Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

OSHIQ-BOLDIR BO‘G‘IMI SOHASI,
 REGIO ARTICULATIONIS TALOCRURALIS
T a sh q i m o‘ l j a l l a r: yon tomonlarda tashqi va ichki to‘piqlar (malle-
oles lateralis et medialis) yaxshi ko‘rinib turadi, ularning orasida, orqada tovon
(axill) payi joylashadi, oldinda esa barmoqlarni yozuvchi muskul paylari, to‘piqlar
ustida teri osti venalari ko‘rinadi. Axill payi bilan ichki to‘piq orasidagi egatda
orqa katta boldir arteriyasining tomir urishini hamda orqa katta boldir muskuli
payini paypaslab aniqlash mumkin. Tashqi to‘piqdan orqada uzun va kalta kichik
boldir muskullarining paylari aniqlanadi.
Ch e g a r a l a r i: oshiq-boldir bo‘g‘imi bilan oyoq panjasi sohalari orasidagi
chegarani - ichki va tashqi to‘piqlarning cho‘qqilarini oyoq panjasining kaft (tovon)
yuzasi orqali, so‘ngra, ustki yuzasi orqali tutashtiruvchi chiziq hosil qiladi.
Oshiq-boldir bo‘g‘imi oldingi sohasi, regio art.talocruralis anterior
Bu soha ikkala to‘piqlar orasida va ulardan oldinda joylashgan sohani o‘z
ichiga oladi.
Terisi nozik va harakatchan. Teri ostida, lateral to‘piqdan oldinda yuza kichik
boldir nervining tarmoqlari, medial to‘piqdan oldinda katta teri osti venasi bilan
birga teri osti nervi joylashadi.
Xususiy fassiya aylanasiga qalinlashib, to‘piqlarning asosida - yozuvchi
muskullar yuqorigi ushlab turgichi (retinaculum mm.extensorium superius)ni, past-
roqda tovon suyagidan boshlanib, tashqaridan ichkariga yo‘nalgan holda bir qismi
medial to‘siqqa, ikkinchi qismi qayiqsimon suyakka boruvchi retinaculum
mm.extensorium inferius-ni hosil qiladi.
Yozuvchi muskullarning yuqorigi ushlab turgichidan oshiq-boldir
bo‘g‘imining qopchasiga yopishuvchi to‘siqlar ketadi. Natijada, 3 ta suyak-fibroz
kanali hosil bo‘ladi: medial kanalda oldingi katta boldir muskulining payi va si-
novial qini, lateral kanalda barmoqlarni yozuvchi uzun muskul payi va uning si-
novial qini, ikkalasining orasidagi kanalda bosh barmoqni yozuvchi uzun muskul
payining sinovial qini hamda oyoq panjasining ustki arteriyasi (a.dorsalis pedis)
shu nomli venalar va chuqur kichik boldir nervidan tashkil topgan tomir-nerv
tutami o‘tadi (61-rasm). Bu tutam bevosita oshiq-boldir bo‘g‘imining qopchasi
ustida joylashgan bo‘lib, ularni bir-biridan yog‘ kletchatka qatlami ajratib turadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish