Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

BOSH MIYANING TOPOGRAFIYASI
BOSH MIYA PARDALARI
Miyaning qattiq pardasi
Miya uchta parda bilan qoplangan, shundan eng ustkisi qattiq miya qobig‘i
(dura mater encephali) hisoblanadi. U ikki varaqdan tashkil topgan bo‘lib, ular
orasida yupqa g‘ovak kletchatka qavati bo‘ladi. Shu sababli uning bir varag‘ini
ikkinchi varag‘idan osonlikcha ajratish va qattiq miya qobig‘ining defektlarini
yopish uchun qo‘llash mumkin (Burdenko uslubi).
Boshning gumbazida miyaning qattiq qobig‘i suyak bilan zaif (yengil) birik-
kan bo‘lgani uchun oson ajratiladi. Bosh suyagining ichki yuzasi biriktiruvchi


110
to‘qimali pleyonka bilan qoplangan bo‘lib, u endoteliyni eslatuvchi hujayralar
qatlamidan tarkib topgan. U bilan miya qattiq qobig‘ining tashqi yuzasini qoplov-
chi xuddi shunday hujayralar qatlami orasida yoriqsimon epidural bo‘shliq hosil
bo‘ladi. Bosh suyagi asosida dura mater asosan, g‘alvirsimon suyakning teshikli
plastinkasida, turk egari atrofida va chakka suyagi piramidasi sohasida suyak bi-
lan juda mustahkam birikkan.
Bosh gumbazining o‘rta chizig‘i bo‘ylab yoki undan bir oz o‘ngroqda miya
qattiq qobig‘ining yuqori o‘roqsimon o‘sig‘i (falx cerebri) joylashgan bo‘lib, miya-
ning katta yarim sharini bir-biridan ajratib turadi. U sagittal yo‘nalishda crista
galli–dan protuberantia occipitalis internagacha cho‘ziladi.
Miya o‘rog‘ining pastki erkin qirrasi corpus callosumgacha yetib boradi.
Miya o‘rog‘i orqa qismida qattiq miya qobig‘ining boshqa o‘sig‘i - tentorium
cerebelli yoki miyacha chodiri bilan tutashadi, bu o‘siq gorizontal joylashib, gum-
bazga o‘xshab turadi va orqadan ensa suyagiga (uning ko‘ndalang egati bo‘ylab),
yon tomondan har ikkala chakka suyagi piramidasining yuqori qirrasiga, oldin-
dan - ponasimon suyakdagi processus clinoideiga birikadi (75-rasm).
Boshning orqa chuqurchasining katta qismida miyachaning chodiri orqa chu-
qurchani bosh chanog‘i bo‘shlig‘ining qolgan qismidan ajratib turadi, faqat ten-
toriumning oldingi qismida oval shaklidagi teshik (incisura tentorii), ya’ni pax-
ion teshigi bo‘lib, u orqali miyaning poyasi o‘tadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish