Topografik anatomiya o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi N. H. Shomirzayev



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/209
Sana05.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#530142
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   209
Bog'liq
Shomirzayev topografiya.

posterior (yuz nervi shoxi) kuzatib boradi, u quloq chig‘anog‘ining orqa muskuli
bilan ensa muskulini innervatsiya qiladi.
Ensa arteriyasi shoxlarini ikkinchi bo‘yin nervidan chiquvchi katta ensa nervi
kuzatib borib, ensa sohasining medial qismi terisini ta’minlaydi. N.occipitalis major
yuqori ensa chizig‘ida, o‘rta chiziqdan taxminan 2 sm tashqarida yuza qavatga
chiqadi, ensa arteriyasining poyasi shu sathda, odatdagidek, nervdan biroz tashqa-
rida o‘tadi. Ensa sohasining lateral tomonida boshqa teri nervi (noccipitalis
minor)ning (bo‘yin chigalidan) shoxi o‘tadi.
Shunday qilib, tomirlar bu sohada umuman radial yo‘nalishda, tepaga
ko‘tariladi va sohalarga mos ravishda 3 ta – old, orqa va yon guruhlarga bo‘linadi.
Uchta guruh tomirlari bir-birlari bilan ko‘pgina anastomozlar orqali bog‘langan
bo‘lib, kollateral to‘rlar hosil qiladi. Bu to‘rlar bir nechta tomirlar sistemasini tut-
69-rasm. 
A
.
meningea
media
-ning joylashuvi. Sagittal kesim. Bosh va orqa
miyani qoplovchi qattiq miya pardasi qoldirilgan.
1-qattiq miya pardasining bosh miya chakka bo‘lagini qoplovchi qismi; 2-
a
.
meningea
media
-ning orqa shoxi; 3-
sinus
frontalis
; 4-hidlov nervlarini qoplovchi
qattiq miya pardasi o‘siqlari; 5-
a

meningea
media
-ning oldingi shoxi; 6-
a

meningea
media
-ning poyasi; 7-
n
.
trigeminis
(
V
); 8-
nn

facialis
et
vestibulocochlearis
; 9, 14-
I bo‘yin umurtqasi; 10-
sinus
petrosus
inferior
; 11-II bo‘yin umurtqasining tishsimon
o‘sig‘i; 12-orqa miyaning qattiq pardasi; 13-II bo‘yin nervi (S 2); 15-I bo‘yin nervi
(S 1); 16-
n

hypoglossus
(
XII
); 17-
v

jugularis
interna
; 18-
sinus
occipitalis
; 19-
a
.
meningea
posterior
; 20-
sinus
sigmoideus
; 21-miyachani qoplovchi miya qattiq
pardasi; 22-
sinus
transversus
; 23-
nn

glossopharyngeus

vagus
et
accessorius
(
IX
,
X

XI
); 24-
sinus
petrosus
superior
.


98
ashtirib qolmay, balki har ikkala tomondagi tomirlarni ham o‘zaro tutashtiradi. Bunda
shuni aytish kerakki, tomirlar aponevroz ostidan emas, balki ustidan o‘tadi. Bosh
gumbazi qon tomirlarining devorlari teri bilan aponevrotik qalpoqni tutashtiruvchi
fibroz tolalar bilan bog‘langan, shu sababli tomirlar kesilganda ularning kavagi
ochilib qoladi, shuning uchun ham boshning shikastlanishida ko‘p qon ketadi.
Peshona-tepa-ensa sohasining limfa tomirlari taxminan arcus zygomaticus
– linea nuchae superior chizig‘i bo‘ylab joylashgan va uchta guruh hosil qiluv-
chi: yuza quloq oldi (nodi lymphatici parotidei superficiales); quloq orqasi (nodi
lymphatici retroauriculares) va ensa (nodi lymphatici occipitales) regionar limfa
tugunlariga quyiladi. Bosh gumbazida limfa tugunlari yo‘q. Peshona va tepa so-
hasining bir qismidan tomirlar yuza quloq oldi tugunlariga, tepa sohasining orqa
qismidan - quloq orqasi, ensa sohasidan ensa tugunlariga quyiladi. Teri osti yog‘
qavatidan chuqurroqda muskul-aponevoroz qatlami bo‘lib, uni oldindan peshona
muskuli, orqadan – ensa muskuli va bu muskullarni tutashtiruvchi keng muskul
plastinka - pay dubulg‘asi (galea aponeurotica) hosil qiladi. Pay dubulg‘asi teri
bilan mustahkam (fibroz tolalar orqali), suyak parda bilan esa zaif bog‘langan
bo‘lib, shu boisdan ham bosh gumbazida lahtak shaklidagi shilingan (skalpli) jaro-
hatlar kuzatiladi, bunda qoplov to‘qimalari katta yoki kichik lahtak ko‘rinishida
suyak usti pardasidan ajraladi. Shilingan jarohatlar og‘ir shikastlanishlar hisobiga
kirsa ham, bosh qoplami qon bilan yaxshi ta’minlanganligi uchun o‘z vaqtida
yordam berilganida, bu jarohatlar yaxshi bitadi.
Muskul-aponevrotik dubulg‘a ostida uni suyak pardasidan ajratib turuvchi
g‘ovak kletchatka qavati joylashgan. Suyak usti pardasi ham bosh suyaklari bilan
suyak parda osti kletchatkasi orqali bog‘langan bo‘lsa-da, chok chiziqlari bo‘ylab
suyakka mustahkam birikkan. Shu sababli uni ajratish qiyin bo‘ladi.
Bosh gumbazi suyaklari tashqi va ichki plastinkalardan (lamina externa va
lamina interna) tashkil topgan bo‘lib, ular orasida g‘ovak modda – diployo bo‘ladi.
Ichki plastinkasi shishasimon plastinka, lamina vitrea deb nomlanadi. Bosh
shikastlanishlarida u tashqi plastinkaga qaraganda kattaroq masofada sinadi. Ba’zan
tashqi plastinka sinmasdan ichki plastinkaning sinishi kuzatiladi. Bosh gumbazi-
ning eng yupqa qismi chakka suyagining tangasimon qismi hisoblanadi.
Bosh gumbazi suyaklaridagi g‘ovak qatlamda suyak venalari - diploetik
venalar (vv.diploicae) joylashgan. Bu venalar boshning tashqi vena sistemasini
hosil qiluvchi teri osti venalari va qattiq miya qobig‘ining venoz sinuslarini bosh-
ning ichki vena sistemasi bilan bog‘laydi.
Qoplov venalari va g‘ovak qatlam venalari miyaning qattiq parda sinuslari
bilan maxsus venoz tomirlar – o‘tkazuvchi venalar (vvemissariae) yordamida
tutashadi. Ular ichida vemissaria parietalis va vemissaria mastoidea doimiy
bo‘lib hisoblanadi. Oxirgisi eng kattasi bo‘lib, ko‘ndalang sinus (sinus transver-
sus) yoki sigmasimon sinus (sinus sigmoideus)ga ochiladi. Vemissaria parietalis
yuqori bo‘ylama sinusga (sinus sagittalis superior) ochiladi.
Boshning tashqi va ichki vena tizimlari orasida bog‘lanish bo‘lganligi sa-
babli bosh yuza qatlamlaridagi infeksiya miya qobiqlariga o‘tishi (masalan, fu-
runkul va ensa saramasida) va buning natijasida keyinchalik meningit, sinustrom-
boz va boshqa og‘ir asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. G‘ovak venalari (vv.
diploicae) ham, xuddi o‘tkazuvchi venalar kabi, miyada qon to‘planishi regulyatsi-


99
yasida ishtirok etadi. Bunda ko‘rsatilgan venalar kalibri emissar venalar o‘lchamiga
teskari proporsional bo‘ladi.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish