Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

BOLDIR, CRUS
Boldirning pastki chegarasini to‘piqlarning asosidan o‘tkaziladigan aylana
chiziq tashkil etadi (58-rasm, a, b, v). Ichkarida katta boldir suyagining ichki qir-
rasi, tashqarida kichik boldir muskullari bilan kambalasimon muskul orasidagi
egat orqali boldir sohasi old (regio cruris anterior) va orqa (regio cruris posteri-
or) sohalarga bo‘linadi.
Boldirning teri osti kletchatkasida, orqa medial tomonda sonning katta teri
osti venasi (v.saphena magna) (46–rasm, a) bilan birga teri osti nervi (n.saphenus),
orqada va yuqorida, yuza fassiyaning varaqlari orasidagi Pirogov kanalida bo-
ldirning medial teri nervi (n.cutaneus surae medialis) bilan birga sonning kichik
teri osti venasiv.saphena parva, orqa-lateral tomonda boldirning lateral teri nervi,
n.cutaneus surae lateralis, oldinda va pastda yuza kichik boldir nervi (n.peroneus
(fibularis) superficialis) o‘tadi (59-rasm).
Boldirning xususiy fassiyasi (fascia cruris) aponevroz shaklida qalinlash-
gan bo‘lib, undan oldingi va orqa muskullararo to‘siqlar (septa intermuscularia
anterius et posterius) boshlanadi va kichik suyagiga yopishadi. Xususiy fassiya-
ning o‘zi katta boldir suyagining ichki yuzasi bo‘ylab uning suyak usti pardasiga
birikadi. Natijada 3 ta: oldingi, tashqi va orqa muskul-fassiya o‘rindiqlari hosil
bo‘ladi (58-rasm). Oldingi va tashqi o‘rindiqlar boldirning oldingi sohasini, orqa
o‘rindiq esa uning orqa sohasini tashkil qiladi.
Boldirning oldingi sohasi, regio cruris anterior
Oldingi o‘rindiqda oyoq panjasini yozuvchi muskullar: medial tomonda ol-
dingi katta boldir muskuli (m.tibialis anterior), lateral tomonda oyoq barmoqlari-
ini yozuvchi uzun muskul (m.extensor digitorum longus), pastroqda bu ikkala
muskul orasida bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul (m.extensor hollicis lon-
gus) joylashadi. Oldingi o‘rindiqda oldingi katta boldir arteriyasi va venalari (a.
et vv. tibiales anteriores) hamda chuqur kichik boldir nervi (n.peroneus
profundus)dan iborat bo‘lgan tomir-nerv tutami joylashadi (60-rasm, a). Nerv
yuqorida qon tomirlariga nisbatan tashqarida, o‘rta qismida tomirlarni oldindan
kesib o‘tib, pastda ularning medial tomonidan joy oladi. Tomir-nerv tutami yuqo-
rida oldingi katta boldir va barmoqlarni yozuvchi uzun muskullar orasida, bevo-
sita suyaklararo parda (membrana interossea cruris) ustida, pastroqda bosh bar-
moqni yozuvchi uzun va oldingi katta boldir muskullari orasida, katta boldir suya-
gining tashqi yuzasi ustida yotadi.
Tashqi o‘rindiqda (ikkala muskullararo to‘siqlar orasida) uzun kichik boldir
muskuli (m.peroneus (fibularislongus), uning ostida kalta kichik boldir muskuli
(m.peroneus (fibularis) brevis) hamda umumiy kichik boldir nervi (n.peroneus
(fibularis communis) joylashadi. Uzun kichik boldir muskulining oldingi bosh-
chasi katta boldir suyagining tashqi do‘ngligi (condylus lateralis ossis) tibiae hamda


82
58-rasm. O‘ng boldirning yuqori (A), o‘rta (B) va pastki (V) qismlari
orqali o‘tkazilgan ko‘ndalang kesimlar chizmasi.
A: 1-
v

saphena
magna
et
n

saphenus
; 2-
m

flexor
digitorum
longus
; 3-
vasa
tibialia
posteriora
; 4-
m

plantaris
; 5, 7-
m

gastrocnemius
; 6-
v

saphena
parva
et
n

cutaneus
surae
medialis
; 8-
n

tibialis
; 9-
vasa
peronea
; 10-
m
.
soleus
; 11-
septum
intermusculare
posterius
et
n

peroneus
superficialis
;
12-
m

peroneus
longus
; 13-
septum
intermusculare
anterius
et
m

tibialis
posterior
; 14-
n

peroneus
profundus
; 15-
m

extensor
digitorum
longus
;
16-
vasa
tibialia
anteriora
; 17-
m

tibialis
anterior
.
Boldirdagi tomir-nerv tutamlarining g‘iloflari suyaklar yoki suyaklararo
parda bilan tutashganligi ko‘rinib turibti.
B: 1-
v

saphena
magna
et
rami
n

saphenus
; 2-
m

flexor
digitorum
longus
;
3-
vasa
tibialia
posteriora
; 4-
m

plantaris
-ning payi; 5-
m

gastrocnemius
;
6-
n

tibialis
; 7-
v

saphena
parva
et
n

cutaneus
surae
medialis
; 8-
m

tibialis
posterior
; 9-
m

soleus
; 10-
vasa
peronea
; 11-
septum
intermusculare
posterius
et
m

flexor
hallucis
longus
; 12-
mm

peronei
; 13-
septum
intermusculare
anterius
et
n

peroneus
superficialis
; 14-
m

extensor
digitorum
longus
;
15-
n

peroneus
profundus
; 16-
m

tibialis
anterior
; 17-
m

extensor
hallucis
anterior
; 18-
vasa
tidialia
anteriora
.
V: 1-
v

saphena
magna
et
rami
n

saphenus
; 2-
m

tibialis
posterior
; 3-
m
.
flexor
digitorum
longus
; 4-
vasa
tibialia
posteriora
; 5-
n

tibialis
; 6-
m
.
plantaris
-ning payi; 7-axill payi; 8-
m

flexor
hallucis
longus
; 9-
v

saphena
parva
et
n

suralis
; 10-
m

peroneus
brevis
; 11-
tendo
m

peroneus
longus
;
12-
vasa
peronea
; 13-
m

extensor
digitorum
longus
; 14-
rami
n

peroneus
superficialis
; 15-
m

extensor
hallucis
longus
; 16-
vasa
tibialia
anteriora
;
17-
n

peroneus
profundus
; 18-
m

tibialis
anterior
-ning payi.
kichik boldir suyagining yuqori qismidan, uning tashqi tomonidan boshlanadi.
Muskul boshchalari bilan kichik boldir suyagi bo‘yinchasining orasida yuqorigi
kichik boldir-muskul kanali (canalis musculoperoneus superior) hosil bo‘ladi. Bu


83
kanal orqali umumiy kichik boldir nervi o‘tadi
va ikkiga ajraladi: chuqur kichik boldir nervi
(n.peroneus profundus), boldirning yuqori
bo‘limida oldingi muskullararo to‘siqni teshib,
oldingi o‘rindiqqa o‘tadi, yuza kichik boldir nervi tashqi o‘rindiqda pastga yo‘nalib,
boldirning pastki qismida xususiy fassiyani teshib o‘tadi va teri osti kletchatkasi-
ga chiqadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish