li, oxirgi falanga suyagining asosi yiringli jarayon oqibatida, diafiz qismiga nis-
batan kamroq zararlanadi va uning hisobiga keyinchalik suyak tiklanishi mumkin
bo‘ladi.
Barmoqlarning proksimal falangalari
asosi bilan kaft suyaklarining boshchalari
orasida kaft-barmoq bo‘g‘imlari bor. Bu
bo‘g‘imlarning yoriqlari kaft suyaklari bosh-
chalaridan 1 sm pastda (distal tomonda)
o‘tkazilgan ko‘ndalang chiziqlar bo‘ylab
aniqlanadi. Bosh barmoqning kaft falanga
bo‘g‘imi g‘altaksimon shaklli bo‘lib, yonla-
ma boylamlari tarang tortilganligi sababli bu
bo‘g‘imda faqat bukish-yozish harakatlari
amalga oshiriladi. Qolgan barmoqlar kaft-fa-
langa bo‘g‘imlarining yonlama boylamlari
bo‘sh tortilgani uchun ularda bukish-yozish-
dan tashqari, yaqinlashtirish-uzoqlashtirish va
aylana harakatlar ham amalga oshiriladi.
Falangalararo bo‘g‘imlarning yonlama
boylamlari tarang, shakli g‘altaksimon bo‘lganligidan, ularda faqat bukish-yozish
bajariladi. Bu bo‘g‘imlarning yoriqlari falangalarni bukkanda, barmoqlarning ustki
yuzasida aniqlanadi. Falangalararo bo‘g‘imning yorig‘i yuqorigi falanga yon yuza-
sining qoq o‘rtasi bo‘ylab o‘tkazilgan bo‘ylama chiziqni to‘g‘ri burchak ostida
bukilgan pastki falangaga davom ettirib aniqlanadi (38-rasm).
36-rasm. Barmoq
distal falangasining
o‘ziga xos tuzilishi.
37-rasm. Proksimal
meta-epifizni
ta’minlovchi alohida
arteriya shoxi.
38-rasm. Falangalararo
bo‘g‘imlarning tasvirini
aniqlash.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish