Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev


SO‘RG‘ICHSIMON O‘SIMTA SOHASI, REGIO MASTOIDEA



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

SO‘RG‘ICHSIMON O‘SIMTA SOHASI, REGIO MASTOIDEA
Chakka suyagining so‘rg‘ichsimon o‘simta qismini yumshoq to‘qima orqali
osongina paypaslab topish mumkin. Bu sohaning chegarasi oldindan quloq
chig‘anog‘ining orqadan birlashgan chizig‘igacha, yuqoridan esa yonoq ravog‘i
bo‘yicha davom ettirilgan gorizontal chiziq bo‘yicha o‘tadi.
70-rasm. Krenleyn chizmasi.
1–pastki gorizontal;
2–yuqori gorizontal.


102
Bu sohaning yuqori-oldingi qismida Shipo uchburchagi joylashgan. Bu uch-
burchak sohasida yiringli mastoiditlarda trepanatsiya amaliyoti bajariladi. Shu-
ning uchun ham bu uchburchak trepanatsiya uchburchagi deb ataladi. Uning
chegaralari: oldindan - tashqi quloq teshigining orqa qirg‘og‘i ustida joylashgan o‘simta
(spina suprameatum), yuqoridan – yonoq yoyini orqaga davom ettirib o‘tkazilgan
gorizontal chiziq, orqadan – so‘rg‘ichsimon qirra (crista mastoidea) hisoblanadi.
Chakka suyagining so‘rg‘ichsimon qismi ichida havo bo‘lgan suyak
bo‘shliqlari (cellulae mastoideae) joylashgan bo‘lib, uning devorlari shilliq parda
bilan qoplangan. Shilliq parda o‘rta quloq bo‘shlig‘idan (ya’ni – nog‘ora bo‘shlig‘i,
cavum tympani) suyak katakchalariga o‘tadi. Eng katta katakcha so‘rg‘ichsimon
g‘or, antrum mastoideum deb nomlanib, u aditus ad antrum orqali nog‘ora
bo‘shlig‘ining yuqori qavatidagi – nog‘ora usti cho‘ntagi (recessus epitympani-
cus) bilan tutashadi; bu joyda eshitish suyakchalari (bolg‘acha, sandoncha, uzan-
gicha) joylashgan bo‘ladi (71-rasm). Bosh chanog‘i asosining ichki yuzasi bilan
nog‘ora bo‘shlig‘i o‘zaro yupqa suyak plastinkasi (tegmen tympani) bilan ajral-
gan. Antrum mastoideum trepanatsiya uchburchagining yuqori chegarasi yaqiniga
akslanadi va suyak yuzasidan 1,5-2 sm chuqurlikda joylashadi (72-rasm).
Chakka suyagining so‘rg‘ichsimon o‘sig‘ining orqa-pastki qismida shu nomli
71-rasm. Boshning frontal qirqimida ichki va o‘rta quloqning joylashishi.
1-eshituv suyakchalari; 2-lateral (gorizontal) yarimaylana kanal; 3-orqa
(pastki) yarimaylana kanal; 4-yuqori (oldingi) yarimaylana kanal; 5-dahliz
va oval darcha; 6-yuz nervi va eshituv nervining shoxlari (dahliz nervi va
chig‘anoq nervi); 7-eshituv (Evstaxiy) nayining suyak va tog‘ay devorlari;
8-eshituv nayining halqumdagi teshigi; 9-chig‘anoq va yumaloq darcha;
10-ichki uyqu arteriyasi; 11-nog‘ora parda va nog‘ora bo‘shlig‘i; 12-tashqi
eshituv yo‘lining tog‘ayi; 13-quloq oldi bezi; 14-tashqi eshituv yo‘li; 15-
chakka muskuli.


103
suyak egatida yotuvchi S-simon vena sinusi (sinus sigmoideus) joylashadi. Uning
aks-tasviri trepanatsiya uchburchagining orqa tomoniga yondoshib turadi. Ba’zi
hollarda bo‘shliqning tasviri oldinga siljigan bo‘lib, trepanatsiya uchburchagini
butunlay to‘ldirib turadi.
Chakka suyagi so‘rg‘ichsimon qismining ichida, trepanatsiya uchburchagidan
oldinda yuz nervi kanalining pastki qismi o‘tadi (73-rasm). Suyakning
so‘rg‘ichsimon qismini trepanatsiya qilayotganda S-simon sinusni, yuz nervini,
yarim aylana kanallarni va nog‘ora bo‘shlig‘ining yuqori devorini shikastlab
qo‘yish xavfi tug‘ilishi mumkin (71 va 73-rasmlar). Bundan saqlanish uchun trep-
anatsiyani aytilgan uchburchak sohasida, tashqi eshituv yo‘lining orqa devoriga
qat’iy parallel qilib olib borish kerak. Havo tutuvchi bo‘shliqlarning rivojlanish
72-rasm. Chakka suyagining
so‘rg‘ichsimon o‘sig‘i yuzasidagi
trepanatsiya (Shipo)
uchburchagi.
1-
linea
temporalis
; 2-
cellulae
mastoidea
; 3-
spina
supramea-
tum
; 4-yuz nervining tasviri;
5-
crista
mastoidea
; 6-
foramen
mastoideum
;
7-
S
-simon sinusning aks tasviri.
73-rasm. Yarim aylana kanallar, yuz nervi kanali va boshqa
tuzilmalarning so‘rg‘ichsimon o‘siqdagi trepanatsiya uchburchagi
doirasida o‘zaro joylashuvi.
1-
aditus
ad
antrum
; 2-
linea
temporalis
; 3-
spina
suprameatum
; 4-
arcus
zygomaticus
; 5-pastki jag‘ suyagining toj o‘sig‘i; 6-shu suyakning bo‘g‘im
o‘sig‘i; 7-bigizsimon o‘siq; 8-tashqi eshituv yo‘li; 9-yuz nervi kanali (ochilgan);
10-so‘rg‘ichsimon o‘siq; 11-
canalis
semicircularis
posterior
; 12-
cellulae
mastoidea
; 13-
sinus
sigmoideus
; 14-
canalis
semicircularis
lateralis
; 15-
canalis
semicircularis
anterior
(
superior

BNA
).


104
darajasiga qarab chakka suyagining so‘rg‘ichsimon qismini suyakning barcha qismini
to‘ldiruvchi yirik katakchalari bo‘lgan pnevmatik turga yoki bunday bo‘shliqlari
bo‘lmagan yohud ular juda kam rivojlangan sklerotik turga kiritish mumkin. Erta
bolalik yoshida chakka suyagining so‘rg‘ichsimon qismi diploetik tuzilishga ega
bo‘lib, u bosh gumbazi suyaklarining g‘ovak moddasini eslatadi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish