Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

PESHONA-TEPA-ENSA SOHASI, REGIO
FRONTOPARIETOOCCIPITALIS
C h e g a r a l a r i : oldinda – ko‘z kosasining yuqorigi qirrasi, orqada – tashqi
ensa dumbog‘i, yuqori ensa chizig‘i, yondan – tepa suyagining yuqori chakka
chizig‘i. Oldingi va orqa chegarasini bosh terisi ustidan paypaslab aniqlash mumkin,
yon tomonda regio temporalis bo‘lib, u chakka muskulining joylashgan o‘rni bi-
lan aniqlanadi.
Q a v a t l a r i : peshona-tepa-ensa sohasi qavatlarining joylashishi 67-rasmda
ko‘rsatilgan.
Terisi qalin bo‘lib, aponevrotik qalpoq (galea aponeurotica) bilan mustah-
kam birikkan; ensa sohasining terisi peshona sohasinikiga nisbatan qalin.
Soha terisining katta qismi soch bilan qoplangan va ko‘p miqdordagi yog‘
bezlariga ega.
66-rasm. Bosh chanog‘ining miya va yuz bo‘limlari orasidagi chegara (uzuq
chiziq), bosh chanog‘i yuzasidagi o‘lchash uchun xizmat qiluvchi nuqtalar.


95
Teri osti yog‘ kletchatkasida ko‘p miqdorda ter bezlari bor. Terini muskul
aponevrotik qatlam bilan bog‘lovchi fibroz tolalar bo‘lganligi sababli, teri osti
yog‘ kletchatkasi xuddi sharsimon yog‘ bo‘laklari ko‘rinishini oladi. Bu qavatda
tomir va nervlar o‘tadi (68-rasm).
Peshona sohasida ko‘z arteriyasining (aophthalmica – ichki uyqu arteriya-
si sistemasidan) oxirgi shoxlari - aasupratrochlearis (frontalis – BNA) va su-
praorbitalis tarmoqlanadi.
Bu ikki arteriya vena va nervlar kuzatuvida boradi.
Peshona va ko‘z kosasi usti nervlari uch shoxli nerv birinchi shoxining (n.
ophthalmicus) oxirgi tarmoqlari bo‘lib, peshona terisini nerv bilan ta’minlaydi.
Tomirlar va nervlar ko‘z kosasidan chiqqandan keyin shu nomli o‘yiqlarda (inci-
sura frontalis et supraorbitalis) (uning o‘rnida teshik ham bo‘lishi mumkin) joy-
lashadi. A. suprathochlearis va nfrontalis a. va nsupraorbitalis-ga nisbatan
67-rasm. Bosh gumbazining peshona-tepa-ensa sohalari orqali o‘tkazilgan
frontal kesimdagi qavatlari.
1–teri; 2–teri osti kletchatkasi; 3–pay dubulg‘asi; 4–diploetik vena; 5–
aponevroz osti kletchatkasi; 6–suyak usti pardasi; 7–suyak usti pardasi
osti kletchatkasi; 8, 16–paxion granulyatsiyasi; 9–miya qattiq pardasining
o‘rta arteriyasi (10) jarohatlanganligi tufayli 
spatium
extradurale
-da
yig‘ilgan qon; 11, 23–miyaning qattiq pardasi; 12–to‘rsimon parda; 13, 17,
21–to‘rsimon parda osti bo‘shlig‘idagi orqa miya suyuqligi; 14–miyaning
yumshoq pardasi; 15–miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i; 18–miya qattiq
pardasining o‘roqsimon o‘sig‘i; 19–miya qattiq pardasining yuqori sagittal
sinusi; 20–miya venalari; 21–miya qattiq pardasining arteriya va venalari;
24–
spatium
extradurale
; 25–tepa suyagining shishasimon (ichki) plastinkasi;
26–g‘ovak modda va 27–suyakning tashqi plastinkasi; 28–chiqaruvchi
venalar; 29–teri osti tomirlari; 30–terini pay qalpog‘i bilan bog‘laydigan
biriktiruvchi to‘qimali to‘siqchalar.


96
o‘rta chiziqqa yaqinroq joylashgan; birinchisi ko‘z soqqasidan chiqqandan keyin
o‘rta chiziqdan taxminan 2 sm, ikkinchisi esa 2,5 sm uzoqlikda joylashadi.
Peshona sohasining tashqi tomonidan yuz nervining shoxchalari o‘tib, peshona
va ko‘zning aylana muskullariga boradi.
Tepa sohasida atemporalis superficialis-ning (tashqi uyqu arteriyasi
tarmog‘i) oxirgi shoxlari tarqaladi. Ular oldinda va orqadan asupraorbitalis va
aaauricularis posterioroccipitalis-lar bilan anastomozlashadi. Chakkaning yuza
arteriyasini va shu nomli venasini uch shoxli nervning uchinchi shoxidan
(n.mandibularis) chiquvchi nauriculotemporalis kuzatib boradi va uning oxirgi
shoxlari tepa sohasining terisini innervatsiya qiladi.
68-rasm. Bosh chanog‘i qopqog‘i va yuzdagi muskul, tomir va
nervlar-ning topografiyasi.
1-
m

frontalis
; 2-
a

et
v

supraorbitalis
; 3-
nn

frontalis
et
supraorbitals
; 4-
m

orbicularis
oculi
; 5-
a

et
v

supratrochlearis
; 6-
a
., 
v

angularis
; 7-
rami
zygomatici
n

facialis
; 8-
m

quadratus
labii
superioris
; 9-
m

zygomaticus
;
10-
ductus
parotideus
; 11-
m

buccinator
; 12-
m
.
orbicularis
oris
et
m
.
depressor
labii
inferioris
; 13-
m

depressor
anguli
oris
; 14-lunjdagi yog‘
(Bisha) to‘plami; 15-
aa

facialis
(
a

maxillaris
extrna
v
facialis
anterior
.
BNA
); 16-
rami
buccalis
n

facialis
; 17-
m

platysma
; 18-
ramus
marginalis
mandibulae
n

facialis
; 19-
m

masseter
; 20-
ramus
colii
n

facialis
; 21-
v
.
retromandibularis
; 22-
gl

parotis
; 23-
m

sternocleidomastoideus
; 24-
n
.
auricularis
magnus
; 25-
m

levator
scapulae
; 26-
m

trapezius
; 27-
n
.
occipitalis
minor
; 28-
m

splenius
capitis
; 29-
a

transversa
faciei
; 30-
rami
temporals
n

facialis
; 31-
a

et
v

occipitalis

n

occipitalis
major
; 32-
m
.
occipitalis
; 33-
a

et
v

temporalis
superficialis

n

auriculotemporalis
; 34-
m

auricularis
superior
.


97
Ensa sohasida ikkita arteriya - aaauricularis posterior va occipitalis-lar-
ning shoxlari (ikkalasi ham tashqi uyqu arteriyasi shoxlari) tarmoqlanadi. Bi-
rinchisi – quloq chig‘anog‘i orqasida, ikkinchisi – avval sulcus a. occipitalis-da
(so‘rg‘ichsimon o‘siqda), keyin esa undan orqada va yuqorida o‘tadi. Bu arteriya-
larni ham vena va nervlar kuzatib boradi. Orqa quloq arteriyasini n.auricularis

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish